106
holda esa, u o`z mablag`larini
tejab qolib, mazkur tejalgan mablag`, uning
«kvazirentasi» yoki ortiqcha daromadi bo`ladi.
Daromadlar. Daromadlar nazariyasini ko`p jihatdan Dj. S.
Klark ishlab
chiqarib, u o`z nazariyasini ishlab chiqarish omillari maksimal ishlab - chiqarish
nazariyasi bilan bog`lagan. Agarda korxona miqiyosida maksimal ishlab chiqarish
darajasi (boshqacha qilib aytganda) ishlab chiqarish
omillari miqdori mazkur
omillarga bo`lgan narxlarga bog`liq bo`lsa, makroiqtisodiy darajada buning aksi
ko`zga tashlanadi. Ya`ni qo`llanilgan ishlab chiqarish
omillari miqdori uning
narxini belgilaydi (ya`ni, uning ishlab chiqarilishidan olingan daromadni).
Masalan, korxona darajasida ish haqi doimiy bo`lib, ish haqi summasi korxona
doirasidan
tashqarida, mehnat bozorida belgilanadi,
ishchilar soni esa,
o`zgaruvchan ko`rinish bo`lib, bu miqdor ish haqi hajmiga bog`liq bo`ladi. Mehnat
bozorining o`zida esa, bandlar (yollangan) ishchilar miqdori mehnatga bo`lgan
talab va taklif mutanosibligini aks ettirib, demakki
uning narxini ham belgilab
beradi.
Dostları ilə paylaş: