Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


O’quvchilarni kuzatish va o’zini o’zi kuzatish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə109/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

O’quvchilarni kuzatish va o’zini o’zi kuzatish.
Bolalarning o’quv faoliyati, ularning hulqini turli vaziyatlarda kuzatib borish, kuzatishlar natijalarini tahlil qilib, talabalar o’qituvchiga zarur bo’lgan mahorat va ko’nikmalarni egallaydilar. Kuzatishlar jarayonida ularda savollar yuzaga keladi. Bu savollarga javoblar izlash talabalarni kitobga murojat etishga, o’ylashga majbur etadi. Bolalar harakatlarini, ularning qoloqligi sabablarini tushuntirishga intilib, talabalar psixologiya mashg’ulotlarida olgan bilimlaridan foydalanadilar, ularning hayotiy, amaliy ahamiyatini tushunib etadilar.
O’qituvchining maslahati bilan kuzatayotganlarini yozib beradilar: o’z kechinmalarini, fikr, harakatlarini, o’zlarini kuzatish ma’lumotlarini tahlil qilib, talabalar ularda u yoki bu narsalarni sezish va harakatlarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlashga intiladilar, o’z xarakterlarida odamlarga munosabatlaridagi o’zgarishlarni kuzatadilar.
Badiiy adabiyot asarlari va biografik materiallarni tahlil qilish. Badiiy asar qahramoni, bolaligi tasvirini, biografik ma’lumotlar, materiallar kundaliklarini tahlil qilib, talabalar undan bola va o’smir shaxsining shakllanishi qonuniyatlarini namoyon bo’lishi bilan bog’liq aniq faktlarini topadilar.
Psixologik tajriba o’tkazish. Psixologiya fanining ko’plab mavzulariga oddiy, oson amalga oshiriladigan tajribalarni tanlab olish mumkin. Ularni talabalar o’zlari bajarishlari mumkin. Talabalarga tajriba o’tkazishni topshirib, psixologiya o’qituvchisi ular oldiga aniq maqsadni qo’yishi, uni o’tkazishga doir aniq ko’rsatmalar berishi, talabalarga tajriba natijalarini tahlil qilib chiqishga va xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.
Psixologik bilimlarni qo’llashni talab etuvchi savollar – masalalar. Agarda talabalar psixik faoliyat va uning namoyon bo’lishining alohida faktlari, umumiy qonuniyatlarini izlab, topa olishni o’rganib olmasalar, ularning xotiralarida uzoq muddat saqlab qola olmaydilar, shuningdek psixologik bilimlar rasmiyligicha qoladi. Masalalarni tuzishda psixologiya o’qituvchisi ularning pedagogik faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan savollardan foydalanishi kerak. Bu savollarni talabalar oldiga yangiliklarni tushuntirishda qo’yish mumkin. Ular talabalarning mustaqil ishlari uchun berish mumkin. Ular jamoa bo’lib muhokama qilib javoblar olgani yaxshi natija beradi. U holda ham bu holda savollarga javoblarni muhokama qilish va to’g’ri xulosani izlash albata, bajarilishi kerak. Masalan, moslashish kabi sezgi qonuniyatini tushuntirib, talabalar oldiga shunday savol qo’yish mumkin: «Nima uchun og’riqqa moslashish bo’lmaydi?». Bu savolga javob berish uchun og’riq hislarini signal sifatidagi ahamiyatini aniqlab olish kerak. Bu savolga javob talabalarga organizmning muhitga moslashishi jarayonida sezgilarning biologik ahamiyatini tushuntirishga yordam beradi.
Psixologik bilimlarning kengayishi va chuqurlashishiga psixologiya bo’yicha auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar yordam beradi. Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar davomida talabalar kitob bilan jiddiy ishlash mahorati va ko’nikmalarini egallaydilar, oddiy kuzatishlar va murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazishga o’rganadilar. Auditoriyadan tashqari ishlar, jamiyat tomonidan qo’yiladigan savollarga mustaqil javoblar izlash talabini kuchaytiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin