Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Daromad bo`linishi. Sey daromadlar nazariyasida narx ishlab chiqarishning 
uch omili asosida yaratiladi: mehnat, kapital va er (tabiat), ularning egalari esa 
daromad sifatida daromadning o`zlariga tegishli omil tomonidan yaratilgan qismini 
oladi (maosh, daromad va renta). Daromadga nisbatan Sey Shuni ham 
aniqlashtiradiki, daromad ssuda foizi hisobiga yaralib, uni kapitalist, kapital egasi 
sifatida oladi. 
Tadbirkorlik daromadi esa, tadbirkor tomonidan tashkillashtirish faoliyati 
evaziga olinadigan pul miqdori bo`lsa, Shu bilan bir qatorda tadbirkor mo„ayyan 
tavakkalchilik evaziga daromadga haqli bo`ladi.
Seyning “Uch omil” nazariyasidan xulosa qilish mumkinki, sinflar orasida 
mo„ayyan garmoniya mavjud, Chunki har - bir sinf faqatgina o`ziga tegishli 
bo`lgan daromad qismiga ega bo`ladi. 


61 
Ishlab chiqarish mehnati. Sey Smitga nisbatan ishlab chiqarish mehnati 
sohasining aniqroq talqinini berib, aynan Shu nazariya foydasiga, nafaqat moddiy 
ishlab - chiqarish sohasini, balki xizmat ko`rsatish sohasini ham kiritadi, Chunki
mashhur soha doirasida ham foydalilik darajasi yaratiladi. Sey fikriga ko`ra, 
xizmat ko`rsatish sohasida ham, nomoddiy mahsulotlar yaratilib, bu mahsulotlar 
ishlab chiqarish davrida iste`mol qilinadi. Ammo, bu xizmatlar kapital ko`rinishida 
akkumullyatsiya qilish kuchiga ega emas, akkummulyatsiyaning o`zi esa xuddi 
Smit kabi, Sey tomonidan moddiy boyliklar zahirasi deb qabul qilingan. 
Realizatsiya. Uning “Uch omil” nazariyasidan ko`ra ham, mashhurroq 
bo`lgan “realizatsiya nazariyasi” keyinchalik Sey qonuni atamasini oldi. Mazkur 
qonunga muvofiq, kapitalizm sharoitida, taklif doimo talabga teng va Shu sababli 
to`liq realizatsiya mavjud holatdir, Chunki xalq xo`jaligi miqiyosida realizatsiya 
bir mahsulot turlarining boshqa mahsulot turlariga almashinishi bo`lib, Shu sababli 
tovar ishlab chiqarilishi faktining o`zigina boshqa mahsulotlar sotilishi uchun keng 
yo`l ochib beradi. Mablag` faqatgina vaqtinchalik almashinuv jarayonidagi rolga 
ega. Albatta, alohida tadbirkorlarda, sotish bo`yicha vaqtinchalik qiyinchiliklar 
kuzatilishi mumkin, ammo keyinchalik bunday almashinuv albatta yuz beradi, Shu 
bilan birgalikda Sey zahira fondlariga nisbatan ham xuddi Shunday fikrda bo`lib, 
ularni talab darajasiga etgunga qadar vaqtinchalik hodisa deb talqin qilingan. 
O`zining realizatsiya nazariyasidan kelib chiqgan holda, Sey quyidagi xulosalarga 
keladi: «Har bir inson barcha insonlar ravnaqidan manfaatdor va ishlab 
chiqarishning bir sohasi rivojlanishi boshqa sohalar rivojlanishiga ham olib 
keladi». «bundan kelib chiqadiki, barcha chet el mahsulotlarining ichki bozorga 
olib kelinishi, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishiga yo`l 
ochib beradi». Shunday qilib, sinflar orasida mo„ayyan garmoniya mavjud ekan, 
xuddi shunday garmoniya sohalar va mamlakatlar orasida ham mavjud bo`lishi 
mumkin». 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin