Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Predmet va uslub. Umuman olganda, Marshall va Klark nazariyalarida 
predmet va uslub, marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi umumiy tavsifiga mos. 
Marshallning xizmati Shundan iboratki, u iqtisodiyot fani nomlanishini to`liq 
o`zgartirishni, “siyosiy iqtisodiyot” atamasidan to`liq voz kechishni taklif etgan. 
Yangi nom bo`lmish iqtisodiyot atamasi, marjinalistlarning iqtisodiyot tadqiqotida 
ijtimoiy shakllardan voz kechib, sof iqtisodiyot tadqiqotiga o`tishganliklarini aks 
ettiradi.
Marshall uslubi o`ziga xosliklari orasida, Djevons va Val`ras kabi 
marjinalistik inqilob namoyandalaridan farqli o`laroq, matematik apparat 
qo`llanilishiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatidir. O`z asarlarida, Marshall 
matematik modellarining shartli ekanligini ta`kidlab, u mo„ayyan imkoniyatlarni 
haqiqatdan yiroq deb hisoblagan. Uning o`zi ko`proq matematik tahlil 
uslublarining tahliliy emas, grafik ko`rinishlariga ishongan. 
Dj.B.Klark tomonidan qo`llanilgan tahlil uslubiga keladigan bo`lsak, bunda, 
mazkur iqtisodchi o`z asarlarida Dj.S.Mill`ning statika va dinamika haqidagi 
xulosalarini rivojlantirganliklarini aytib o`tish mumkin. Uning fikricha, statika, 
asosiy iqtisodiy parametrlar muvozanatli holatda bo`lgan: ya`ni, mehnat va moddiy 
resurslar miqdori, ehtiyoj darajasi, texnika va hokazo. Mazkur parametrlardan biri, 
yoki bir - nechasi o`zgargan taqdirda, dinamika holati yuzaga keladi, ya`ni 
muvozanat yo`qolib, bu holat parametrlar o`zgarmaguncha davom etadi, va Yangi 
iqtisodiy parametrlarga nisbatan Yangi muvozanat holati yuzaga keladi. 
Klark fikricha, statik holat, tasavvur holatidir. Tabiiy jamiyatlar barchasi 
dinamikdir. Ammo, mexanika kabi, tinchlik qonuniyatlari, harakat qonuniyatlari 
tushunarli bo`lishi uchun o`rganilishi kerak. Nima bo`lganida ham, Klark, o`sha 
davrdagi marjinalistlar kabi, faqatgina iqtisodiy statika tadqiqotlari bilan, 
cheklangan.


103 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin