Savdo daromadi va sudxo`rlik. Daromad borasida Yermolay nisbatan
yumshoq munosabatda bo`lib, faqatgina haddan ortiq daromadga nisbatan salbiy
qaraydi. Sudxo`rlik evaziga olingan daromad esa, mutlaq salbiydir. Sudxo`rlarga
murojaat etar ekan, Yermolay har - bir hayvon faqatgina xudo inoyati bilan unib -
o`sadi, sening boyliging esa xudo inoyati bilan o`smaydi. Sen xudoga qarshi
chiqasan, va xudo huquqiga da`vo qilib boyligingga o`sishni buyruq berasan, - deb
yozgan edi.
Soliqlar. Xudo inoyatiga tayangan holda, Yermolay krepostnoy dehqonlardan
yig`ib olinadigan boj va soliqlar miqdorini bittagacha kamaytirish lozimligini
aytadi, zero hayvonlar va qushlar ham yiliga faqat bir bora po`st tashlaydi, - deb
yozgan edi u.
O`rta asrlar musulmon dunyosi iqtisodiy fikrlari.Musul`mon madaniyati arab
bosqinlari davrida shakllana boshlagan. Yuz yil davomida (VII-VIII asrlarda)
arablar juda yirik hududni bosib olishdi. Arab xalifaligi Rim imperiyasidan ham
kattaroq bo`lib, Ispaniyadan Hindistongacha bo`lgan hududni qamrab olgan. Uning
tarkibiga ko`plab rivojlangan mamlakatlar ham kirib, bu mamlakatlar aholisi,
islom dinini qabul qilish barobarida musul`mon madaniyatini shakllanishiga ham
o`z hissalarini qo`shib kelishgan.
Xususan, Vizantiya viloyatlari, Suriya va Misr ham antik madaniyati,
jumladan antik falsafasi islom madaniyatini kirib kelishiga asos yaratib bergan.
O`rta asrlar Islom falsafasi, Eropadagi kabi boshlang`ich davrlarda teologiya
doirasidagina rivojlana bordi. Uning eng yorqin rivojlanish davri IX-XI asrlarga
to`g`ri kelib, keyingi davrlarda Islom teologiyasida dogmatizm va mistitsizmning
kuchayishiga qaramasdan chuqur falsafiy fikrlarga ham ega bo`lgan. Bunday
falsafiy fikrlarni Tunislik faylasuf va tarixchi Valieddin ibn Raxman ibn Xaldun
(1332-1406) ilgari surgan.
Ibn Xaldun musul`mon falsafasida ilk marotaba jamiyat rivojlanishi
nazariyasi g`oyasini ilgari surgan. G`oya asosida asosan iqtisodiy muammolar va
ularning echimi yotgan.