105
Shu bilan birgalikda, Marshall muvozanat narx atamasi faqatgina mo„ayyan
davrga nisbatan qo`llanilishi mumkinligini ham aytib o`tgan.
Narx shakllanishi
jarayonida vaqt omili tadqiqoti uning iqtisodiyot nazariyasiga qo`shgan ulkan
hissasi bo`ldi. Shuni ham aytib o`tish joizki, Marshall, o`sha
davrdagi
marjinalistlari kabi, iqtisodiyotni statika doirasida ko`rib chiqib, bu doirada vaqt
omili e`tiborga olinmagan. Uning nisbatan talqin etilishi esa, bozor turli muvozanat
holatlari qiyoslanishi asosidagi qiyosiy statika uslubi sifatida tilga olingan.
Marshall bu kabi uch holatni farqlagan: juda qisqa muddat (juda qisqa «Bozor
davri»), qisqa davr va uzoq muddat. Birinchi holatda sotuvchilar o`z
takliflarini
talab o`zgarishiga moslashtira olishmaydi, ya`ni boshqacha qilib aytganda,
ishlab
chiqarish omillari doimiy bo`ladi. Misol tariqasida Marshall tirik baliq bozorini
ko`rib chiqib, unda tovar tez buziladi, Shu sababli
tovar zahirasi mavjud
bo`lmaydi, demakki sotuvchi ham kutilmaganda yuqori darajadagi talabga javob
bera olmaydi. Shu sababli muvozanat narxini, talab hajmi belgilaydi.
Qisqa davomida ishlab chiqarish omillarining bir qismi doimiy bo`lib qoladi,
ammo boshqa qismi esa o`zgaruvchan bo`lib, Shu sababli takliflar mo„ayyan
hajmlarda talabga ko`ra o`zgartirilishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish
quvvatlari,
eskiligicha qoladi, ammo ularning amalga oshirilishini o`zgartirib
bo`lmaydi.
Nihoyat uzoq muddatni ko`rib chiqadigan bo`lsak, bunday ishlab chiqarishning
barcha omillari, o`zgaruvchan bo`ladi.
Masalan ishlab chiqaruvchi, qo`shimcha
ishlab chiqarish quvvatlarini faoliyatida qo`llash mumkin, Shunday qilib, davr
uzayishi sayin, muvozanat narxi, taklif narxi shakllanishi sayin o`sib boradi.
Dostları ilə paylaş: