Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169
M.a. II ming yillik - Farbda (Qadimgi Gresiya - Yunoniston va Italiyada) 
quldorlik tuzumi yuzaga keldi. Quldorlik klassik shaklda amalga oshdi. 
Gomer (m.a. XII-VII asrlar oralig„i) - «Iliada» va «Odisseya» asarlarida 
natural xo„jalik konsepsiyalarini ilgari surgan. 
Solon (taxm. m.a. 640/635-559) - Yunoniston siyosiy arbobi, islohotlar 
o„tkazgan. Qullarni qarzga berishni man yetgan (chet yelliklar bundan mustasno). 
Perikl 
(m.a. 
490-429) 

qadimgi 
Yunon 
siyosiy 
arbobi. 
Qul 
yekspluatasiyasini keng qo„llagan, lekin savdo va pul xo„jaligini ham 
rivojlantirgan. Afina yeng rivojlangan davrda uni boshqargan. 


244 
Ksenofont (m.a. 430-335/354) - Yunon yozuvchisi va tarixchisi. Quldorlikni 
qo„llab-quvvatlagan. «Dehqonchilik barcha san‟atlarning onasi va boquvchisi» 
degan iboraning muallifi. «Yekonomiya» (uy xo„jaligi) so„zini birinchi bo„lib 
ishlatgan. Mehnat taqsimotiga alohida urg„u bergan va uni bozor ko„lami bilan 
bog„lagan. Pulning almashuv va jamg„arish (ikki) funksiyalarini tan olgan. 
Platon (Aflotun, m.a. 428/427 - 348/347) - «Davlat» va «Qonunlar» 
asarlarining muallifi. Jamiyatni ish quroli - natural ishlab chiqarish deb qaragan, 
natural xo„jalikni qo„llagan, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi 
deb bilgan. 
Aristotel (Arastu, m.a. 384-322) - yirik Yunon olimi, «Nikomaxov ahloqi» 
va «Siyosat» asarlarini yozgan. Aflotundan ta‟lim olgan. Aleksandr 
Makedonskiyga tarbiyachilik qilgan. Qulchilikning prinsipial tarafdori bo„lgan. 
Qul - jonli (gapiruvchi) qurol, qul - tirik mulk, degan fikrda bo„lgan. Qiymatning 
dastlabki shaklini tahlil yetgan: buyumdan ma‟lum talabni qondirish va almashish 
uchun foydalanish mumkin, degan, natural xo„jalik (T-T), tovar (T-P-T) va 
pulning kapital shaklidagi aylanishini (P-T-P)
tahlil yetgan. Tovar ishlab chiqarish uchun qo„llaniladigan harakatni qo„llab-
quvvatlagan. P-T-P, P-P shaklini inkor yetadi. 
Xrematistika (xrema - mulk, yegalik) - mulk orttirish san‟ati, ya‟ni foyda va 
boylikni pul shaklida to„plashga yo„naltirilgan faoliyat. Kapital qo„yish va 
jamg„arish san‟atidir. Amaliyotda kam
qo„llaniladi.Aristotel tomonidan kiritilgan. 
Katon Starshiy (m.a. 234-149) - Qadimgi Rimdagi qulchilikni himoya 
qilganlardan. Dehqonchilik to„g„risidagi asarida qishloq xo„jaligiga ko„proq 
ye‟tibor berishni taklif yetadi, ko„proq sotish va kam olishni ma‟qullaydi. Qullar 
mehnatidan rasional foydalanishni taklif yetadi (Villa xo„jaligi). Yaxshi ishlagan 
qulning sharoitini yaxshilash kerak, deydi, - lekin gunohkor qattiq jazolanishi 
kerak. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin