Iqtisodiyotda infarmatsion komunikatsion texnologiyalar


Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to`g`risidagi g`oyalar



Yüklə 125,3 Kb.
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü125,3 Kb.
#129935
1   2   3   4   5   6
Namangan BETLIK

4.Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to`g`risidagi g`oyalar
SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo`linishi va boshqalar tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil 24 oktabr) o`ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e'tirof etildi: BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o`sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o`sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya'ni 4 martadan ko`proq o`sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo`yicha xalqaro konferensiya bo`ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros G’oliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o`z nutqida so`nggi yillarda kambag`allar va boylar o`rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o`n yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og`ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda, ochig`ini aytganda esa och-yalang`ochdir. Bunday differensiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog`liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda.
O`zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hammaga ayon bo`lishiga qaramay, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar odatda garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag`al mamlakatlar o`rtasida savdodan tushadigan daromadlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari).
Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo`lgan davlatlarning ayrimlari olib borilgan to`g`ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo`liga kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko`pi janubi-sharqiy Osiyodadir ("to`rt ajdaho") - Koreya Respublikasi, Tayvan', Syangan va Singapur, bular qatoriga Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar kelib qo`shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo`lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo`llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida e'tibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo`shma korxonalar juda ko`p) ko`p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o`sish sur'atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot yo`liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o`sish katta).
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o`ziga xos yo`nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga "taraqqiyot" olib borganligini bo`rttirib ko`rsatishga intilmoqda-lar. Go`yoki mustamlakalar ilg`or mamlakatlar yordamida o`z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg`or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo`lidan borishga imkoniyat yaratdi. O`zbekiston hukumati islohotlarining insonlar hayoti va farovonligiga salbiy ta'sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi iqtisodiy va ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o`tish yo`lini tanladi. O`zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa - bu bo-zor islohotlarini o`tkazishda jadallashtirishga asos bo`lgan, makroekonomik barqarorlikni ta'minlashdir. Chunki, bu aholi turmush darajasini yetarli ta'min-lashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi iqtisodiy o`sish zaminidir. Masa-laning murakkabligi shundaki, makroekonomik siyosatning kuchaytirilishi sha-roitida ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlarni keskin kamaytirishga yo`l qo`yilmasligi kerak, chunki insoniy resurslarga qo`yilgan mablag`lar ularning kelajakda bar-qaror rivojlanish asosigina bo`lib qolmasdan, hozirgi davrda osoyishta ijtimoiy sharoitning kafolotlanishini ham ta'minlaydi. O`zbekiston uchun bu juda mu-himdir, chunki u qo`shni mamlakatlarda harbiy to`qnashuvlar davom etayotgan mintaqada joylashgan. Davlat o`tish davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda o`z oldiga aholining iste'mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik, mavjud ta'lim tizimini qo`llab-quvvatlash, aholini sog`liqni saqlash xizmatlari bilan ta'minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga moslashishi qiyinroq bo`lgan aholi qatlamlarini qo`shimcha ijtimoiy yordam bilan ta'min-lash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o`z ijobiy kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o`zi va oilasi uchun yaxshi hayotni ta'min-lashi uchun sharoit yaratish vazifasi qo`yilgan.

XULOSA
Ayniqsa, Buyuk ipak yo`li (m.a. II asrda) davrida aniq namoyon bo`lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli kuchaydi. II Jahon uru-shidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar maxsus tash-kilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni ularsiz tasavvur etish mumkin emas. "Beniluks" (1944 y.), Umumiy bozor (1957y.), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960y.), NAFTA, EKO, Xalqaro valuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu aloqalarni ma'lum tartibga solib kelmoqdalar.
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishda taraqqiyot asosi ekanligini isbotlab bergan bo`lsa, D.Rikardo bu mehnat taqsimoti faqat ma'lum mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari surdi. Chunki, har bir davlat ma'lum sohada nisbiy ustunlikka ega bo`ladi. "Nisbiy ustunlik", "solishtirma chiqimlar" nazariyasi xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv zarurligini isbotlab berdi.
Bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limot, nazariya va konsepsiyalar ilgari surildi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo`yicha neoklassik (sof ta'limot) va ne-okeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. "Sof" ta'limot tarafdorlarining fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor tamoyillari aso-sida rivojlanishini qo`llaydilar (erkin raqobat, hamma uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo balansi o`z-o`zini tartibga soladi va boshqalar). 351
Neokeynschilik ta'limoti vakillari bu jarayondagi bozor munosabatlariga davlatning faol ishtirokini ma'qul ko`radilar.
Mustamlakachilik mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar bo`yicha turli nazariyalar mavjud, ularning ko`pchiligi metropoliya koloniyalari uchun ijobiy rol o`ynaganligini himoya qiladi. Bevosita investitsiyalar nazariyasi mus-tamlakachilikda ham bo`lib, mustaqil rivojlanish yo`liga o`tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi asosiy yo`l deb hisoblanadi.

Yüklə 125,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin