110
foydalanilishidan voz kechib, e`tiborini asosan tovarni tanlash nazariyasidan kelib
chiqib bir tovarga nisbatan boshqa tovarning xush ko`rilishiga qaratgan. V.Pareto
nazariyasida, farqsizlik chiziqlari, yoki farqsizlik chiziqlari xaritasi quyidagicha
ko`rinishga ega (13.4.1-rasm).
13.4.1-rasmda OY va 0X o`qlari bo`yicha ikki tovar miqdori boshlanib, ular
iste`mol yig`indisini tashkil etadi I, II, III chiziqlar farqsizlik chiziqlaridir.
Ularning yig`indisi farqsizlik xaritasini tashkil etadi. Agar, istalgan farqsizlik
chizig`ini oladigan bo`lsak, uning har - bir nuqtasi mo„ayyan iste`mol tovarlari
yig`indisini, ya`ni (Y va Xni) tashkil etadi. Bu yig`indilar, ratsional sub`ekt uchun
bir - xil darajadagi foydalilikka ega. Uning uchun, xususan, XA va YA, XB va YB,
XS va YS hajmlarida tovar iste`mol qilinishi yoki xarid qilinishi farq qilmaydi.
Ikkinchi va uchinchi chiziqlar birinchi chiziqdan Shunisi bilan farq qiladiki, ular X
va Y tovar katta yig`indilari bilan tavsiflanib, iste`molchi yuqori daromadiga
muvofiq bo`ladi. U yoki bu tovarlar yig`indisi foydaliligini belgilashda ordinalistik
yondashuv, I, II, III chiziqlar mutanosibligi bilan belgilanadi. Agarda, farqsizlik
chizig`ining o`zida, tovarlar yig`indisi, teng taqsimlangan bo`lsa, III chiziqda aks
etgan tovarlar yig`indisi ko`proq tanlanadi va II chiziq yig`indilari, kamroq talab
qilinadi, ular esa o`z navbatida, doimiy ravishda iste`molchi tomonidan tanlanadi,
zero iste`molchi, ularni I chiziq bo`yicha joylashgan yig`indilar bilan taqqoslaydi.
Shunday qilib, farqsizlik chizig`i xaritasi, sub`ekt talablarining mo„ayyan ketma-
ketlik tartibini aks ettiradi. Bunday ketma-ketlik, foydalilik darajasining tartibli
yoki ordinalistik funktsiyasi deb ataladi.
Y
Y
a
A
III
Y
b
B
II
Y
c
C I
0
X
A
X
B
X
C
X
Dostları ilə paylaş: