Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Merkantilizm umumiy tavsifi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169
 
3.2. Merkantilizm umumiy tavsifi 
 
XVI asrdan boshlab, boshqa fanlar bilan bog`liq bo`lmagan Yangi sof 
iqtisodiy kontseptsiya, merkantilizm (Ital`yancha «merkante» - savdogar) iqtisodiy 
kontseptsiyasi shakllana boshlandi. Merkantilizm davri eng mashhur mualliflari 
sirasida florentsiyalik savdogar Bernardo Davantsati (1529-1606), neapollik 
Antonio Serra, frantsuz Jan Boden (1530-1596), inglizlar Tomas Man (1571-1641) 
va Dadli Nors (1601-1691) lar kiradi. 
Predmet. Merkantilizm davri iqtisodiy traktatlari mualliflari o`z oldiga 
qo`ygan asosiy vazifalardan biri, millat boyishi uchun vositalarni topish edi. Tahlil 
predmeti ham aynan Shu masala bilan bog`liq. 
Birinchidan, barcha muammolar makro darajada ko`rib chiqila boshlandi. 
Aynan merkantilizm doirasida, iqtisodiy fanning Yangicha nomi, siyosiy 


27 
iqtisodiyot atamasi paydo bo`ldi. Mazkur atama frantsuz iqtisodchisi Antuan de 
Monkret`en tomonidan kiritildi (taxminan 1575-1621). 
Mazkur nomlanish, iqtisodiy masalalar tahlilini aynan mamlakat miqiyosida 
olib borish lozimligini tasdiqladi. 
Ikkinchidan, millat boyishi asosiy manbalaridan biri tashqi savdo sanalganligi 
sababli, aynan mana Shu soha, tahlilning asosiy predmetiga aylandi. Ko`rib 
chiqilgan asosiy masalalar, tashqi va ichki savdoni tashkillashtirilishi, valyuta 
kurslari va pul oqimini nazorat etish, kapital harakatining buzilishi oldini olish
hamda kreditni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`ldi. 
Ishlab chiqarish sohasida ham, merkantilistlarning alohida e`tibori kuzatildi, 
ammo bu soha, faqatgina tashqi savdo samaradorligining effektivligini 
rivojlantirish asosi sifatidagina tadqiq etildi. Asosiy muammo, iqtisodiyotning 
eksport ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda, o`zgartirish bo`lib qoldi, bundan 
tashqari, sohaviy tuzilmalar o`zgarishi ham tahlil etilib, buning oqibatida 
manufakturalar, ya`ni hunarmandchilik tashkiliy jihatdan Yangicha shakllarni 
yaratish dolzarblikka ega bo`ldi. 
Savdo manfaatlaridan tashqari merkantilistlarni qiziqtirgan masala, aholini ish 
bilan band etish masalasi bo`ldi.
Usul.Umuman 
olganda 
merkantilistlar 
iqtisodiy 
hodisalar 
tahliliga 
makroiqtisodiy yondashuvi bilan ajralib turardi. Aynan ular tomonidan “milliy 
boylik” tushunchasi kiritildi. Mazkur atama o`z o`rnida umumiy ezgulik teologik 
atamasi o`rnida qo`llanila boshlandi (summum bonum) va Shu orqali, iqtisodiy 
nazariyani teologik an`analardan ozod etib, o`rta asrlar fikriga xos bo`lgan umumiy 
individ emas, jamoatchilik ezguligiga asosiy e`tibor qaratdi.
Boylik tushunchasi individualizatsiyasi, keyinchalik yuz bergan bo`lsada, bu 
holat bevosita mumtoz iqtisodiy nazariya shakllanishi davriga to`g`ri keladi. 
Mazkur usulning yana bir o`ziga xos tomoni, tadqiqotlarning empirik 
yo`naltirilganligidir. Bir tomondan u abstrakt tushunchalardan voz kechish 
natijasida yuzaga keldi, masalan adolatli narxdan voz kechish oqibatida, boshqa 
tomondan sof amaliy masalalar ko`tarilib, bu masalalar dolzarb iqtisodiy siyosat 
bilan bog`liqligi isbotlandi. Bu borada, xulosalar, tavsifi ham o`zgardi. Ular, diniy 
qarashlarga xos bo`lgan me`yoriy tavsiflarni yo`qotib pragmatik yo`nalishga ega 
bo`lishdi, hamda millat boyishi masalalarini echishga asosiy e`tiborni qaratishdi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin