256
mavjud. Amerika monetarizmi - M.Fridman (1912, AQSh) o„zining «Kapitalizm
va yerkinlik» (1960) kitobida «yerkin ishbilarmonlik»ni himoya qiladi. «Ozodlik
yo„lida qurbon berish»ni va «tabiiy ishsizlik»ni qo„llab-quvvatlaydi, davlat
tomonidan beriladigan
yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to„g„ri pul siyosati
bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g„oyalari Rossiya
Federasiyasi iqtisodiyotida qo„llanilmoqda.
«Marshall xochi» - talab va taklif yegri chiziqlarining kesishganligini
ko„rsatadi; kesishgan nuqta ularning muvozanatini hamda turg„un
bahoni
ko„rsatadi.
Fridman Milton (1912, Nyu York) -
iste’mol: pulning tarixi va nazariyasi
sohalaridagi tadqiqotlari uchun 1976 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Uning pul to„g„risidagi g„oyalari (monetarizm) AQShda R.Reygan,
Buyuk
Britaniyada M.Tetcher iqtisodiy siyosatida qo„llanilgan.
Samuyelson Pol (1915, AQSh) -ko„p marta qayta nashr yetilgan
«Yekonomiks» (1948) darsligini yaratdi (rus tiliga ham ag„darilgan), 1970
yilda
iqtisodiyot fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo„shgan hissasi uchun
Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy ishlari bor.
«Aralash
iqtisodiyot»ning
nazariyotchisi.
Neoklassik
tahlil
bo„ycha,
taraqqiyotning «to„rt g„ildiragi» asoschisi.
Dostları ilə paylaş: