Iqtisodiyotda infarmatsion komunikatsion texnologiyalar



Yüklə 125,3 Kb.
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü125,3 Kb.
#129935
  1   2   3   4   5   6
Namangan BETLIK


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

IQTISODIYOTDA INFARMATSION KOMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN




Mustaqil ish

Bajardi: IQ 22-36 Guruh talabasi


Sobirov Abdulloh
Qabul qildi: Kenjayev. I
Namangan 2023
JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR
Reja
Kirish
1.Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari
2.Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish
3.Valuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi. “Suzib yuruvchi kurs”
4.Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan mamla-katlar to`g`risidagi g`oyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to`g`risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo`lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo`jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo`li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O`rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko`p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo`lgan, yo`l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo`li XIV-XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj olingan, karvon yo`llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo`l oxirida karvonsaroy bo`lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar qurilgan, ot-ulov, yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan).
Amir Temur "Dunyo savdo bilan obod bo`lur", degan fikr bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. Agradan Qobulgacha bo`lgan yo`l bo`ylab har 15 mil (1 mil q 1.6 km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo`yilib, ular xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., "Cho`lpon", 111-bet.)
Jahon bozorining vujudga kelishi ko`pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko`plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo`ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo`jaligi, uning paydo bo`lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo`lgan.


Yüklə 125,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin