Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169
Asosiy nazariy holatlar 
Mill`ning so`nggi asari besh qismdan iborat. Birinchi uchta qismda («Ishlab 
chiqarish», «Taqsimlanish», «Almashinuv») u asosan o`zidan oldingi mumtoz 
siyosiy iqtisod natijalarini umumlashtiradi. Bu asrning o`ziga xos jixati Shunda 
ediki, Mill` ishlab chiqarish va taqsimotini qarama - qarshi qo`yadi. Boylik ishlab 
chiqarish sharoitlari va qonuniyatlari tabiiy fanlarga xos bo`lgan haqiqat tavsifiga 
ega, deb hisoblar edi u. boylik taqsimlanishi esa, o`zgacharoq tarzda yuz beradi. 
Taqsimlash, inson tasarrufiga tegishli bo`lgan ishdir. Asarining oxirgi ikki qismida, 


71 
Mill` ya`ni iqtisodiy o`sish va davlatning iqtisodiyotdagi roli muammolarini taxlil 
etadi. 
Narx va tannarx. Mazkur masalalar Mill` tomonidan asarining 
«Almashish» uchinchi qismida yoritilgan. Uning fikricha, narx asosida ishlab 
chiqarish xarajatlari yotadi. Mill` narx va tannarxning nisbiyligini (Rikardo 
terminologiyasi), narx shakllanishi tahlili jarayonida, Mill`, narx taklif va talab 
oorasida funktsional aloqa muammolariga yo`liqib, narxning talabga ta`sirini 
tadqiq etib, elastik talab tushunchasini ilgari suradi.
Mablag„, daromad, kapital, realizatsiya. Bu borada, Mill` o`zidan oldingi 
davrda yashab o`tgan mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining fikrlarining turli 
kombinatsiyalarda takrorlab, asosan Rikardo nazariyasiga tayanadi. 
Iqtisodiy o`sish. Mill` ilk marotaba, iqtisodiy statika va iqtisodiy dinamika 
tushunchalarini ajratadi. Statika ostida, iqtisodiyotning o`zgarmas masshtabdagi 
funktsiyasi tushunilsa, dinamika ostida o`sish va qulash tushuniladi. Ammo Mill` 
asarlarida, o`sish va rivojlanish tushunchalari aniqlashtirilmagan. Rivojlanish 
tushunchasi ostida, hozirgi davrda iqtisodiyotning sifat darajasidagi o`zgarishi 
tushuniladi. O`sish tushunchasi ostida esa, mo„ayyan iqtisodiy ko`rsatkichlarning 
miqdoriy oshishi ko`zda tutiladi. Iqtisodiy o`sish muammosini Mill` o`z kitobining 
to`rtinchi qismida ko`rib chiqib, bunda asosan iqtisodiy o`sishga ta`sir etuvchi 
omillar tadqiq etilgan. Iqtisodiy o`sish omillari orasida, u ishlab chiqarish 
omillarini belgilagan, masalan texnik jarayon, ishlab chiqarish kontsentratsiyasi 
hisobiga xarajatlarni pasaytirish, xo`jalik aloqalarini kengaytirish bilan bog`liq 
omillar, mehnat va kapital migratsiyasi, o`sishi, transport va savdoni rivojlanishi, 
taqsimlash tizimi va turmush farovonligini o`sishi, va nihoyat shaxs va mulk 
xavfsizligini ta`minlab beruvchi siyosiy omillar. 
Shu bilan birgalikda, Mill` iqtisodiyotdagi o`sish va pasayish fazalarining 
davriy o`zgarishini ham ko`rsatib, birinchilardan bo`lib, Angliyada 1825 yilda 
boshlab namoyon bo`lgan iqtisodiy sikl mavjudligini ta`kidlagan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin