Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
Ishbilarmon o’yinlar usuli: dastlab o’qitish tizimlarida emas, balki boshqaruv amaliyotida paydo bo’lgan. Hozirda ishbilarmon o’yin usuli turli jabhalarda qo’llanilyapti, ijodiy faoliyatda loyiha tuzishda, real vaziyatlarda jamoaviy ishlab chiqishda, shuningdek harbiy ishlarda qo’llanilyapti. Aytmoqchi «Ishbilarmon o’yin» usuli o’qitish usuli sifatida aynan harbiy o’yin hisoblanadi, amaliyotchilar qadimdan qo’shinni o’qitish uchun real jangu jadallarda emas, balki jang shartlariga taqlid qilib o’yin shaklida harbiy harakat olib borganlar.
O’yinlar asosan – bu qo’mondonni qo’shinni boshqarishga o’rgatadigan askarni esa jang sharoitlarda o’zini boshqarishga o’rgatadigan ishbilarmon o’yin usulidir.
Oliy o’quv yurtlarida turli kasb mutaxassislariga ishbilarmon o’yinlari ko’proq boshqaruv faoliyatida o’qitish uchun foydalaniladi. Ba’zan bu usulni boshqaruvda «ishbilarmon o’yinlari» deb ataladi. Umumiy ko’rinishda ishbilarmon o’yini usulining mohiyati – deb yozadi, bu boradagi mutaxassislardan biri E.A.Xurskiy – biz intonatsiya usuli (taqlid qilish, aks etirish) turli vaziyatlarni o’yin yo’li bilan boshqarish deyish mumkin. Vaholanki, bunday aniqlik o’qituvchi uchun o’quv-metodik qo’llanmada berilgan, lekin gap ishbilarmon o’yin usulini real boshqaruv usuli sifatida emas, balki talabalarni boshqarishga o’rganish usuli sifatida ekanligi haqida ketyapti. Bizning nazarimizda ishbilarmon o’yin usulini nafaqat boshqaruvda qo’llash mumkin, shuningdek xulosa chiqarishni boshqarishda ham qo’llash mumkin.
Umuman olganda bu usulning psixologik mohiyatini olsak (har qanday) faoliyatga o’rgatish sifatida har qanday o’qitishda qo’llash mumkin.
Ishbilarmon o’yin usulining mohiyati shundaki, o’quvchilarni o’qitish faoliyatini modellashtirish sifatida o’rganishdan iborat, chunki bo’lajak mutaxassislar kasbiy vazifalariga javob berishga o’rgatadi. Agar pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi o’qituvchilarni tayyorlash haqida gapiradigan bo’lsak, unda psixologiyani o’qitishda quyidagicha vaziyatlar asosiy rol o’ynashi mumkin. «Dars», «orqada qolganlar bilan ishlash», o’qishda orqada qolayotgan o’quvchi va xatolarni psixologik tabiatini psixologik sababini, masalan diqqatni yoki matematikadan yozma ishda dars natijalarini tahlil qilish sharti va boshqalar. Bunda talabalar turli rollar bilan chiqish qilishlari mumkin: o’qituvchi, metodist, ta’lim departamenti inspektori, amaliyotchi talaba va hatto o’quvchini (a’lochi, qoloq va h.) bunday ishbilarmon o’yinlar usuli oldindan rejalashtirilishi (ssenariy tuzish, rollarga bo’lish vaziyatni tanlash va h.) va amaliy mashg’ulotlarda o’tkazish mumkin.
Masalan darsda o’quvchilar diqqatining rivojlanishi mavzusidagi amaliy mashg’ulotda ishbilarmon o’yin usuli o’qituvchi tomonidan tashkil qilindi. Unda psixologiya o’qituvchilari va talabalari ishtiroqida maktabda darsni o’tish oldindan berildi. Bu sinflar rus tilini yaxshi o’zlashtirmayotgan o’quvchilardan tuzilgan. S.V.Ivanov, A.N.Ivanova tomonidan ishlab chiqilgan yangi rus orfografiyasi metodikasini tajriba qilish uchun tuzilgan tanlanma sinflar edi.
Keyin talabalar mana shu dars va sinfni kuzatishdan to’plagan materiallari asosida ishbilarmon o’yinlar usuli o’tkazildi, ayni ekspremental xarakterga ega o’qitish qo’yilgan edi. Ular darsga katta qiziqish bilan munosabatda bo’lishdi, demak ularning diqqati ham faolroq bo’ldi.
Amaliyotchi talabalar o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini diqqat bilan kuzatadilar, yozib boradilar, ishbilarmon o’yin uchun keyinchalikka material to’playdilar. Ishbilarmon o’yinlar usulida ishtiroq etishi uchun talabalarga rollar taqsimlanadi. Shunday qilib 3 ta talabaga o’qituvchi roli berildi (ular 2 soatli psixologiya darsidan amaliy mashg’ulot olib borishlari lozim edi). 7 ta talabaga esa ta’lim departamenti inspektor – metodisti roli berildi va 2 ta talabaga maktab mudiri va ilmiy xodim roli berildi.Shu orqali ish uyini tashkil qilinib o’rtaga tashlangan muamo hal qilinadi.
Ishbilarmon o’yin usuli amaliy mashg’ulotda qanday tashkil qilinadi? O’qituvchi otlarga suffikslarni qo’shish mavzusi bo’yicha dars olib bordi. Boshqalar esa dars metodikasi bo’yicha o’z fikrlarini bildirishdi. Ularning xulosalarida tanqidiylik mavjud edi (asosan eksprement o’tkazuvchi o’qituvchini ijobiy tomonlarini ko’p qo’llanilganligi uchun) «mudir» va ilmiy xodim esa, o’z o’qituvchilarining xato va kamchiliklarini oqlashga urinishdi. Suhbat nafaqat metodik nuqtai nazardan muvaffaqiyatli chiqdi, shuningdek, psixologik asoslangan tanqidlar ham ko’p bo’ldi. Psixologik tahlil qilish nuqai nazaridan ham diqqatni rivojlantiruvchi ijobiy vaziyatlar namoyon bo’ldi. Ishbilarmon o’yin usuli oxirida asosiy xulosaga kelinsa va u quyidagicha shakllangan edi. O’quvchilarning diqqati darsga va o’rgatilayotgan mavzuga nisbatan faol qaratilgan. O’quvchilar vazifani a’loga bajarganlarida va bundan ma’naviy qoniqish olganlaridagina qiziqish hosil bo’ladi.
O’qituvchining diqqati bu faoliyatni to’g’ri bajarishga qaratilgan ichki nazoratdir. Uni o’qituvchi vazifa bajarishga yo’naltirganda boshqariladi deb xulosa qilindi. Bu shuni anglatadiki, diqqatni o’stirish va tarbiyalash uchun o’quvchilarni iloji boricha to’g’ri faoliyat bajarishga yo’naltirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu nafaqat mashg’ulotlarni o’qitishga tegishli, shuningdek har qanday aqliy va amaliy faoliyatni o’rganish uchun ham kerak. Yo’naltirishga asoslangan faoliyat (P.Ya.Galpirin) ayni psixologik sharoitlarni yaratadi.
Ishbilarmon o’yin usuli ayni vaqtda boshqa usullarga ko’ra samaraliroq chiqdi. Chunki u talabalarni real vaziyatlarga qo’yib aniq shaxslarning rolini o’qituvchi, metodist, ilmiy mudir, direktor rollarini o’ynab aniq fikrlashga majbur qiladi va bu vaziyat o’quvchilar diqqatini, tafakkurini yo’naltiradi, yaxshi o’zlashtirishiga imkoniyat yaratadi.
Talabalarni interfaol o’qitish usullaridan yana biri trening hisoblanadi.
O’qitishning bu yangi usuli sifatida, birinchidan bizda u haqida ancha vaqtggacha bilishmagan, shunga qaramay g’arbda psixokorreksiya ishlarini bevosita amalga oshirish maqsadida kichik guruhlarda tuzilgan va maxsus munosabat tashkil etish usuli sifatida tarqalgan. Ikkinchidan u psixologiya yoki boshqa fanlarni yangi o’qitish usuli hisoblanmagan, hatto hozir ham shunday bo’lib ulgurgani yo’q. Zero, ba’zi oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy psixologiyani o’qitishda trening amaliy mashg’ulotlarda hamkorlikdagi faoliyat jarayonlarini shakllantirish uchun qo’llana boshlaydi.
Trening guruhlarida vujudga keladigan turli vaziyatlarni o’rgatuvchi hisoblanadi va shu ma’noda o’quvchilar uchun to’la real vaziyat sifatida namoyon bo’ladi va o’z faoliyati natijasiga javobgarlik bilan harakat qilishi kerak. Javobgarlik hissi faoliyatga kirishganda alohida ahamiyatga egadir. Nafaqat o’zi oldinga intilishi kerak, bu individual o’qitishda hatto guruhni o’qitishning erkin muhokamasida qo’l keladi, lekin guruhdagi sheriklar bilan oldinga intilishi har bir harakat yutug’i – bu butun guruh faoliyatining yutug’ining garovidir.
Bu aspekt treningning ishbilarmon o’yinlarga shunisi bilan o’xshaydiki, undan holi ishtiroqchilar bir-biri bilan bog’liq javobgarlik kuchli, lekin o’qitish usullari orasidagi farq yaqqol ko’rinadi, ulardan biri nazorat, ishini nazariyaga asoslanganligi, tamoyili bo’yicha amalda qo’llashga o’rgatishga xizmat qiladi, boshqa esa amaliyotda nazariyani o’rganishga (amaliyotda nazariya) xizmat qiladi.
Guruhiy trening usulining ijtimoiy psixologiya fanini o’qitishda qo’llash bejiz emas, chunki butun tarkibi nazariy qonuniyatlar guruhlararo va guruh ichidagi munosabatlarga bag’ishlangan, ularni amaliy mashg’ulotning guruhiy shaklida ko’proq yaxshi tushunish va o’zlashtirish mushkul, chunki fanni nazariy ahvoli o’rganilgan boshqa usullarida (ma’ruza ilmiy adabiyotlarni o’qish) shakllangan oliy o’quv yurtlarida fanlarni an’anaviy akademik usulda o’qitish va talabalarda o’sha akademik bilimlarida psixologik texnologiyalarni amaliyotda qo’llanilishi zamon talablariga to’la javob bermaydi. Tarmoqli kasblar (o’qituvchi, rejessyor, trener va boshqalar) egalari bilan ishlashda qanday usullarda tashkil qilinadi.