72
manfaatlari yoki kelajak avlodlar va insoniyat umumiy
manfaatlari uchun zarur
bo`lgan holatlar bajarilishi bilan bog`liq barcha ishlarni o`z zimmasiga olishi
kerak». Bunda birinchidan hukumat tomonidan ilmiy - texnik taraqqiyotni
rivojlantirishi ko`zda tutilib, bu xol birinchi navbatda iqtisodiy o`sishga olib
keladi, va ikkinchidan esa teng iqtisodiy imkoniyatlarga
va teng huquqlarga ega
bo`lgan holda teng iqtisodiy huquqlarga ega bo`lmagan jamiyat a`zolariga moddiy
yordam haqida fikr yuritadi (qariyalar, bolalar, nogironlar).
8.2. K. Marks iqtisodiy nazariyasi
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta`siri bo`yicha XIX asr faylasuflari va
iqtisodchilari orasida yiriklardan biri Karl Marks (1818-1883) hisoblanadi.
Ma`lumoti bo`yicha yurist va jurnalist bo`lgan bu olim faoliyat turi bo`yicha
professional inqilobchi edi. Uning yaqin yordamchisi va qator asarlarining
hammualifi Fridrix Engel`s (1820-1895) hisoblanadi.
Marks hayotining keskin
burilish davri 1847-1848 yillar edi. Bu vaqtga kelib, tarixiy materializm falsafiy
nazariyasi to`liq ishlab chiqarilgan edi. 1847 yilda Marks va Eengel`s
ishtirokida
xalqaro kommunistlar ittifoqi tashkillashtirilib (I Internatsional asosi), uning uchun
Marks va Eengel`s «Kommunistik partiya manifesti» deb nomlangan asarni
yozishdi (1848). 1848 yilda yuz bergan birinchi Evropa inqilobidan so`ng,
Marks
va Engel`s Angliyaga ko`chib o`tib, umrlarining oxirigacha shu mamlakatda
yashashdi. Bu erda, Marks o`z iqtisodiy nazariyasi ustidan ishga kirishib ketdi.
1850
yillar oxirida, u o`zining asosiy asari bo`lmish «Kapital»ning birinchi
variantini tayyorlab 1859 yilda mazkur asarning birinchi kichik qismini «Siyosiy
iqtisodiyot tanqidi haqida» nomi ostida nashr etdi. Ammo keyinchalik, Marks
nashr etishni to`xtatib, qo`lyozmani puxtalashtirish lozimligi haqidagi qarorga
keldi. 1867 yilda, Marks hayotligi davrida yagona nashr etilgan «Kapital»
asarining birinchi tomi chiqguniga qadar, «Kapital»
asarining yana ikkita qora
nusxasi tayyorlandi. «Kapital»ning ikkinchi va uchinchi tomlari Marks
qo`lyozmalari asosida 1885 va 1894 yillarda Engel`s tomonidan nashr etildi.
Dostları ilə paylaş: