240
D.Bell nazariyasida zamonaviy jamiyatda ijtimoiy o`zgarishlar haqida ham
so`z yuritilgan. D.Bell “Postindustrial jamiyat” tushunchasini kiritgan holda, Yangi
turdagi jamiyat asosiy xususiyatlaridan biri, meritokratiya hukmronligi bo`lib, u
texnokratiya o`rniga keladi deb e`tirof etadi. Meritokratiya,
jamiyat oldida katta
xizmatlarga ega insonlar guruhidan tashkil topib, bu insonlar, yuqori intellektual
rivojlanish darajasiga ega holatda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishlari
mumkin.
1970-yillarda Dj.Gelbreyt qarashlari. 1970 yilda Dj.Gelbreyt «Jamiyat
iqtisodiy nazariyalari va maqsadlari» kitobini yozadi.
Bu kitobda muallif oldin
bildirgan ko`plab qarashlarini qayta ko`rib chiqgan. Xususan Gelbreyt yirik
korporatsiyalar faoliyatiga nisbatan yanada salbiyroq munosabatini bildirib,
ekspluatatsiya o`sib borayotgan elementlari Yangiroq tavsifga egaligiga e`tibor
qaratgan. Shu bilan birgalikda, u iste`molchilarning
ishlab chiqaruvchilar
tomonidan reklama orqali tovarlarni tiqishtirish vositasida ekspluatatsiyasi
haqidagi fikrini ham rivojlantirdi. Shu bilan birgalikda, korporatsiyalar tomonidan
bozor va narxlar ekspluatatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlangan
mamlakatlar
tomonidan ekspluatatsiyasi, hamda tabiat ekspluatatsiyasi haqidagi
fikrlari ham ahamiyatga molik. Deyarli u, asr boshi ruhidagi monopoliya tanqidiga
qaytib, zamonaviy jamiyatni yirik korporatsiyalar monopoliyasi holatida ekanligi
haqidagi fikrni bildirdi. U o`z g`oyasini 1950 yillar boshidagi “kuchlar
muvozanati” haqidagi g`oyaga qaytarib, mazkur g`oya
yirik korporatsiyalariga
kichik ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar tashkillashtirilishi vositasida o`zi
al`ternativ usullarni shakllantirib berishini taxmin etdi. Endilikda Gelbreyt jamiyat
yirik firmalar hukmronligiga qarshi qo`yadigan hech - narsaga ega emasligi
borasidagi fikrni bildirdi.
Dostları ilə paylaş: