119
faoliyati uch davrga bo`linadi: eski tarixiy maktab (1840-1860-yillar), Yangi
bosqich (1870-1890-yillar) va eng Yangi davr (1900-1930-yillarning boshi). Yangi
tarixiy maktab, marjinalizm al`ternativasi sifatida paydo bo`lib, to`g`ridan- to`g`ri
munozaralar Avstriya maktabi asoschisi K.Menger va Yangi tarixiy maktab
asoschisi G.Shmoller orasida yuz bergan. Yangi tarixiy maktab g`oyalari Evropa
(shu jumladan Rossiyada) va AQSHda keng tarqalgan, ammo institutsionalistik
yo`nalishning to`liq tan olnishi XX asrning boshlarida yuz berdi, bunga ichki va
tashqi holatlar sabab bo`lgan.
Birinchidan marjinalistik inqilobni uning iqtisodiyotdagi abstrakt va
miqdoriy yondashuvlarini barcha olimlar ham tan olavermagan.
Ikkinchidan XIX asr oxiridagi iqtisodiyotning ijtimoiy va statistik tadqiqot
usullari faol rivojlanishi institutsionalistlarga qo`shimcha isbotlar yaratgan.
Uchinchidan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida, erkin raqobatchilik
iqtisodiyoti sohasida ham keskin o`zgarishlar yuz berib, marjinalizm va mumtoz
siyosiy iqtisod nazariyalari asoslangan. Birinchi jahon urushi davrida esa, iqtisodiy
liberalizm hukmronligidan keyin ilk marotaba xilq xo`jaligi miqiyosida
iqtisodiyotni davlat boshqaruvi qo`llanila boshlanib, nihoyat Rossiyadagi
sotsialistik inqilob g`alabasi, markazlashtirilgan iqtisodiyotni qurilishi uchun
imkon yaratib berdi.
Bundan tashqari, institutsionalistlarning iqtisodiy munosabatlarining
o`zgaruvchanligi haqidagi g`oyalari tasdiqlandi. Natijada XX asr boshida
institutsionalizm ko`pchilik mamlakatlarda tarqalib, uning asosiy liderlari
Germaniya (Yangi tarixiy maktab va ijtimoiy - huquqiy maktab) va AQSH (U erda
institutsionalizm atamasi paydo bo`ldi) ega edi. Ammo Angliya, Frantsiya va
Rossiya kabi mamlakatlarda, mazkur yo`nalishning bundanda qiziqarli
nazariyachilari mavjud bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: