Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə18/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi.
Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, lisey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan.
Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Matematik model asosida o’rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber - Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. hozir ko’pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EHM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu - zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks tarzda o’rganish imkonini beradi.
Gap shundaki, ularni o’z vaqtida va professional tarzda qo’llay bilish va olingan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqara olishdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin