31
Bundan tashqari merkantilizmga iqtisodiy qonuniyatlarning
yorqin darajada
namoyon bo`lishi g`oyasi xos emas. Balki, ular tomonidan katta e`tibor,
insonlarning maqsadli harakatlari g`oyasi dolzarb bo`lgan. Xususan, ularning
ta`kidlashicha, tabiiy resurslar va qimmatbaho metallarning mavjudligi millat
ravnaqiga ta`sir etmaydi.
Millat ravnaqiga faqatgina savdogarlarning ko`nikmasi
yoki hukmdorning
bunday harakatlardan daromad ola bilish ko`nikmasi asos bo`la oladi. Faqatgina
so`ngi davrlarda iqtisodiy tizim o`z –o`zini nazorat etishi haqidagi ilk tasavvurlar
shakllana boshladi. Bundan, hech qanday inson irodasi
tomonidan bartaraf etib
bo`lmaydigan qoida sifatidagi iqtisodiy qonun tushunchasi kelib chiqgan. Ayniqsa
bu g`oya, ingliz savdogari Dadli Nors asarida keng yoritilgan. Mazkur g`oyani
valyuta kurslarini davlat tomonidan nazorat etilishining zararli ta`sirini isbotlovchi
Tomas Mann traktatlarida ham uchratishimiz mumkin.
Protektsionizm nomini olgan merkantilistlar davlat siyosati,yu birgina
maqsadga, mamlakatga pul oqimini kiritish g`oyasiga qaratilgan. Bu g`oya o`z
tarkibiga qator choralarni ham olgan. Mazkur usullardan biri, mamlakatga chet el
valyutasini jalb etish maqsadida
valyuta kursini nazorat etish, keyinchalik esa
eksport – import operatsiyalarini rag`batlantirish bo`lgan. Bundan tashqari,
ssuda
foilari normalari ham nazorat ostiga olingan. Mazkur foiz darajasi haqidagi
munozaralar o`sha davrdagi iqtisodiy traktatlarida alohida o`rin egallaydi.
Ular ta`limotida soliq siyosati g`oyasi ham ilgari surilgan. Eksportga nisbatan
soliq imtiyozlari va subsidiyalari kiritilib, Shu bilan birgalikda
import tovarlariga
nisbatan yuqori darajadagi bojlar tadbiq etilgan. Shu orqali, ijobiy savdo sal`dosi
ta`minlanishi ta`kidlangan. Bundan tashqari import boylik predmetlari iste`moli
darajasi ham to`g`ridan - to`g`ri cheklangan.
Siyosatning muhim elementi, ayniqsa so`nggi davrlarda Frantsiyada davlat
manufakturalarini tashkillashtirish darajasigacha etgan eksport sanoatini qo`llab –
quvvatlash bo`ldi. O`sha
davr merkantilistlari, tashqi bozorlarda yuqori narx va
yuqori talab darajasiga ega bo`lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi sohalarni
rivojlantirish borasida tavsiyalar berishgan. Shuningdek
xom - ashyoni import
qilib, tayyor mahsulotni eksport qilish ham foydali ekanligi haqidagi g`oya ilgari
surilgan, zero xom-ashyoga nisbatan tayyor mahsulot narxi doimo yuqori bo`lgan.
Xom-ashyoni ishlab chiqarish emas, uni qayta
ishlash borasidagi sanoatni
rivojlantirilishi zaruriyati haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: