Predmet va uslub. Umuman olganda, Marshall va Klark nazariyalarida
predmet va uslub, marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi umumiy tavsifiga mos.
Marshallning xizmati Shundan iboratki, u iqtisodiyot fani nomlanishini to`liq
o`zgartirishni, “siyosiy iqtisodiyot” atamasidan to`liq voz kechishni taklif etgan.
Yangi nom bo`lmish iqtisodiyot atamasi, marjinalistlarning iqtisodiyot tadqiqotida
ijtimoiy shakllardan voz kechib, sof iqtisodiyot tadqiqotiga o`tishganliklarini aks
ettiradi.
Marshall uslubi o`ziga xosliklari orasida, Djevons va Val`ras kabi
marjinalistik inqilob namoyandalaridan farqli o`laroq, matematik apparat
qo`llanilishiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatidir. O`z asarlarida, Marshall
matematik modellarining shartli ekanligini ta`kidlab, u mo„ayyan imkoniyatlarni
haqiqatdan yiroq deb hisoblagan. Uning o`zi ko`proq matematik tahlil
uslublarining tahliliy emas, grafik ko`rinishlariga ishongan.
Dj.B.Klark tomonidan qo`llanilgan tahlil uslubiga keladigan bo`lsak, bunda,
mazkur iqtisodchi o`z asarlarida Dj.S.Mill`ning statika va dinamika haqidagi
xulosalarini rivojlantirganliklarini aytib o`tish mumkin. Uning fikricha, statika,
asosiy iqtisodiy parametrlar muvozanatli holatda bo`lgan: ya`ni, mehnat va moddiy
resurslar miqdori, ehtiyoj darajasi, texnika va hokazo. Mazkur parametrlardan biri,
yoki bir - nechasi o`zgargan taqdirda, dinamika holati yuzaga keladi, ya`ni
muvozanat yo`qolib, bu holat parametrlar o`zgarmaguncha davom etadi, va Yangi
iqtisodiy parametrlarga nisbatan Yangi muvozanat holati yuzaga keladi.
Klark fikricha, statik holat, tasavvur holatidir. Tabiiy jamiyatlar barchasi
dinamikdir. Ammo, mexanika kabi, tinchlik qonuniyatlari, harakat qonuniyatlari
tushunarli bo`lishi uchun o`rganilishi kerak. Nima bo`lganida ham, Klark, o`sha
davrdagi marjinalistlar kabi, faqatgina iqtisodiy statika tadqiqotlari bilan,
cheklangan.