Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Neoliberalizm - neoklassikaning bir oqimi, klassik iqtisodiy maktabni va 
keynschilikni birga 
qo„llash 
tarafdori, 
bunda 
davlatning iqtisodiyotga 
aralashmasligi taklif yetiladi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881-1973), F. fon 
Xayek (1899-1992) bo„lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. 
Sosialistik (imperativ) rejalashtirishga qat‟iy qarshi, Chunki bu rejalangan 
tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va yerkin almashuv 
sivilizasiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti 
sovrindori bo„lgan. Neoliberalizm g„oyalari asosida «Ijtimoiy yo„naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti» yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari V.Rebke (1899-
1966), V.Oyken (1891-1950), L.Yerxard (1897-1977)lardir. Bu konsepsiya GFR 
va Shvesiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g„oyalari mustaqil O„zbekiston 
iqtisodiyotida qo„llanilmoqda. Ijtimoiy yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy 
qoidalari: yerkin baholarning zarurligi; yerkin raqobat; talab va taklifning 
muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo„jaligida shu shartlarni 
kafolatlashi va uning ijtimoiy yo„naltirilgan rivojini ta‟minlash. N. nafaqat 
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning yerkin raqobatlarga 
asoslangan davridan ham qat‟iyan farq qiladi. Mustaqil O„zbekistonda undan 
ijobiy foydalanilmoqda. 
Lukas R.I. - neoliberalizmning tarafdori, «Rasional kutilmalar» nazariyasi 
uchun 1995 yilda Nobel mukofoti sovrindori. Ijtimoiy-institusional yo„nalish 


257 
yevolyusiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial (neoindustrial) 
jamiyat sari boradigan konvergensiya nazariyalarida (Gelbreyt, P.Sorokin - AQSh, 
Raymon, Aron - Fransiya, Tinbergen - Niderlandiya) kapitalizm va sosializmning 
ilg„or tomonlarini olish va amalda qo„llash taklif yetiladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin