57
qimmatlashishiga olib keladi. Demakki, kapitalistlarning ish haqi to`lashdagi
xarajatlari o`sib, daromadlari kamayadi.
Rikardoning fikricha, non protektsionistik non qonuniyatlari mavjud
bo`lmagan taqdirda ham, er rentasi oshishi mumkin, Chunki qishloq xo`jaligi
mahsulotlariga nisbatan talabning aholi o`sishi va er hosildorlik darajasi tushishi
sababli oshishi, aylanmaga Yangidan - Yangi erlarni jalb etishga majbur etib, bu
erlarning unumdorligi darajasi pastligi sababli katta miqdordagi mehnat
xarajatlarini talab etadi.
Rikardoning fikricha, jamiyat uchun zarur bo`lgan mehnat xarajatlari
maksimal xarajatlardan kelib chiqgan holda belgilanishi sababli (sifat darajasidan
past er uchastkalarida), boshqa uchastkalardagi fermerlar, nisbatan pastroq
individual ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo`lgan holda, o`z mahsulotini soha
bo`yicha yagona narxlarda sotishga majbur bo`ladi, bu narxlar esa maksimum
tayanganligi sababli, mazkur fermerlar yirikroq daromadga ega bo`lib, ularni
Rikardo “differentsial renta” deb atagan, Chunki , ular oxir-oqibatida er egalari
qo`liga kirib, ijaraning haqqi oshishiga olib keladi.
Rikardoning fikricha, uchastkalar differentsiatsiyasi, kon sanoatida ham
mavjud bo`lib, u erda ham differentsial renta yuzaga kelgan.
Kapital. Smitdan farqli o`laroq, Rikardo kapital tushunchasini nafaqat
moddiy kapital zahirasi sifatida, balki qiymat aylanmasi sifatida qabul qilib, uning
davomiyligini asosiy va aylanma kapital sifatida farqlagan.
Kapitalni tadqiq etar ekan, Rikardo shaxsan o`zi echa olmagan qarama -
qarshilikka duch keldi. Bir tomondan, u narxni faqatgina mehnat xarajatlari bilan
belgilagan bo`lsa, boshqa tomondan asosiy kapitalning elementlari bo`lmish
texnika va boshqa elementlar qo`llanilishi, tovarning nisbiy narxi, tovar ishlab
chiqarilishiga sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanishi haqidagi printsipini
mutlaqo o`zgartiradi. mazkur qarama - qarshilik, daromad muammosida namoyon
bo`ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, u boshqa daromadlar qiymatiga
bog`liq. Shu bilan birgalikda, Rikardo teng kapitalga teng daromad printsipi real
iqtisodiyotda mavjudligini ham tan olgan.
Dostları ilə paylaş: