117
xosliklarga ega bo`lib, ularning funktsiyalarini oldindan faqatgina nisbiy ravishda
belgilash mumkin.
Mumtoz siyosiy iqtisod (tarixiy yondashuvga ega bo`lgan Marksdan
tashqari), iqtisodiyotning mo„ayyan turini tabiiy ravishda qabul qilib, uni boshqa,
notabiiy turlar bilan taqqoslangan. Marjinalizm o`zining miqdoriy yondashuvi
bilan, faqatgina statika yoki dinamika holatidagi bozor iqtisodiyotini ko`rib
chiqadi. Institutsionalizm esa, iqtisodiyotni tarixiy jihatdan sifat darajada
o`zgaruvchan va rivojlanuvchi soha sifatida tadqiq etadi. Ammo, bunda dinamika
va rivojlanish orasida adashmaslik lozim, zero birinchi holatda, bu miqdoriy
o`zgarish (o`sish, qulash), ikkinchi holatda esa sifat, ya`ni ijtimoiy munosabatlar
o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, qayta qurish davrida, mamlakatimizda, iqtisodiy
qulash kuzatilgan bo`lsada, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish mavjud bo`lgan.
Va nihoyat, mumtoz siyosiy iqtisod (burjua vakillari tomonidan) va
marjinalizm (boshlang`ich bosqichida) iqtisodiyotni faqatgina iqtisodiy insonlar
summasi sifatida ko`rib chiqib, bundan shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlaridan
ustun kelishini ta`kidlab, iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi yonini olgan holda,
insonlar xo`jalik faoliyatiga hukumat aralashuvini cheklagan. Institutsionalizm esa,
aksincha, alohida shaxslar manfaatini emas, jamiyat manfaatlarini institutlar
(jamoatchilik hodisalari) manfaatlarini ustun qo`ygan, va Shu sababli hukumat
jamiyat nomidan faoliyat yuritayotganda, alohida shaxslar ijtimoiy - iqtisodiy
faoliyatiga aralash huquqiga ega deb, hisoblashgan.
Shunday qilib, institutsionalistik yo`nalish nazariyachilari, iqtisodiyotni barcha
ijtimoiy munosabatlar o`zaro iqtisodiy kontekstida ko`rib chiqishgan. Bundan
kelib chiqadiki, alohida insonlarning iqtisodiyotdagi faoliyati murakkab va
o`xshashsiz bo`lib, bu holat marjinalistlarning sof iqtisodiyotida kuzatilmaydi, va
iqtisodiyotga tarixan yondashish lozim deb hisoblashadi. Bunday iqtisodiyotni
doimiy ijtimoiy - iqtisodiy o`zgarishlar jarayoni sifatida qabul qilish lozimligini
aytib o`tishadi. Bundan tashqari, institutsionalistlar, iqtisodiyotni individualistik
nuqtai - nazardan emas, jamoatchilik (ijtimoiy) nuqtai nazardan ko`rib chiqishgan
va Shu sababli, hukumat jamiyat nomidan faoliyat yuritar ekan alohida xo`jalik
sub`ektlari faoliyatiga aralashish huquqiga ega deb hisoblashgan.
Dostları ilə paylaş: