64
qo`ygan. Shunday qilib, Sismondi, mumtoz siyosiy iqtisodda kichik burjua
yo`nalishini boshlab bergan.
Predmet va uslub. Mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining barchasi
kabi, Sismondida ishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotida primat mavjud bo`lib, Shu
bilan birgalikda qator nazariyalarda namoyon bo`lgan iste`mol sohasiga nisbatan
mo„ayyan qiziqish ham kuzatiladi.
Iqtisodiyotga nisbatan yondashuvning farqli metodologik jihati, mumtoz
siyosiy iqtisodiyotning mo„ayyan ma`naviy etik elementlari asosiy printsiplari
bilan to`ldirilganligi bo`lib, bu holatlarni u doimo ta`kidlab kelgan va siyosiy
iqtisod oddiy hisob-kitob fani emas, ma`naviy fan deb atagan. Sismondi fikricha,
faqatgina raqamlar bilan ishlash, ko`pchilik xatoliklarga olib kelib, har - bir ilgari
surilgan g`oya asosida insonlarning his - tuyg`ulari va manfaatlari e`tiborga
olinishi kerak deb hisoblagan.
Dostları ilə paylaş: