66
Sismondining fikricha, davlat kapitalizmning keyingi rivojlanishini
to`xtatishi kerak. Mavjud kapitalistik korxonalarda u bolalar mehnatini ta`qiqlash,
ish kunini chegaralash, hamda ishchilarga kasaba uyushmalarini tashkillashtirishga
ruxsat berishni taklif etib, bu holatlarning barchasi, tadbirkorlar hisobiga ijtimoiy
sug`urtalar tizimi yaratilishiga olib kelishini (masalan
kasallik varaqalari, nafaqa
va turli to`lovlarni amalga oshirish) va kapitalistlar daromadidan ishchilarni
ta`minlanishini aytib o`tgan. Mening istagim, deb yozgan edi u,
sanoat ishchisi
xo`jalik faoliyatiga biror kun hamkor bo`lishiga umid qilishdir.
Kelajakda u, kapitalistik korxonalarni kichraytirib, kichik tovar ishlab
chiqarishga qaytishni taklif etgan, ya`ni shahar va qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarilishi, ko`plab mustaqil korxonalarga bo`linib,
alohida yirik tadbirkorlar
qo`lida saqlanmasligi lozim, zero yirik tadbirkorlar yuzlab va minglab ishchilar
hayotini boshqara olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: