Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Umumiy iqtisodiy muvozanat nima? 
2. Val`ras modelini tasvirlovchi tenglamalar tizimi qanday holatlarda echimga 
ega bo`ladi? Val`ras xalq xo`jaligini qanaqa to`rt bozorga bo`ladi va bu 
bozorlar qanday o`zaro bog`liq bo`ladi? 
3. Val`ras va Pareto umumiy iqtisodiy muvozanat masalasini iqtisodiyotning 
qanday turlari doirasida ko`rib chiqishgan? 
4. Pareto va marksistlarning sotsializm sharoitlarida tovar - pul munosabatlari 
borasidagi fikrlari farqi nimada? 
5. Foydalilik darajasining kardinalistik va ordinalistik talqini nima? Farqsizlik 
chiqizlarini nima tavsiflaydi? 
6. Jamiyat ravnaqi masalasiga Pareto qanday yangi ishlanmani kiritdi? Pareto 
optimumi grafigini tasvirlab bering. 
 


115 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Вальрас Л. Элементы чистой политической экономии. М., 2000. 
2. Бейтон А., Доллок К., Дре А.М., Казорла А. 25 ключевых книг по 
экономике. Челябинск, 1999. 


116 
XIV-BOB. INSTITUTSIONALISM YO`NALISHI MOHIYATI VA 
AHAMIYATI 
 
14.1. Institutsionalistik yo`nalish umumiy tavsifi 
 
XIX asrning ikkinchi yarmida marjinalizm bilan birgalikda yonma-yon, 
ba`zida esa undan ilg`orlashgan holda, iqtisodiyot fanining yana bir yo`nalishi 
institutsionalizm shakllanib bordi. Bu yo`nalish mumtoz siyosiy iqtisod o`rniga 
vujudga keldi. Bu yo`nalish to`la - to`kis, XX asrning boshida shakllandi. 
Predmet va uslub.
yuqorida iqtisodiyot faniga nisbatan ikki nazariy 
yondashuvni yuqorida ko`rib chiqgan edik, ya`ni mumtoz siyosiy iqtisod va 
marjinalizm, mazkur mavzu doirasida institutsionalizm oqimining metodologik 
xususiyatlarini, ular bilan taqqoslagan holda ko`rib chiqamiz. 
yuqorida aytib o`tilganidek, marjinalizm yo`nalishining tadqiqot predmeti 
sifatida sof iqtisodiyot qabul qilinib, uning ijtimoiy shakllari inkor etiladi. 
Institutsionalizm esa, aksincha, ijtimoiy iqtisodiyot, madaniyat va siyosat bilan bir 
qatorda ijtimoiy xajmli tizimining asosiy qismlari sifatida qabul qilishgan. Bundan, 
mazkur yo`nalishning nomi ham kelib chiqadi. 
Boshqa tomondan, mumtoz siyosiy iqtisod ijtimoiy iqtisodiy hodisalarni 
ko`rib chiqadi, bu holat uning nomida ham aks etgan, ya`ni siyosiy atamasi 
Yunoncha «polis» (jamiyat, davlat), nomidan kelib chiqadi. 
Demak, siyosiy iqtisod ham, jamoatchilik (ijtimoiy) iqtisodiyotdir. Masalan, 
mumtoz siyosiy iqtisod asosiy e`tiborni sinfiy munosabatlarga qaratgan. Ammo, 
uning institutsionalizmda farqi Shundaki, mumtoz siyosiy iqtisod ijtimoiy 
munosabatlarning sabab, natijaviy talqinini qo`llaydi, va Shu sababli iqtisodiyot - 
siyosat va madaniyatga nisbatan sabab yoki asos sifatida talqin etiladi.
Ayniqsa, bu yondashuv, Marksning bazis va ustqurma haqidagi ta`limi 
asosida yotadi. Institutsionalizm esa, jamoatchilik munosabatlarini funktsional deb 
hisoblaydi, va Shu sababli, iqtisodiyot, siyosat va madaniyat mazkur nazariya 
doirasida o`zaro bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi omillar sifatida qabul qilinadi. 
Mumtoz siyosiy iqtisod (sinfiy munosabatlar bilan bir qatorda) va 
marjinalizm bir vaqtning o`zida xo`jalik sub`ekti, iqtisodiy insonni birgalikda 
ko`rib chiqib, ular o`z harakatlarida faqatgina bir maqsadda, ya`ni daromad olish 
maqsadi haqidagi g`oyaga asoslanishadi (Shu jumladan foydalilik va daromad). 
Shu sababli, uning harakatlarini modellashtirilishi, hamda prognozlashtirilishi 
mumkin. Institutsionalistlar fikricha, insonga qator omillar ta`sir etadi, va bu 
omillar doirasida ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy omillar kirishi mumkin. Demak, 
bir insonning harakatlari, boshqa inson harakatlariga o`xshamaydi, va shu sababli 
ularni prognozlashtirish juda mushkul. Xuddi shunday xulosa, milliy 
iqtisodiyotlarga ham tegishli bo`lib, ular institutsionalistlar fikricha, qator o`ziga 


117 
xosliklarga ega bo`lib, ularning funktsiyalarini oldindan faqatgina nisbiy ravishda 
belgilash mumkin. 
Mumtoz siyosiy iqtisod (tarixiy yondashuvga ega bo`lgan Marksdan 
tashqari), iqtisodiyotning mo„ayyan turini tabiiy ravishda qabul qilib, uni boshqa, 
notabiiy turlar bilan taqqoslangan. Marjinalizm o`zining miqdoriy yondashuvi 
bilan, faqatgina statika yoki dinamika holatidagi bozor iqtisodiyotini ko`rib 
chiqadi. Institutsionalizm esa, iqtisodiyotni tarixiy jihatdan sifat darajada 
o`zgaruvchan va rivojlanuvchi soha sifatida tadqiq etadi. Ammo, bunda dinamika 
va rivojlanish orasida adashmaslik lozim, zero birinchi holatda, bu miqdoriy 
o`zgarish (o`sish, qulash), ikkinchi holatda esa sifat, ya`ni ijtimoiy munosabatlar 
o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, qayta qurish davrida, mamlakatimizda, iqtisodiy 
qulash kuzatilgan bo`lsada, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish mavjud bo`lgan. 
Va nihoyat, mumtoz siyosiy iqtisod (burjua vakillari tomonidan) va 
marjinalizm (boshlang`ich bosqichida) iqtisodiyotni faqatgina iqtisodiy insonlar 
summasi sifatida ko`rib chiqib, bundan shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlaridan 
ustun kelishini ta`kidlab, iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi yonini olgan holda, 
insonlar xo`jalik faoliyatiga hukumat aralashuvini cheklagan. Institutsionalizm esa, 
aksincha, alohida shaxslar manfaatini emas, jamiyat manfaatlarini institutlar 
(jamoatchilik hodisalari) manfaatlarini ustun qo`ygan, va Shu sababli hukumat 
jamiyat nomidan faoliyat yuritayotganda, alohida shaxslar ijtimoiy - iqtisodiy 
faoliyatiga aralash huquqiga ega deb, hisoblashgan. 
Shunday qilib, institutsionalistik yo`nalish nazariyachilari, iqtisodiyotni barcha 
ijtimoiy munosabatlar o`zaro iqtisodiy kontekstida ko`rib chiqishgan. Bundan 
kelib chiqadiki, alohida insonlarning iqtisodiyotdagi faoliyati murakkab va 
o`xshashsiz bo`lib, bu holat marjinalistlarning sof iqtisodiyotida kuzatilmaydi, va 
iqtisodiyotga tarixan yondashish lozim deb hisoblashadi. Bunday iqtisodiyotni 
doimiy ijtimoiy - iqtisodiy o`zgarishlar jarayoni sifatida qabul qilish lozimligini 
aytib o`tishadi. Bundan tashqari, institutsionalistlar, iqtisodiyotni individualistik 
nuqtai - nazardan emas, jamoatchilik (ijtimoiy) nuqtai nazardan ko`rib chiqishgan 
va Shu sababli, hukumat jamiyat nomidan faoliyat yuritar ekan alohida xo`jalik 
sub`ektlari faoliyatiga aralashish huquqiga ega deb hisoblashgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin