Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


– Mavzu: PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə86/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

10 – Mavzu: PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI
Reja:
1.Talabalar bilimini nazorat qilishning psixologik jihatlari.
2. O’z-o’zini nazorat qilishning psixologik asosi
3. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish
4. Talabalar o’quv faoliyatining korreksiyasi

«Nazorat» atamasini qo’llashga pedagogik o’quv jarayonida va pedagogik psixologiyada turlicha yondashiladi. Pedagogika nazariyasida va pedagogik amaliyotda «nazorat» atamasi «keng» va «tor» ma’noda uchraydi. «Keng ma’noda» nimadir tekshirish, «tor ma’noda» esa, kibernetika ruhiyatidadan kelib chiqib, «o’z-o’zini boshqarish uchun xarakterli bo’lgan teskari aloqa tamoyilidir».


«Pedagogika» o’quv qo’llanmasida bu tushuncha yuqoridagidek izohlanadi. Bundan kelib chiqadiki, «o’quvchilarning o’quv mashg’ulotlarini nazorat qilish tashqi teskari aloqani va ichki teskari aloqani ta’minlaydi». «Tashqi teskari aloqa» tushunarli bo’lib: bu o’quv materialining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini tekshirish degani (nazorat-so’rovlar, yozma ishlar, imtihonlar va h.k.), bularni barchasini o’qituvchi tashkillashtiradi. «Ichki teskari aloqada» esa, «o’zgacha» - o’quvchining o’z-o’zini tekshirishi, bu haqida bir nechta umumiy so’zlar, ulardan o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishida «teskari aloqa»ning «ichki» xarakterini nimadan tarkib topganini tushunish mumkin. Bu ham baribir «mashinali» yoki «mashinasiz» dasturlash vositalarini qo’llash orqali o’qituvchi yordamida tashkilashtiriladi. «O’z-o’zini nazorat qilish» atamasini qo’llash orqali muallif, o’quvchilar aniq savol yoki masalalarda o’zini tekshirayotib o’zlarining qay me’yorda materialni o’zlashtirganlarini tekshiradilar. Boshqacha qilib aytganda, ular o’z-o’zlarini tekshiradilar va baholaydilar. Bu esa amaliyotdan ma’lum bo’lganidek, o’qituvchi yoki muallif tomonidan o’z-o’zini tekshirish savollar bo’yicha amalga oshiriladi. Bu ham tarkibi bo’yicha «tashqi nazorat»ga kiradi.
Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi bir muncha o’zga ma’noda – «o’quv jarayoni»dek - qo’llaniladi. O’quvchilarning o’quv mashg’ulotlari jarayoni va uning tarkibiy elementi sifatida kiradi. Nazorat - o’quv mashg’ulotining so’nggi natijasi bo’yicha o’zlashtirish sifatini tekshirish kabi emas, balki o’quvchining o’z aqliy jarayonlarini uning tarkibi va tavsifi (prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bo’yicha o’qilayotgan o’quv topshiriqlarining to’g’ri bajarilishi uchun mo’ljalli asosdek xizmat qiluvchi nazariya kabi amalga oshiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish mexanizmi haqida gapirilganda, N.F.Talzina nazoratni uning sozlashdagi zaruriy tarkibiy elementi sifatida qaraydi. Agar boshqarilayotgan jarayon mavzusi bilan hamjihatlikda boradigan (yoki dasturli o’qitish uchun - dastur) bo’lsa, unda hech qanday korreksiya talab qiladigan qo’shimcha harakatlarni yuzaga keltirmaydi. Biroq jarayonning qandaydir dasturdan chekinishini ko’rish bilanoq, pedagog uning chekinishi xarakteri haqidagi teskari aloqa jadvali bo’yicha tushayotgan ma’lumotlarni qo’llab, darhol, talab etilgan sohaga yo’naltirilgan holda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha tadbirlarni qo’llaydi. Bu sozlovchi harakatda, teskari aloqa nazorat kanalidek chiqadi, ular pedagogik jarayonning oxirini kutib o’tirmasdan, jarayonning borishi haqida ma’lumotlarni oladi, bu esa unga darrov ta’sir o’tkazadi.
O’quv mashg’ulotlarining borishi bo’yicha nazorati va korreksiyasi – mana shu nazoratning tushunilishida nimalar muhim, agarda o’quv mashg’ulotlari tugagan bo’lsa, endi aralashishning iloji yo’q. Agar o’quv jarayonning natijasi shunday bo’lsa, inson o’zlashtira olmagan yoki dasturni yomon o’zlashtirgani, faqatgina jarayon oxirida bo’ladi, bunda esa endi uni to’g’rilashga imkoniyat bo’lmaydi.
Teskari aloqani o’quv jarayonida qo’llanilishi quyidagi ikki muamo echimini o’z ichiga oladi. Birinchidan, tomondan o’qitish maqsadida, boshqa tomondan esa o’qitishning psixologik nazariyasi asosida nazorat ostidagilar tavsifnomasi majmuini ajratib ko’rsatadi. Buni esa o’qituvchi dasturlar tuzishda asos qilib oladi. Umumiy qoida quyidagilardan tashkil topadi ya’ni mustaqil tavsifnoma nazoratga olinadi, ularning tarkibiy o’zgarishi bir sifat holatidan boshqasiga o’tishiga olib keladi.
Ikkinchidan, teskari aloqaning chastotasi (oralig’i)ni aniqlash, kuzatuvchining teskari aloqa deb nomlagani mukamal deb hisoblanadi. O’quv jarayoniga ushbu holatni mexanik tarzda olib o’tish samarali chiqmagan. Buning sababi quyidagicha izohlanadi; nazorat o’quv jarayonida faqatgina teskari aloqa funksiyasini bajaribgina qolmay, balki mustahkamlash funksiyasini ham bajaradi. U o’quvchining motivasion muhiti bilan ham shuningdek bog’liqdir.
V.V.Davidov nazoratni o’quv mashg’ulotidek ko’rib, uning ostida boshqa o’quv mashg’ulotlarining o’quv masalalari va shart-sharoiti talablariga mosligini aniqlashdir. Nazorat o’quvchiga harakatlarning uslubiy tarkibini o’zgartirib, olinayotgan natija va echilayotgan masala sharoitlari xususiyatlarining u yoki bunisi bilan uning aloqasini aniqlashga imkon beradi. Shuning natijasida nazorat harakatlarining operasion tarkibi va ularning bajarilishi to’g’riligi keraqli hajmini ta’minlaydi.
Nazorat, uni bajarish sharoitlarining operasion harakatlar tarkibiga mosligini aniqlashga imkon berib, tarkibsiz reflekslarga asoslanadi. Tarkibiy refleksiyani inson tomonidan shaxsiy harakatlari asosida ko’rib chiqish va izlash bilan bog’liq.
Shu tariqa psixologik nuqtai nazarda talabaning o’quv faoliyati deganda – o’z-o’zining nazorati, o’zining o’quv faoliyati borasida aniqligini ta’minlovchi spesifik o’quv faoliyati shakli tushuniladi.
O’z-o’zini nazorat qilishning pedagogik tushunchasi esa, o’quv faoliyatini vaqti-vaqti bilan tekshirib, borishni emas, balki o’zlashtirish natijalari bo’yicha o’quvchi tomonidan tashkillashtirilgan o’quv faoliyatidir.
Hozir esa, biz o’z-o’zini nazorat qilishning o’z-o’zini boshqarishga asoslangan o’qitish uslubi va talabaning o’quv faoliyati sifatida qaramoqdamiz. Bundan kelib chiqib, birinchi kurs talabasining (iloji boricha tezroq, shaxsiy o’quv faoliyatini shunday to’g’ri va aniq tashkil etishi kerakki, unda o’quv materiali uni o’zlashtirish davomida zudlik bilan, kechiktirmay o’zlashtirilsin. Demak, bir necha kun tayyorlanib va darhol, bir urinishda o’qilgan dasturlar bo’yicha javob bermaslik uchun, imtihon sessiyasi kelishini kutib o’tirmasdan, hech narsani orqaga surmaslik, o’zlashtirilmagan ma’ruza matnlari va o’qilmagan ilmiy matnlar va o’quv adabiyotlarni to’plamaslik kerak. Afsuski, ko’p birinchi kurs talabalari bunday yo’l tutishmaydi. Talabalarning bunday ish uslubi oldindan ma’lum: bilimlari sayoz, parchalangan, hayot va amaliyot bilan kam bog’langan, isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun ko’pi unutilgan esdagilari ham bir-biri bilan, mantiqiy bog’lanmagan, o’zlashtirilmagan qisqasi, fan predmeti bo’yicha ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog’liq holatdek tushunilmasdan esda olib qolingan.
Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bo’yicha, kunma-kun, yangi ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun o’quv faoliyatining nazoratiga uni o’rgatish lozim, bu pedagogika va uslubiyoti tili bo’yicha o’z-o’zini nazorat qilish deb atash mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek nazoratga o’rgatish berilgan muamo bo’yicha maxsus o’quv mashg’ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki o’quv faoliyati shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim. O’quv faoliyati quyidagicha tashkillashtiriladi: talaba o’quv topshiriqlarini bajarish jarayonida, uni echish bo’yicha barcha fikriy operasiyalarini qadama-qadam nazorat qilib, o’rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda bajarilsin, faqatgina shu sharoitda u istalgan natijaga erisha oladi.
Nazoratning o’quv faoliyatiga o’rgatish bo’yicha alohida tashkillashtirilgan mashg’ulotlari odatda o’tkazilmaydi, chunki belgilangan faoliyatiga o’qitish jarayonining o’zi darslar davomida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida topshiriqning shartlarini o’ylab chiqish, tahlil qilish va talabalarni baholash, echimlarini rejalashtirish va qabul qilish bo’yicha boshqa o’quv faoliyatini birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Biroq, o’quv faoliyatlari o’qituvchi tomonidan shunday tashkillashtirilishi kerakki, uni amalga oshirilishi jarayonida o’quvchining qanday qilib o’rganilayotgan nazariyaning me’yorlari, qoidalari, qonunlari va boshqa talablarini qo’llashiga butunlay bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning echimi aniqligi shu talablarga rioya etishga bog’liq bo’lsin.
Psixologik nazariyani o’qishda ham boshqa nazariyalarda bo’lgani kabi, talabalar psixologik faktlarni tekshirish va bilishga mo’ljallangan mashqlarni echishda ulardan foydalansin. Masalan, psixologik faoliyat tushunchasini o’zlashtirish uchun talabalarga berilgan o’quv topshiriqlariga murojat etamiz. Quyida keltirilgan topshiriqlarni aniq va to’g’ri echish uchun talaba «faoliyat» tushunchasining belgilari bilan o’zining aqliy operasiya jarayonlarini doimo taqqoslashi zarur. Bu belgilar esa, talabalarga yozdirib boriladi: avval tushunchaning differensiasiyasi, so’ngra faoliyat tarkibi (motivning qandaydir talab bilan bog’liqligi, maqsadi, vositasi natijasi). Mana endi talaba topshiriqni bajarishda ehtiyojlar darajasiga qaraydi. Unda psixologik faoliyat belgilarining mavjudligi yoki yo’qligi tahlil qilinadi. Agar mavjud bo’lsa, unda bu «faoliyat»ni tushunchasiga talluqli, agar yo’q bo’lsa, unda bu «faoliyat» psixologik ma’noda emasligidan iborat.
Yuqorida o’quv operasiyalarini ko’rib chiqib, tahlil qilinadi. Talaba o’quv topshiriqlarini doimiy nazariyaga asoslanib echadi, hal qiladi, ularning bajarilish jarayonini esa (faoliyat tushunchasi) mana shunday nazorat qilishdir. E.A.Kamilova tadqiqotlarida ushbu tushunchaga misollar talaygina.
Shunday qilib, quyida keltirilgan misollar faoliyat tushunchasini mazmunan ochib bera oladimi?
1.Charchagan musofir, oyoqlariga dam berish uchun, to’nka ustiga o’tirdi.
2.Mendeleevning hozirgi kunda «Elementlarning davriy tizimsi» nomi bilan tanilgan, kimyoviy elementlar jadvali tushiga kirgan o’sha jadvalni u 1869 yil o’zi kashf qilgan holda qonun yaratgan edi. Jadval uning tushida ko’ringanligi faoliyat bo’la oladimi?
3.Talaba ma’ruzani ma’nosiga tushunmasdan, tarkibini to’liq o’zlashtirmasdan, tez yozayapti. U faoliyat bilan bandmi?
4.O’quvchi she’r yodlayapti, ikkinchisi esa allaqachon yodlagan va hozir jim o’z o’rtog’ini eshityapti. Ikkovidan qay biri faoliyat bilan band? Yoki ikkovimi? Nima uchun?
5.Tegirmon tarmog’i yoqildi, u ishlayapti, qoplar tez unga to’layapti. Bu erda uchta fe’l mavjud. Ulardan qay biri faoliyatni anglatadi?
6.Navbatchi muhandis tantanavor ravishda yangi gidrostansiyadagi «asosiy tarmoqni» ishga tushiradi va shundan so’ng mana 40 yildirki GES ishlamoqda, avval boshida elektr energiyasini O’zbekistonga, endilikda viloyatlarga uzatmoqda. «Ishga tushirdi» va «ishlayapti» fe’llaridan qay biri faoliyatni anglatadi yoki ikki tushuncha ham mazmunan bir xilmi?
7.Trenirovkada sportchining yugurishi va qonunbuzarning nazoratchidan qochishi, yugurish – bu erda qaysi biri faoliyat.
8.Ko’zini ochgan inson tepasida ayiq boshini ko’rib qo’rquvdan baqiryapti? Bu faoliyatmi?
9.Bolalar mehmon kutish o’ynashyapti, dasturxon bezatilyapti, dasturxon gazetadan (ovqatli tarelkalar, qoshiqlar, pichog’lar, o’yinchog’li, gazeta qog’ozidan salfetkalar, «non» va h.k.) «mehmonlar» (qo’g’irchog’lar)ni o’tkazishadi, darhol barchasini buzishadi (mehmon qilmasdan) yana boshidan ovqat pishirishadi, stol tuzatishadi, mehmonlarni o’tkazishadi va h.k. ular faoliyat bilan mashg’ulmi?
10.Kutilmaganda, sevgan komandasi darvozasiga kiritilgan goldan stadiondagi (tomoshabinlar) muxlislarning hayqirig’i faoliyatmi?
11.Komandir yaqinlashayotgan tankdan qo’rqib, orqaga qochayotgan askarlardan birini ko’rib, «To’xta, yot!» deb baqirayapti. Faoliyatmi?
12.Yozuvchi mana yarim soatdan beri nimadir yozish uchun stol ustida o’tiribdi, lekin yozmayapti. Bu erda faoliyat bormi?
13EHMda ma’lumot berilyapti: sizning harakatingiz xato. Bu nima faoliyatmi?
14.Telefon tarmog’ining narigi tarafidan kimdir javob bermoqda: «Siz raqamni noto’g’ri terdingiz». Javob berayotgan tomonga nisbatan bu faoliyatmi?
Ko’rib turganimizdek, bu misollar oddiy turmushdan olingan, juda sodda misollardir va bunday mashqlarni tayyorlash o’qituvchi uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Biroq talaba bu savollarning birortasiga hali to’g’ri javob bera olmaydi, agar qo’l ostida faoliyatning psixologik tushunchasi ilmiy tarkibini shu tushuncha belgilari yozilgan asosli qo’llanmasi bo’lmasa va mana keltirilgan mashqlarning sharoitlarini baholash va tahlil qilish, echimini uylab topish va uning tushunchasini talabaning doimiy taqqoslashi yordamida o’rganilayotgan belgilari yozilgani bilan ularning to’g’riligini aniqlash bo’yicha o’quv faoliyatidir. Bu nazariyaning o’quv harakati va aynan u «faoliyat» ning psixologik ilmiy tushunchasini shakli belgisini, qayta o’rganishsiz, mashqlarning amaliy psixologik jihatdan faktlarda berilgan tushunchaga tegishliligi yoki tegishli emasligidek harakatlarni amaliy ishlash jarayonida qo’shimcha o’rganishlarsiz o’zlashtirishdir. Tushunchaning ilmiy tarkibini o’zlashtirish amaliy o’zlashtirish natijasida bajariladi, chunki uni hayotga talluqliligini tushunish va tushunganlarni mustahkam eslab qolishda ro’y beradi.
Berilgan o’qish faoliyatini tashkillashtirishga kelganda bunda istalgan o’quv materialini bunday tarzda o’zlashtirilishini orqaga surishga imtihon sessiyagacha tashlamasdan o’rganish bilan erishiladi. O’quv faoliyatining nazoratining psixologik tushunchasi yuqoridagilarda o’z aksini topadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin