54
muvofiq bo`lib (alohida mahsulot narxi, moddiy xarajatlar narxi, hamda maosh,
daromad va renta summasiga muvofiq bo`lgan mazkur korxonadagi qo`shimcha
narx hisobidan tashkil topadi).
Ammo, qo`shimcha narxlar, boshqa mahsulot qo`shimcha narxlariga ham
muvofiq bo`ladi (masalan bir ishlab chiqaruvchilar uchun bu xom-ashyo,
boshqalari uchun tayyor mahsulot). Xulosa qilish mumkinki, - deb yozadi Smit, -
kapital o`rnini qoplash uchun to`rtinchi qism ham zarur (maosh, daromad va
rentadan tashqari), ya`ni xo`jalik asboblarining eskirish darajasi narxi. Shuni ham
e`tiborga olish kerakki, istalgan xo`jalik asbobi narxi, o`z navbatida xuddi Shunday
qismlardan iborat.
Shu sababli, Smit qo`shimcha narxni, na alohida mahsulotda, na milliy
mahsulotda hisoblaydi. «Alohida olingan istalgan tovarning qo`shimcha narxi, uch
asosiy qismlaridan tarkib topadigan bo`lsa, alohida mamlakat umumiy mehnati
mahsulotini tashkillashtiruvchi barcha tovarlarning qo`shimcha narxi nimadan
iborat bo`lishi kerak». Ammo, umumiy milliy mahsulot narxi faqatgina
qo`shimcha narxlar summasiga teng bo`lib qolishligi natijasida, milliy
ma`sulotning asl narxi nimadan iborat ekanligi noma`lum bo`lib qoladi. Smitning
mantig`i, XIX asr boshi iqtisodchilari tomonidan, umumiy milliy mahsulotning
milliy daromad bilan tenglashtiruvchi g`oyasi asosida davom etgan. Smit xatosi
Shundan iborat ediki, u milliy mahsulot va milliy daromad hisoblanishida
qo`llaniladigan vaqt cheklovlarini hisobga olmadi (1 yil). Bunday holatda,
mo„ayyan yilning qo`shimcha narxi, o`tgan yilning qo`shimcha narxiga muvofiq
bo`lib, qayta hisoblash yuz bermaydi.
Smit dogmasi xatoliklari Kene jadvalida mavjud bo`lgan sotish nazariyasida
namoyon bo`lib, u XIX asr boshida soddalashgan takroriy - umumiy ishlab
chiqarish nazariyasining bir qismiga aylandi. Umumiy milliy mahsulotning narxi,
qo`shimcha narxlar summasiga go`yoki teng deb hisoblangan, ya`ni faqatgina
iste`mol predmetlariga sarflanadigan daromadlar summasiga, va buning natijasida
jamoatchilik qayta takroriy ishlab chiqarilishi haqida so`z yuritilishi mumkin emas
edi.
Dostları ilə paylaş: