113
XX asr boshlarida marjinalistlar, barcha Rossiya
universitetlarida mavjud
edi. O`zlarining asosiy nazariy qarashlari bo`yicha ularning bir qismi birinchi
bosqich, ikkinchi qismi esa ikkinchi bosqich marjinalistik inqilobi tarafdorlari edi.
Qozon va Odessa universitetlarida Zalesskiy va Orjentskiy tadqiqotlari
davomidan tashqari, Peterburg universiteti talabasi Vladimir Voytinskiy (1885-
1960) qalamiga mansub «Bozor va narxlar» (1906) asarini ham tilga olish lozim,
zero keyinchalik Voytinskiy inqilob tarafdorlari qatoriga o`tib ketib, ilmiy ishlarga
1917 yil inqilobidan keyin qaytib keldi, bundan tashqari, Moskva universiteti
dotsenti Nikolay SHaposhnikov (1878-1939) «Qadriyat va taqsimlanish
nazariyasi» (1912) asarini ham tilga olmay ilojimiz yo`q.
yuqorida tilga olingan
Kiev maktabi namoyandalari ham, XX asrlarda
marjinalistik nazariyani qabul qilishdi. Ularning yetakchisi bo`lmish Aleksandr
Bilimovich (1876-1963), o`zining asosiy asari bo`lmish «Xo`jalik tovarlari
tannarxi masalasi haqida» (1914) monografiyasini yaratdi. Voytinskiy va
Bilimovich, asosan talab nazariyasiga e`tibor qaratishgan bo`lishsa, Shaposhnikov
D.B. Klark qarashlari tarafdori edi.
Rossiyalik marjinalistlar darajasi juda yuqori edi. Iqtisodiy fikr nemis
tarixchisi X. YU. Serafimning yozishicha: «Bilimovich nazariy kontseptsiyasini
uning ichki qonuniyatlari va mantiqiy holati jihatidan, g`arbiy
Evropa nazariy
tadqiqotlari bilan tenglashtirish mumkin». Ammo, vaqt o`tgani sayin, jahon
miqiyosidagi mashhurlikka Kiev maktabi namoyandasi bo`lmish Evgeniy Slutskiy
(1880-1948) erishdi. U 1915 yilda, ital`yan iqtisodiy - statistik jurnallaridan birida
«Iste`molchi balanslashtirilgan byudjeti nazariyasi haqida» maqolasini chop etdi.
Unda, ilk marotaba, hozirgi zamon iqtisodiy fanida Slutskiy tenglamasi deb
ataladigan muvofiq boyliklar narxi mutanosibligi o`zgarishining maksimal
normalari tengligi sifatida, iste`molchi byudjeti va foydalilik muvozanati shartini
ilgari surdi. Mazkur maqola e`tiborsiz qolgan bo`lsada, 1934 yilda, uni ingliz
iqtisodchilari R. Allen va Dj. Xikks e`tirof etib, Slutskiy
marjinalistik inqilobdan
keyingi yirik ilmiy izlanishlar ekanligi aytib o`tishdi. O`zining «Tannarx va
kapital»
(1939)
asarida
Xikks,
Slutskiy
asarida
kuchli
darajada
matematiklashtirilgan, unning nazariyasi muhimligi haqidagi fikrlar keltirgan.
Marjinalistik nazariya sohasidagi so`nggi fundamental monografiya, Saratov
universiteti professori Leonid YUrovskiy (1884-1938) qalamiga mansub bo`lib, bu
monografiya «Narx nazariyasi bo`yicha ocherklar» (1919) deb nomlangan, va
ko`tarilgan muammo jihatidan A.Marshall nazariyasiga yaqin bo`lgan.
Shunday qilib, XX asrning boshida marjinalistik nazariya Rossiyada keng
ravishda talqin etilib ( yuqorida barcha namoyandalar ham tilga olinmagan),
jahonga o`zining ilmiy fikrini taqdim etgan.
114
Bol`sheviklar hukumatga kelganidan so`ng, Rossiyada marjinalizm qismati
yaxshi bo`lmadi. Shuni ham tilga olish zarurki, partiyaning eng ilg`or liderlari
marjinalistik nazariya bilan tanish edilar, xususan N.Buxarin Moskva
universitetida o`qigan paytlarida SHaposhnikov seminarlarida Shug`ullangan,
emigratsiya davrida esa, Vena universitetida Byom – Baverk ma`ruzalariga qatnab,
o`zi uchun zamonaviy bo`lgan iqtisodiy adabiyotlarni kuzatib borgan.
Yuqorida tilga olingan Rossiyalik marjinalistlar
qismati quyidagicha
rivojlandi. Bilimovich va Voytinskiy, mamlakatni tark etib, ilmiy faoliyatlarini
chet elda davom ettirgan hamda yuqori darajada ilmiy nufuzga erishishdi. Ayniqsa
Voytinskiy, juda mashhur bo`lib, uni bandlik muammolari tadqiqotchisi va
keynsianlik tarafdori sifatida nihoyatda hurmat qilishgan (U inflyatsiyani antikrizis
chorasi sifatida qo`llash g`oyasini ham ilgari surgan).
Yurovskiy va Shaposhnikov, 1920-yillar davomida, narkomfinda ishlashgan
bo`lsa, keyinchalik Stalin repressiyalari qurboni bo`lishdi. 1920-yillar
davomida
Slutskiy
Moskva
shahri
kon`yunktura
institutida
faoliyat
yuritib,
kon`yunkturaning matematik modellashtirilishi sohasidagi tadqiqotlari jahon
iqtisodiy fani dunyosida katta qiziqish uyg`otgan. Ammo 1929 yilda institut
yopilishi natijasida Slutskiy, iqtisodiyot fanini tashlab, sof matematik bo`lishga
majbur bo`ldi. 1929 yilda Stalin hukumat boshiga kelganidan so`ng, marjinalizm
va boshqa barcha nomarksistik iqtisodiy nazariyalar, hamda uning asosida
yaratilgan iqtsodiy, matematik - iqtisodiy uslublar ta`qiqlandi. Faqatgina 1950-
1960
yillarda, SSSR iqtisodiyot fanidagi matematik uslublar reabilitatsiya etildi.
Ularning asosida yotgan marjinalistik nazariya qayta qurish davrigacha tanqid
ostiga olindi.
Dostları ilə paylaş: