239
texnika rivojlanishini tahlil etadi. Uning Yangi kontseptsiyasining muhim
asoslaridan biri, elektron aloqa vositalari paydo bo`lishi bilan
ishlab chiqarish
markazlashtirilishi uchun sharoitlar yaratilishi haqidagi fikrdir. Shuni e`tiborga
olish lozimki, uzoq vaqt davomida ilk marotaba texnologiyalar ishlab chiqarish
kontsentratsiyasi sharoitlarini emas, uning taqsimlanish sharoitlarini ajratib berdi.
Buning oqibatida, ishlab chiqarishning hududiy taqsimlanishi yuz berdi. Yangi
aloqa vositalari mutaxassislarga bir - biri bilan doimiy aloqada bo`lib, uyda ishlash
imkoniyatini beradi.
Aynan Yangi texnologiyalar sababli, kichik seriyali ishlab chiqarish arzonlashadi.
Shuningdek taklif egiluvchan bo`ladi, buning oqibatida esa, iste`mol
tuzilishi va
hayot uslubi o`zgaradi. Odamlar yanada individuallashishga harakat qilishadi.
mehnat tavsifi o`zgaradi. Mehnat individual tus olib, ijodiy tavsifga ega bo`ladi.
Jismoniy mehnat xodimlari miqdori qisqaradi. yuqori malakali mutaxassislarga
talab xam va taklif xam oshadi.
Dostları ilə paylaş: