118
inqilobining qonli amaliyoti bilan o`xshatishlardan so`ng yuzaga keldi.
Romantiklar shaxs erkinligini jamiyat tuzilishida emas, ichki dunyoda
mavjudligini ta`kidlasha boshlashdi.
Ratsionalistik falsafa ilmli bilimi Gegel` aytib o`tganidek, - poetik va
payg`ambarona fikrlar o`rniga vujudga kelgan. Shumpeter aytib o`tganidek,
romantizm ratsionalistik sharoitlarga qarshi chiqish bo`ldi: hissiyotlar sovuq fikrga
qarshi chiqdi; kutilmagan impul`s untilitar mantiqqa qarshi, intuitsiya tahlilga
qarshi, ruh aqlga qarshi chiqib, milliy tarix romantikasi ma`rifat asri intellektual
sun`iy konstruktsiyalariga qarshi chiqishi bilan kuzatildi. Romantiklar,
jamoatchilik tuzilishi xilma-xilligiga nisbatan utilitar yondashuvga qarshi chiqib,
Gedonistik manfaatlarni yuksak darajada ratsionallashtirishga nisbatan rangsiz
umumlashtirishga kirishib ketgan. Bunda, romantiklar bilan bir qatorda, XIX asr
boshida ingliz faylasufi utilitarizm antagonisti I. Bentonning ham g`oyalari qarshi
chiqib, uning tomonidan insonlar orasidagi munosabatlarni ma`ishat va
qiyinchiliklar orasida balans g`oyasi ilgari surildi.
Keyingi davrlarda pozitivizm falsafasi ham yuzaga kelib, bu jarayonga ta`sir
o`tkaza boshladi va bu yo`nalishning namoyondasi lideri sifatida frantsuz olimi
O.Kont mashhurlikka sazovor bo`ldi. Uning 6 tomdan iborat, “pozitivizm
falsafasi” kursi asari 1830-1842 yillar davomida davomida nashr etildi.
Pozitivizmning boshqa asoschilari qatorida ingliz olimlari G. Spenser va Dj.
S.Mill`ni tilga olish lozim.
yuqorida sabab – natijaviy aloqalardan funktsional aloqalariga pozitivistik
o`tish, marjinalistik iqtisodiy nazariya tomonidan qabul qilingan. Institutsionalizm
ham, Kont va Spenserning ijtimoiy evolyutsiya haqidagi qarashlarini qabul qilgan.
Nihoyat, shuni ham aytib o`tish kerakki, Char`lz Darvinning «Tabiiy saralash
orqali turlar shakllanishi» (1859) asarining tirik organizmlar evolyutsiyasi va
tabiiy saralash haqidagi g`oyalari nafaqat biologiyada, balki ijtimoiy fanlarda ham
katta qiziqish uyg`otgan. Shunisi qiziqki, Darvinning o`zi, uning g`oyalari ijtimoiy
fanlarga asoslanishi, bu borada katta ta`sir Spenser evolyutsiya nazariyasi va
Mal`tusning «Aholi nufuz nazariyasi» ta`sir etganligini aytib o`tgan edi.
Dostları ilə paylaş: