CLOSSARIY Miloddan avvalgi (m.a.) IV ming yillik - Sharqdagi dastlabki quldorlik
davlatlari paydo bo„ldi, ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi.
Xammurapi (m.a. 1792-1750 yy.) - Bobil (Vavilon) podshosi toshga o„yib
yozilgan o„z qonunlarida quldorlik tuzumining xarakterli belgilarini aks yettirgan
(282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda.
Zardushtiylik (Zoroastrizm,
otashparastlik)
-
islomgacha
O„rta
Osiyo,Ozarbayjon va Yeron xalqlarining dini. Bunda ayniqsa tabiatni va hayvonot
dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida urg„u berilgan.
«Avesto» - Zardushtiylikning muqaddas to„plami, oromiy yozuvida bitilgan.
m.a. VII asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy hayot aks yetgan.
Mehnatga, chorvachilikka alohida ye‟tibor berilgan. Ko„p qismi yo„q bo„lgan,
to„liq yemas. Rus va o„zbek tillariga tarjima qilingan. Bu kitob 2700 yil avval
yozilgan bo„lib, unda «yezgu fikr, yezgu so„z va yezgu amal» prinsiplari ilgari
suriladi.
«Artxashastra» - m.a. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtisodiy
hayotni aks yettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan.
Konfusiy (Kun-Szi, m.a. 551-479 yy.) - Xitoydagi konfusiychilik iqtisodiy
ta‟limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar to„plamini yaratgan.
«Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste‟mol qilib, ko„proq ishlashni targ„ib
yetgan. Odat bo„yicha boshqarish tarafdori (ota-bola; podsho-xalq, oila kabi
bo„lishi kerak)
Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim. Konfusiylikka
qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo„lish tarafdori. Don masalasini hal qilish
bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlarni ro„yxat qilish, soliq tizimini tartibga solish
tarafdorlari.
«Guan-Szi» (m.a.IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda xo„jalikni
davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan.