Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasi



Yüklə 64,33 Kb.
səhifə2/2
tarix04.05.2023
ölçüsü64,33 Kb.
#107172
1   2
Kurs ishi Umid

2.2 Jinoyat obyektining turlari
Jinoyat huquqi jinoyat obyektlarini ularning vertikalligi va gorizontalligiga ko‘ra ikkiga ajratadi.
Vertikalligiga ko‘ra an’anaviy ravishda, jinoyat obyektining uch turi farqlanadi: umumiy, turdosh va bevosita. Bu JK Maxsus qismi tuzilishiga hamohangdir. JK Maxsus qismining turdosh obyektlari bob hamda boblardagi moddalarga ko‘ra bo‘linadi.



Amaldagi JK tuzilishi birmuncha o‘zgargan. Uning Maxsus qismi bo‘lim va boblarga ajratilgan. Bunday tuzilishga muvofiq, vertikalligiga ko‘ra jinoyat obyekt turlari quyidagilardan iborat: umumiy, turdosh, bevosita.
Gorizontalligiga ko‘ra tasniflash bevosita obyekt darajasida amalga oshiriladi. Unda jinoyat obyektning 3 turi ajratiladi: asosiy, qo‘shimcha va fakultativ obyekt.
JKning 2-moddasiga ko‘ra ular quyidagilardan iborat:
– shaxs, uning huquq va erkinliklari;
– jamiyat va davlat manfaatlari;
– mulk;
– tabiiy muhit;
– tinchlik va insoniyat xavfsizligi .
Jinoyatning umumiy obyekt jinoyat qonunining harakat chegarasini belgilab, jinoyat-huquqiy himoyaning ustuvor vazifalarini hamda jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning kelgusi yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
JK Maxsus qismi bo‘lim va boblarga bo‘linadi. Bunday bo‘linishda turdosh obyektlar mezon vazifasini bajaradi. Jinoyatning umumiy obyektni tashkil etuvchi barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi o‘zaro dialektik aloqadorlikka ega guruhlarga bo‘linadi.
Jinoyatning turdosh obyekti – alohida turdagi jinoyatlardan jinoyat qonuni
bilan qo‘riqlanadigan turdosh ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning turdosh obyekt o‘zaro yaqin mustaqil jinoyat tarkiblarini birlashtiradi hamda ularni bir-biridan farqlashga imkon beradi. Jinoyatning turdosh obyekti JK Maxsus qismining bo‘lim va boblarga taqsimlanishiga ko‘ra shakllangan. JK bo‘limlari taqsimlanishiga muvofiq quyidagi turdosh obyektlar farqlanadi: shaxs; tinchlik va xAfvsizlik; iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlar; ekologiya sohasidagi ijtimoiy munosabatlar; hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyatini tashkil etish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar; jamoat tartibi va xavfsizligi ; harbiy xizmatni o‘tash tartibi.
Boshqa bo‘limlar bir necha boblarni o‘z ichiga oladi. Masalan, shaxsga qarshi barcha jinoyatlar JK Maxsus qismining 1-bo‘limida joylashgan, unda inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar turdosh obyektlar sifatida keltirilgan. Bo‘lim, o‘z navbatida, 7 ta bobga bo‘linadi. Birinchi bob hayotga qarshi jinoyatlar; ikkinchi bob – sog‘liqqa qarshi jinoyatlar; uchinchi bob – hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar; to‘rtinchi bob – jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar; beshinchi bob – oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar; oltinchi bob – shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar; yettinchi bob – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.
Bitta bob doirasida bir necha bevosita obyektlar jamlangan. Bu esa mazkur boblar jinoyat obyektlarining turdoshligiga qarab ajratilganligi haqida xulosa qilish imkonini beradi.
JK Maxsus qismi I bo‘lim 3-bobida qonun chiqaruvchi hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlarni birlashtirgan. Ko‘rsatilgan jinoyatlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qoida tariqasida qilmish sog‘liqqa zarar yetkazish tahdidi bilan hayotga qarshi ham zarar yetkazish real xafvini keltirib chiqarmoqda, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir bevosita obyektga tahdid qilish bilan boshqa bir bevosita obyekt ham xafv ostida qolmoqda. Shunga mos ravishda bu turdagi jinoyatlarni jamlash ham mantiqan to‘g‘ri. Boshqa boblarda joylashgan jinoyatlarni tahlil qilish ham ana shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bunga o‘xshash holat boshqa bo‘limlarda ham kuzatiladi. Masalan, “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan III bo‘lim quyidagi boblarni o‘z ichiga olada: X bob – o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish; XI bob – o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar; XII bob – iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar, XIII bob – xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, XIII1 bob – tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda
aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar.
1994-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi JK shu tariqa maxsus va turdosh obyektlarga bo‘lingan. Ayrim hollarda bo‘limlar jinoyat obyektning turdoshligiga ko‘ra bo‘limning ichida esa o‘xshashligiga ko‘ra ajratilgan. Bu muayyan jinoyatning huquqiy tabiatini aniqlash va uni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Boshqa hollarda esa jinoyatlar faqat turdoshligiga ko‘ra ajratiladi, o‘xshash jinoyatlar bunda to‘la mos keladi. Shunday ekan turdosh obyekt O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining bir bo‘limidagi bir turga xos bo‘lgan jinoyatlarni birlashtirib, so‘ngra uni o‘xshash jihatlariga ko‘ra bir bobga jamlashga xizmat qiladi.
Demak, bevosita obyekt bu zarar yetkazish yoki zarar yetkazish real xAfvini
keltirib chiqarish bevosita qaratilgan konkret ijtimoiy munosabat. JK Maxsus qismida jinoyatlar bevosita obyektga ko‘ra moddalarga ajratilgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, JK Maxsus qismining konkret moddasi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat bevosita obyekt hisoblanadi.
Demak, qasddan odam o‘ldirish o’zga shaxsning hayotiga, odam savdosi – shaxsiy erkinlik huquqiga, haqorat – shaxsiy sha’n va qadr-qimmatga, bosqinchilik
– mulkka va boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi.
Qilmish, shuningdek boshqa ijtimoiy manfaatlarga, jumladan, shaxsning himoyalanganlik holatiga, uning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki iqtisodiy manfaatlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xAfvini tug‘dirishi mumkin. Biroq ijtimoiy manfaatlarning barchasi ham qonun chiqaruvchi tomonidan jinoyatning bevosita obyekt sifatida belgilanmagan. Ijtimoiy manfaatlarning bunday turi yuridik texnika nuqtai nazaridan ham aniqlanadi.
Jinoyatning aynan bevosita obyektga qarab obyektning gorizontalligiga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va fakultativ obyektlarga bo‘linadi.
Asosiy obyekt - obyektning boshqa turlariga o‘xshash bo‘lsa-da, mazmun
jihatidan farqlanadi.
Shuningdek, bosqinchilik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish mulkiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Jinoyat huquqida “ijtimoiy munosabat” deganda mazkur ijtimoiy munosabatlarning barchasi tushuniladi. Shunday qilib, jinoyat sodir etgan shaxsning qasdi o‘zganing mulkini egallashga qaratilganligi uchun bu harakat o‘zganing mulkini talon-toroj qilish sifatida baholanadi, ya’ni jinoyatning huquqiy tabiati hamda uni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish asosi aniqlanadi.
Agar muayyan shaxs merosga ega bo‘lish maqsadida meros qoldiruvchini o‘ldirgan hollarda qilmish tamagirlik niyatida shaxsni hayotdan mahrum qilish
sifatida baholanadi. Mazkur holatda asosiy bevosita obyekt – hayot – shaxsning huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabatlar guruhiga mansub. Shuningdek, qilmish ham obyektga mos ravishda JKning 97-moddasi ikkinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Qo‘shimcha obyekt ikki yoki undan ko‘p obyektni o‘z ichiga olgan jinoyat tarkiblari uchun xos.
Masalan, bosqinchilik jinoyatida qilmish bir vaqtning o‘zida mulkka va
sog‘liqqa zarar yetkazadi. Shunga qaramasdan garchi ushbu jinoyatda JKning boshqa bobida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat obyekti – sog‘liqqa zarar yetkazilsa ham mazkur jinoyat mulkni talon-toroj qilish jinoyati sifatida e’tirof etiladi. Aynan shu holat mulkka bo‘lgan huquqni asosiy bevosita obyekt, sog‘liqni esa qo‘shimcha bevosita obyekt sifatida baholashga olib keladi. Ammo qilmishni bosqinchilik sifatida baholash uchun qo‘shimcha bevosita obyektga ham zarar yetkazilishi yoki unga zarar yetkazishning real xAfvi mavjud bo‘lishi lozim. Agar zarar yetkazilmasa yoki zarar yetkazishning real xAfvi mavjud bo‘lmasa qilmishni bosqinchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi asossiz hisoblanadi, chunki bosqinchilik jinoyati ikki obyektli jinoyat sanaladi. Bunday hollarda sodir etilgan qilmish o‘g‘rilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Shunday qilib, qo‘shimcha bevosita obyekt har doim muayyan jinoyat- huquqiy normada asosiy bevosita obyekt bilan birga ko‘rsatiladi.
Fakultativ obyekt jinoyat sodir etilishida har doim ham zarar ko‘rmaydi, shuningdek unga zarar yetkazilganligi qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ham qilmaydi.
Lekin mazkur jinoyat tarkibi misolida obyektning bunday turi uchramasligi
mumkin. Masalan, muttasil davom etgan tuhmat natijasida jabrlanuvchi o‘z joniga qasd qildi. JKning 139-moddasida tuhmat uchun javobgarlik nazarda tutilgan normada qilmish natijasida boshqa obyektga bevosita zarar yetkazish holati nazarda tutilmagan. Shunga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish holati yuz bergan vaziyatdagi shaxsning hayoti fakultativ bevosita obyekt sanaladi. Mazkur obyektga zarar yetkazish mustaqil huquqiy baho berilishini talab etadi. Buning uchun JKda mazkur asosiy bevosita obyekt mustaqil jinoyat-huquqiy norma tarkibini tashkil etishi yoki etmasligini aniqlash talab etiladi. Ya’ni tuhmat bilan bog‘liq holda jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishiga oid jinoyat-huquqiy norma. Bu JKning 103-moddasi. Ushbu vaziyat sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishga mos bo‘lib, aynan ushbu
vaziyatni esa tuhmat va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish bilan jinoyatlar jami tariqasida kvalifikatsiya qilinadi.
Muayyan jinoyat tarkibini o‘rganishda uning tuzilishi va mazmuni, tarkibda nazarda tutilgan qo‘shimcha obyektning kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash zarur. Bunga bog‘liq quyidagi vaziyatlarni misol qilib keltirish mumkin: bir vaziyatda qo‘shimcha obyektga zarar yetkazish (yoki zarar yetkazishning real xAfvini keltirib chiqarish) majburiy xarakter kasb etsa, boshqa vaziyatda boshqa belgilar qatorida keladigan yordamchi kvalifikatsiya belgisi sanalishi mumkin.
Shunday qilib, jinoyat obyektini gorizontalligi hamda vertikalligiga ko‘ra tasniflash jinoyatning xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi va uning huquqiy tabiati, shuningdek qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga yordam beradi.
2.3 Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning obyekt va predmeti o‘rtasidagi farqni aniq belgilash muhim ahamiyatga ega.
Jinoyat predmeti – jinoyat tarkibining fakultativ belgisi. Jinoyat predmetiga
ta’sir etish orqali jinoyat sodir etayotgan shaxs ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Biroq, jinoyat predmeti jinoyat sodir etilishida jinoyat predmeti sifatida ishtirok etgan hollardagina mavjud bo‘ladi va ijtimoiy munosabatning bir qismi sanaladi.
Jinoyat predmetining ajratib ko‘rsatilishining mohiyati jinoiy qasdning ijtimoiy munosabat – obyektga qaratilganligini tushunib yetishda ifodalanadi. Shunga ko‘ra jinoyat predmeti deganda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatda mavjud bo‘lgan moddiy yoki nomoddiy ne’mat tushuniladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, jinoyat predmeti bevosita jinoyat sodir etayotgan shaxsning qasdi bevosita qaratilgan obyektning muayyan qismi.
Aynan jinoyat predmeti orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Jinoyat predmeti jinoiy qasd qaratilgan obyektning markaziy qismi hisoblanadi.
Biroq, ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi o‘laroq jinoyat predmeti har doim ham jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sanalmaydi.
1994-yil qabul qilingan JKning birmuncha jinoyat-huquqiy normalarida jinoyat predmeti jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida ishtirok etadi. Bunday normalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bunday jinoyat tarkiblarining predmeti aksariyat hollarda mulkni tashkil etadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarda mulk jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sanaladi. Shunga ko‘ra talon-toroj qilish yoki mulkka qarshi boshqa jinoyatlarda jinoyat predmeti quyidagicha bo‘lishi mumkin: pul, turli qimmatliklar, antikvariat va zebu-ziynat buyumlari, ijtimoiy-maishiy tusdagi jismlar va boshqalar. Biroq ayrim hollarda qonun chiqaruvchi talon-toroj qilish
jinoyatlarida mulkning o‘zishga xos xususiyat va belgilarini aniqlashtirish mumkin.
Bunday vaziyatlarda agar mulk boshqa jinoyat predmeti hisoblansa qonun chiqaruvchi ushbu mulkning xususiyati va sifati ko‘rsatkichlarini aniqlashtiradi. Masalan, JKning 227 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat predmeti korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlari, shtamplari, muhrlari, blankalari, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilari hisoblanadi. Agar jinoyat predmetiga xos bunday belgi muayyan jinoyat ishi bo‘yicha o‘z tasdig‘ini topmasa aynan mazkur belgilar nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha jinoyat tarkibi mavjud emas deb hisoblanadi.
Alohida hollarda jinoyat predmeti band solingan yoki xatlangan mulk bo‘lishi mumkin. Harbiy jinoyatlarda esa jinoyat predmetini harbiy mulk tashkil etishi ham mumkin.
Bir qancha jinoyat tarkiblarida qonun chiqaruvchi jinoyat predmetining belgi va xususiyatini jinoyat-huquqiy normaning o‘zida ko‘rsatib ketishi va uni tushuntirishi ham mumkin. Masalan, JKning 176-moddasida qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu moddaning dispozitsiyasida qonun chiqaruvchi jinoyat predmeti sifatida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aktsiz markalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni tushuntiradi.
Muayyan jinoyat predmeti fuqarolik muomalasidan chiqarilgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, kontrabanda jinoyati (JKning 246-moddasi) predmeti kuchli ta’sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni, shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlari, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalar, radioaktiv materiallar bo‘lishi mumkin.
JKning 247-248-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari hisoblanadi.
JKning 252–254-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti radioaktiv materiallar, JKning 270–276-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti narkotik vositalari yoki ularning analoglari sanaladi.
Transport vositalari ham jinoyat predmeti bo‘lishi mumkin. JKning 264-moddasida temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2007-yilda JKda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan XX1 bob kiritildi. Bunday jinoyatlarning predmeti axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklari, shuningdek komputer virus dasturlari (JKning 2781-2786 moddalari) hisoblanadi.
Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar aks etgan hujjatlar ham jinoyat predmeti sanalashi mumkin. Shuningdek, rasmiy hujjatlari, shtamplar, muhrlar, blanklar ularni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarda ular jinoyat predmeti hisoblanishi mumkin.
Ayrim hollarda hayvonot olami yoki uning bir qismi ham jinoyat predmeti hisoblanishi mumkin (JKning 202-moddasi).
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bobi (XIV bob)da o‘simlik va hayvonlar ham jinoyat predmeti hisoblanishi mumkin.
JKning 215-moddasida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday hollarda predmetga xos bo‘lgan belgilar, tegishli davlatni ajratib turuvchi atributlarni ko‘rsatish majburiy hisoblanadi.
Umuman olganda, aksariyat jinoyatlar natijasida shaxsga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkaziladi. Jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq bunday shaxs jabrlanuvchi deb topiladi. Jinoyat huquqida ham xuddi shu atama qo‘llaniladi. Biroq uni jinoyat predmeti sifatida ko‘rsatish to‘g‘ri emas. Insonning murdasi jinoyat predmeti sifatida e’tirof etilishi mumkin. JKning 134-moddasida qabrni yoki murdani tahqirlaganlik, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Jinoyat predmetini jinoyat quroli va vositasidan farqlash lozim. Agar jinoyat sodir etishda tashqi dunyo moddiy ne’mati biror jinoyatni sodir etishda qo‘llanilgan bo‘lsa, u jinoyat quroli yoki vositasi hisoblanadi. Masalan, bosqinchilikda quroldan foydalaniladi. Agar o‘qotar qurolni talon-toroj qilish jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, bunda o‘qotar qurol jinoyat predmeti sanaladi.
Jinoyat predmeti jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelganda jinoiy javobgarlikning asosini tashkil qiladi. Bunday hollarda shaxsni javobgarlikka tortish uchun jinoyat predmetini aniqlash va o‘rnatish muhim ahamiyatga ega. Ayni shu holat jinoyat tarkibi zaruriy belgisining jinoiy-huquqiy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Jinoyat predmeti, shuningdek sodir etilgan qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda o‘xshash jinoyat tarkiblari o‘rtasidagi farqni ajratishga ham xizmat qiladi. Masalan, o‘qotar qurolni o‘g‘rilash qilish – jamoat xavfsizligi ga qarshi jinoyat. Suv ostida ov qilish qurolini o‘g‘irlash – o‘zganing mulkini talon-torj qilish jinoyati.
Shunday qilib, jinoyat predmeti – jinoyat sodir etish paytida unda ishtirok
etadigan tashqi dunyo moddiy ne’mati. Qoida tariqasida jinoyat sodir etilishi natijasida jinoyat obyektiga zarar yetkazilsa yoki zarar yetkazish real xAfvi mavjud bo‘lsa, jinoyat predmetiga jinoyat natijasida zarar yetkazilmaydi. Lekin muayyan jism va ashyolarga zarar yetishi shartligi qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan alohida hollarda jinoyat predmetiga zarar yetishi lozim.
Jinoyat obyektning ahamiyati, eng avvalo, jinoyat tarkibining muhim elementi ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek, obyekt jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, shaxsni JKning biror moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun sodir etilgan qilmish natijasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan qaysi obyektga zarar yetganligi yoki zarar yetkazishning real xAfvi tug‘ilganligi, shuningdek qaysi obyektga zarar yetkazish ko‘zlanganligi aniqlanishi lozim.
Jinoyat obyektning to‘g‘ri aniqlanganligi sodir etilgan qilmishga to‘g‘ri huquqiy baho berish imkonini tug‘diradi. Agar aybdor biror shaxsga hujum qilib, uni hayotdan mahrum qilishga urinsa, bu hayotga qarshi jinoyat hisoblanadi. Agar aybdor o‘zga shaxsning mulkini qo‘lga kiritish maqsadida unga hujum qilsa, qilmish mulkka qarshi jinoyat sifatida baholanadi. Yuqorida keltirilganlar jinoyat obyektning yana bir ahamiyatini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, jinoyat obyektni to‘g‘ri aniqlash o‘xshash tarkibli jinoyatlarni bir-biridan farqlash va ularni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga sabab bo‘ladi. Masalan, aybdor jabrlanuvchini shafqatsiz kaltaklamoqda. Bir necha kundan keyin jabrlanuvchi vafot etdi. Qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini aniqlash muhim shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘igami? Mazkur masalaning hal etilishiga qarab qilmish qasddan odam o‘ldirish yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Obyektning yana bir ahamiyati shunda ko‘rinadiki, aynan obyekt jinoyatni huquqbuzarlikdan ajratib turadi. Buning uchun ijtimoiy munosabat jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanishi yoki qo‘riqlanmasligi aniqlashtirilishi lozim. Agar qilmish qaratilgan ijtimoiy munosabat jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday qilmishni jinoyat sifatida baholash mumkin emas. Bunday hollarda ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi lozim.
Xulosa sifatida, jinoyat obyekti haqida quyidagilarni keltirish mumkin:
– har bir jinoiy qilmishning bir elementi, ya’ni har qanday qilmish jinoyat sifatida e’tirof etilishi uchun jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy
ahamiyatga molik qadriyat, manfaat, ijtimoiy munosabatga zarar yetkazadi yoki zarar yetkazishning real xAfvini keltirib chiqaradi;
– jinoyat tarkibining zaruriy belgisi. Hech qaysi jinoyat tarkibi qasddan qaratilgan asosiy bevosita obyektsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas;
– jinoyat qonunchiligini turkumlashtirishdagi o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismi maxsus va turdosh obyekti belgilariga ko‘ra tasniflangan;
– obyektning to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni boshqa huquqbuzarlik hamda g‘ayriaxloqiy xulq-atvordan farqlab turadi;
– sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning xavflilik darajasi va xususiyatini aniqlashga xizmat qiladi, ya’ni jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan aynan qaysi munosabatlarga qanday ko‘lamda zarar yetkazgani yoxud zarar yetkazish real xAfvini keltirib chiqarganini aniqlaydi;
– qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda bir jinoyatni boshqasidan ajratish imkonini beradi.
Shunday qilib, jinoyat obyektni o‘rganish jinoyat qonuni vazifalari va mazmunini hamda u yoki bu jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ahamiyatini aniqlashga yordam beradi.
Yüklə 64,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin