23
turdagi metall, oltin va kumushni yaratgan - deb yozgan u,
va bu ikkala unsur,
barcha tovarlar o`lchov vositasidir. Ular sotib olish, yig`ish va boyish asosidir.
Nazorat uchun savollar:
1. Qadimgi Sharq iqtisodiy ta`limotlarining asosiy o`rganish predmeti nima?
2. Qadimgi Sharq asarlarida nima va nima uchun boylik deb qabul qilinar edi?
3. Qadimgi Sharqda boylikni oshirishning qanday usullari taklif qilingan?
4. Nima sababdan Qadimgi Sharq asarlari mualliflari savdoga nisbatan salbiy
fikr tug`ilgan?
5. Qadimgi Sharqda bozor munosabatlarini tartiblashtirishning qanday
shakllari qo`llanilgan?
6. Qadimgi Xitoyda tuz va temirga nisbatan davlat monopoliyasi tarafdorlari va
qarshilari orasida qanday isbotlar keltirilgan?
7. Ba`zi
xitoy
mutaffakkirlari
tomonidan
iqtisodiyotning
nisbatan
boshqarilishining qanday shakllari taklif qilingan?
8. Antik jamiyat iqtisodiy fikrining o`z davri ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari
bilan aloqasi qanday?
9. Iqtisodiy masalalarga nisbatan qadimgi Yunon mutafakkirlari nazariy
yondashuvlariga misollar keltiring.
10. Qadimgi Yunon iqtisodiy fikriga nisbatan me`yoriy
yondashuvga misollar
keltiring.
11. Qadimgi Yunon faylasuflari tomonidan boylik deb nimaga aytilgan va
buning asosidagi ma`naviy etik yondashuv nimadan iborat?
12. Ksenofont va Platon asarlaridagi mehnat taqsimoti muammosi qaysi
ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarga bog`liq?
13. Qadimgi Yunon mutaffakkirlari mahsulot va tovar orasidagi farqni nimada
deb bilishgan?
14. Qadimgi Yunon faylasuflari pulning qanday vazifalarini ajratishgan?
15. Aristotel` iqtisodiy munosabatlari tizimlashtirilishi g`oyasi nimadan iborat?
16. O`rta asrlar iqtisodiy fikri me`yoriy tavsifi nimadan iborat?
17. O`rta asr teologlari ikki tomonlama qarashlari sababi nimada?
18. Foma Akvinskiy nuqtai - nazaridan boylik tushunchasi qanday
tavsiflanadi?
19. Iqtisodiy
munosabatlarga nisbatan, Foma Akvinskiy adolatning qaysi ikki
turini ajratadi?
20. Foma Akvinskiyning adolatli narx tushunchasi qanday izoxlanadi?
21. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra adolatli almashinuvni tannozulga
uchratuvchi holat nima?
24
22. Foma Akvinskiy va YYermolay Yerazm nuqtai - nazarlarining o`xshash va
farqli jihatlari nimada?
23. Ibn Xaldun iqtisodiy tadqiqotlari predmeti nima?
24. Jamiyat rivojlanishi tabiiy qornuniyatlari nimada namoyon bo`ladi?
25. Ibn Xaldun fikriga ko`ra muvofiq jamiyat rivojlanishi turli darajalarida
iqtisodiyot qay darajada o`zgaradi?
26. Ibn
Xaldun nazariyasiga muvofiq, boylik orttirish tabiiy va notabiiy
usullari nima bilan farq qiladi?
27. Ibn Xaldun nazariyasiga muvofiq, davlatning emirilishi sababi nimada?
28. Ibn Xaldun nazariyasiga muvofiq, pul kim tomonidan,
va nima sababdan
yaratilgan?
Dostları ilə paylaş: