108
echimiga ega ekanligini ko`rsatib berib, bunday echim asosida, noma`lum
tenglamalar miqdori, tizimdagi tenglikda yotadi, ya`ni tenglamalar tizimi, o`zaroo
mutanosib ravishda echilishi lozim. Buning asosida talab va taklif hajmi, alohida
tovarga bo`linishi, nafaqat uning narxiga, balki tovarlarga bo`lgan narxiga ham
bog`liq bo`lib, bir bozorning holati, boshqa bozor holatiga bog`liq bo`ladi.
Val`ras xalq xo`jaligini 4 asosiy bozorga bo`lgan: iste`mol predmetlari
bozori, ishlab chiqarish omillari bozori, pul kapitallari bozori va almashinuv
vositasi sifatidagi mablag` bozori. Buning asosida u har - bir bozor doirasidagi
tenglik sharoitlarini topadi. Shundan so`ng, mazkur bozorlar orasidagi bog`liqlik
masalasi qo`yiladi. Avvalambor, bunda g`oya, iste`mol predmetlari bozori va
ishlab chiqarish omillari orasidagi bogg`liqlik haqida ketadi. Tovarlar bo`lgan
iste`molchilik talabi, barcha iste`molchilar daromadlariga bog`liq. O`z navbatida
ularning daromadlari, narx va ishlab chiqarish omillariga borib taqaladi. Shu bilan
birgalikda, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan korxona talabi, iste`molchilar
tomonidan ilgari surilgan tayyor mahsulotga bo`lgan talabga bog`liq. Keyinchalik,
ishlab chiqarish omillari va mablag` kapitallari bozori orasidagi bog`liqlik mavjud
bo`lish, buning asosida investitsiya va boylik muvozanati yotishini e`tirof etadi.
Pul mablag`lari bozori va almashinuv vositasi sifatidagi pul bozori orasidagi
bog`liqlik tadqiq etiladi. Buning asosida mablag` yig`ilishining hajmini o`sishi,
mablag` massasi qisqarishiga olib kelib, tabiiyki narxlarga ta`sir etadi. Val`ras
mablag` bozorini quyidagicha ta`riflagan: «mablag` belgilari omili narxi, mablag`
real miqdorining istalgan naqd holatdagi mutanosibligiga bog`liq».
Shu bilan birgalikda, Val`ras, iqtisodiyot to`liq muvozanat holatida nisbatan
o`sishini isbotlab berib, hech qachon bu muvozanatga erisha olmasligini ta`kidlab
o`tgan.
O`zining umumiy iqtisodiy muvozanat modelida, Val`ras, mazkur muammoni
mo„ayyan doirada ko`rsatib bergan, ammo matematik darajada, uni echa olmagan.
Keyingi davrlarda qator olimlar ham, mazkur modelni matematik jihatdan
rivojlantirishga harakat qilgan. A.Val`t (1936) va Errou Debre (1954) asarlarini
ham e`tirof etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: