Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasi



Yüklə 64,33 Kb.
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü64,33 Kb.
#107172
  1   2
Kurs ishi Umid




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
MAXSUS HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI
JINOYAT HUQUQI FANIDAN
K U R S I S H I


MAVZU: JINOYAT TARKIBI FAKULTATIV BELGILARI VA ULARNING HUQUQIY AHAMIYATI
5240100 Yurisprudensiya


BAJARDI: 2-KURS ABDURAXMANOV UMIDJON
ILMIY RAHBARI:___________________________
TOPSHIRGAN SANASI:____________
HIMOYA QILGAN SANASI:___________
BAHO:______


SAMARQAND 2023


MUNDARIJA


KIRISH.......................................................................................................3
1-BOB Jinoyat tarkibi……………………………............................................5
1.1 Jinoyat tarkibi tushunchasi va mazmuni .....................................................5
1.2 Jinoyat tarkibining tuzilishi..........................................................................12
1.3 3. Jinoyat tarkibi turlari. .………………………………………….…………18
2-BOB Jinoyat obyekti ..…………………………………23
2.1 Jinoyat obyekti tushunchasi va mazmuni ………………………………….29
2.2 Jinoyat obyektining turlari …………………..………………………....34
2.3 Jinoyat predmeti va jinoyat huquqida jinoyat obyektning ahamiyati
XULOSA......................................................................................................40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................43


1.1 Jinoyat tarkibi muhim jinoiy-huquqiy kategoriya sanaladi. U o‘zida obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisini mujassamlashtirib, jinoyat mohiyatini aniqlaydi. Ushbu belgilar O‘zbekiston Respublikasining JKda mustahkamlangan. Qoida tariqasida, ular JK Umumiy va Maxsus qismining turli normalarida aks etgan. Ijtimoiy xavfli qilmishning u yoki bu elementiga mansubligiga qarab mazkur belgilarni: subyekt, obyekt, subyektiv va obyektiv tomon belgilariga ajratish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi JKda jinoyat tarkibiga berilgan ta’rifi prinsipial ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 10-moddasiga ko‘ra “qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart”. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi “jinoyat tarkibi” tushunchasini qo‘llaydi. Shuningdek, u boshqa kategoriya – qilmish sifatida ham yuritiladi. JKning 16-moddasiga ko‘ra Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Jinoyat qonuni mazmunidan anglashiladiki, shaxsning jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lgan g‘ayrihuquqiy qilmishi jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, jinoiy javobgarlikka tortishning yagona asosi sifatida jinoyat tarkibi jinoyat qonunining markaziy elementi hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining moddiy va formal turlari haqidagi nazariy tushunchalar paydo bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq “jinoyat tarkibi” tushunchasi uzoq tarixga ega. Mazkur huquqiy kategoriya haqidagi dastlabki fikrlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kelgan. Biroq jinoyat tarkibi haqidagi o‘sha paytdagi qarashlar bugungi qarashlardan keskin farq qilgan. Masalan, unda jinoyat tarkibi jinoyat sodir etilganligi fakti mavjudligi sifatida qaralgan (murda, binoga buzib kirish izlari va boshq.).
Ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida jinoyat tarkibi murakkab elementlarni umumlashtiradi. Ushbu elementlar alohida yoki to‘liq bo‘lmagan tarkibda jinoyat sifatida qaralmaydi.
A.S.Yakubov, R.Kabulov va boshqalar jinoyat tarkibining mavjudligi uning barcha elementlari mavjudligini ham taqozo etishini tushuntirishadi. Mazkur elementlar JK Maxsus qismi konkret moddalarida ifodalangan. Maxsus qismning bu moddalari jinoyatning subyektiv va obyektiv elementlari – jinoyat tuzilishini shakllantiradi5. A.I.Rarog ham jinoyat tarkibiga shunga o‘xshash ta’rif berib, bu qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etishning jinoyat qonuni bilan nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi deb ataydi6.
MDH davlatlarining aksariyat olimlari jinoyat tarkibini jinoyat qonunchiligida belgilanganidek, muayyan jinoyatni xarakterlovchi subyektiv va obyektiv belgilar (elementlar) yig‘indisi (tizimi) sifatida tushuntiradi. Bunda jinoyat tarkibi jinoyat qonunida belgilangan u yoki bu jinoyatning tavsifi shaklida tushuniladi.
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarikbiga to‘la mos keladi. U jinoyat huquqi fanida konkret jinoyat tarkibi belgilari asosida shakllangan.
1.2
Jinoyat huquqida huquqiy tushuncha va hodisa singari jinoyat hamda jinoyat tarkibi tushunchalarini farqlash talab etiladi. Jinoyat tarkibining jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibi elementlari deb yuritiladigan obyektiv va subyektiv belgilarning to‘rt guruhidan tashkil topgan. Jinoyat tarkibi elementlari tushunchasi jinoyat tarkibining bir tomoniga xos bo‘lgan turdosh huquqiy belgilar guruhini anglatadi. Unga obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining har bir moddasida qanday qilmish qaysi belgi va asoslarga ko‘ra jinoyat sanalishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish hamda uni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish
uchun uning qilmishi (harakati yoki harakatsizligi)da konkret jinoyat-huquqiy normada bevosita mustahkamlangan alohida jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjudligini aniqlash lozim. Bunday belgilar mavjudligi qilmishda jinoyat tarkibi borligini anglatadi. Bunday belgilarning aqalli bittasining yo‘qligi yoki JKning tegishli moddasi dispozitsiyasiga muvofiq emasligi, shaxs sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi haqida xulosa qilish imkonini beradi.
Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilardir:
Jinoyat tarkibini tashkil etuvchi element belgilarining mazmuniga ko‘ra bir jinoyat boshqasidan farq qiladi, masalan, firibgarlikning bosqinchilikdan, o‘g‘rilikning qasddan odam o‘ldirishdan farqi shunda namoyon bo‘ladi.
Aniqroq tasavvur hosil qilish uchun tovlamachilik (JKning 165-moddasi) jinoyati tarkibini ko‘rib chiqamiz.
Tovlamachilik jinoyatining obyekti o‘zganing mulki daxlsizligini saqlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir.
Tovlamachilik jinoyatining obyektiv tomoni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yishda ifodalanadi.
Subyektiv tomondan tovlamachilik jinoyati qasddan sodir etiladi. Ya’ni jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga ko‘zi yetadi va shunday oqibat kelib chiqishini istab harakat qiladi.
Tovlamachilik jinoyatining subyekti 14 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy
shaxs.
Jinoyat tarkibining barcha belgilari zaruriy va fakultativ belgilarga bo‘linadi.
Belgilarning bunday mezon bo‘yicha tasniflanishi qilmishni kvalifikatsiya qilishga sabab bo‘ladi.
Zaruriy belgilar bu barcha jinoyat tarkiblari uchun xos bo‘lib, ularsiz jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Zaruriy belgining yo‘qligi har qanday jinoyat
tarkibining mavjud emasligini anglatadi. Ularga jinoyat obyekt, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb, shaxsning aqli rasoligi hamda jinoyat qonuni bilan sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikka tortish yoshiga yetganligi.
Fakultativ belgilar bu ayrim jinoyat tarkiblari uchun xos bo‘lib, ularga tajovuz predmeti, ijtimoiy xavfli oqibat, qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, jinoyat sodir etish usuli, vaqti, joyi, sharoiti, quroli va vositasi, motiv va maqsad, jinoyat subyektining maxsus belgilaridir. Fakultativ belgilar quyidagilar bilan ahamiyatli:
1) agar qonun chiqaruvchi fakultativ belgini jinoyat tarkibiga kiritgan bo‘lsa, bu belgi mazkur jinoyat tarkibining zaruriy belgisi hisoblanadi;
2) qonun chiqaruvchi fakultativ belgini kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi, jinoyatning ijtimoiy xavfliligini orttiruvchi etib belgilashi mumkinligi;
3) agar fakultativ belgi jinoyat tarkibiga kiritilmagan hamda kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi xususiyatga ega bo‘lmasa, u jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi.
3. Jinoyat tarkibi turlari.
Jinoyat tarkibi quyidagi asoslarga ko‘ra tasniflanadi:
1) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra;
2) tuzilish xususiyatiga ko‘ra;
3) tasvirlash usuliga ko‘ra.
Jinoyat huquqida qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra jinoyat tarkibi uch turga bo‘linadi:
– asosiy;
– imtiyozli (yengillashtiruvchi tarkibli);
– kvalifikatsiyaga ta’sir etuvchi (og‘irlashtiruvchi tarkibli).

Asosiy tarkibli jinoyat qilmishning ijtimoiy xavfliligi darajasini orttirish yoki kamaytirish belgilarisiz jinoyat tarkibi hisoblanadi.


Imtiyozli tarkib asosiy tarkib belgilaridan tashqari asosiy tarkibli jinoyat uchun nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi.
Kvalifikatsiyaga ta’sir etuvchi tarkib – asosiy tarkib belgilaridan tashqari asosiy tarkibli jinoyat uchun nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi.
Qonun chiqaruvchi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini turlarga ajratib, ularni JK Maxsus qismining turli moddalari yoki qismlariga joylashtirgan. Bunda jinoyatning ijtimoiy xavfliligini orttiruvchi hamda kamaytiruvchi belgilardan foydalanilgan. Qilmishning ijtimoiy xavfliligiga ta’sir etuvchi belgi sifatida quyidagilar keltiriladi: qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; uyushgan guruh tomonidan; o‘ta shafqatsizlik bilan; bezorilik oqibatida; tamagirlik niyatida; kuchli ruhiy hayajonlanish holatida; xizmat mavqeidan foydalangan holda; ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda sodir etilishi va boshq.
Ko‘rsatilgan turlarni misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.
JKning 104-moddasi birinchi qismida qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Mazkur tarkib asosiy tarkib hisoblanadi, chunki unda yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi belgilar mavjud emas.
Imtiyozli tarkibli qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati tarkiblari quyidagilar:
– kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JKning 106-moddasi);
– zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JKning 107-moddasi);
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish (JKning 108-moddasi).
JKning 104-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati quyidagi hollarda kvalifikatsiyaga ta’sir etuvchi tarkibli jinoyat sanaladi:
– homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
– o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
– o‘ta shafqatsizlik bilan;
– ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
– tamagirlik niyatida;
– bezorilik oqibatida;
– millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
– diniy taassublar zamirida;
– kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
– bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa.
Shuningdek, bir qator olimlar sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra maxsus og‘irlashtiruvchi holatni ham keltirishadi. Bunga misol tariqasida JKning 104-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar tarkibi xosdir:
– ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
– takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
– o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
– uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
– jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa.
Obyektiv tomon tuzilishiga, ya’ni qonun chiqaruvchi tomonidan tasvirlov usuliga ko‘ra jinoyat tarkiblari moddiy, formal va kesik tarkiblarga bo‘linadi.
Moddiy tarkibli jinoyat qonun chiqaruvchi tomonidan jinoyatning obyektiv tomonida nafaqat qilmish, balki ijtimoiy xavfli oqibat ham zaruriy belgi sifatida o‘rnatilgan tarkibli jinoyat hisoblanadi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat yuz berishini qonun chiqaruvchi jinoyat qonunida ko‘rsatilgan va belgilangan oqibatning yuzaga kelishi bilan bog‘laydi (masalan, JKning 105-moddasida – o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish).
Moddiy tarkibli jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari. Qayd etish kerakki,
moddiy tarkibli jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish obyektiv tomonini tashkil etuvchi ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishidan kelib chiqib belgilanadi. Shunday qilib, mazkur vaziyatda qilmish oqibatga sabab bo‘lgandagina jinoiy xarakter kasb etadi. Bunda muhim jihat ijtimoiy xavfli oqibat hisoblanadi. Xulosa qilish mumkinki, bunday tarkibli jinoyatlarda nafaqat obyektiv tomonning zaruriy belgisi, ijtimoiy xavfli qilmish muhim rol o‘ynaydi, balki uning fakultativ belgisi – salbiy ijtimoiy oqibat ham inobatga olinadi. Bunga qasddan odam o‘ldirish jinoyatini misol keltirish mumkin. Mazkur vaziyatda oqibat (jabrlanuvchining o‘limi) asosiy o‘rin tutadi. Faqatgina o‘lim shaklidagi oqibat yuz bergan taqdirdagina ijtimoiy xavfli qilmish mavjudligi xususida so‘z yuritish mumkin.
Moddiy tarkibli jinoyatlarga qasddan odam o‘ldirish (JKning 97–101- moddalari), talon-toroj (JKning 164–169-moddalari), xAfv ostida qoldirish (JKning 117-moddasi), jinoiy abort (JKning 114-moddasi) va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Formal tarkibli jinoyatlar obyektiv tomondan faqatgina bitta belgi – qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dan iborat jinoyat tarkiblari. Formal tarkibli jinoyatlar tamom bo‘lgan deb baholash uchun jinoyat qonuni bilan belgilangan
qilmishni amalga oshirishning o‘zi kifoya, bunda oqibatning yuz berishi shart emas (masalan, JKning 139-moddasi – boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish).
Formal tarkibli ijtimoiy xavfli qilmishlar faqatgina ijtimoiy xavfli
qilmishning sodir etilishi shartligi bilan ajralib turadi. Oqibatning mavjudligi huquqiy ahamiyat kasb etmaydi. Boshqacha og‘irroq oqibatning kelib chiqishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgisi sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Formal tarkibli jinoyat bu ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblanadigan jinoyatdir. Qayd etish lozimki, bu holatda oqibatning mavjudligi ahamiyat kasb etmaydi, chunki oqibatning yuz berish-bermasligi qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi. Bunday qilmishlarda oqibat mavjud bo‘lmasa-da, u uzoq yillar davomida shakllangan jamiyatning ma’naviy qiyofasiga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, formal tarkibli jinoyatning obyektiv tomoni to‘liq amalga oshirilganligi sababli ham qilmish tugallangan hisoblanadi.
Formal tarkibning asosiy belgilari. O‘zbekiston Respublikasi JKda boshqa MDH davlatlari jinoyat qonunchiligiga o‘xshab formal tarkibli jinoyatlar miqdori moddiy tarkibli jinoyatlar miqdoridan birmuncha ko‘p ekanligi faktini inobatga olgan holda bu turdagi jinoyatlarning asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. E’tiborli jihati shundaki, jinoyat-huquqiy normalarda jinoyat natijasida oqibatning yuz berishi holati mavjud bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Shunga ko‘ra qonun chiqaruvchi ayrim jinoyat tarkiblarida bunday oqibat mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Bunday mazkur holat formal tarkibli jinoyatlar uchun asosiy belgi degan xulosa qilish mumkin: oqibatning yuz berishi shart emas. Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish bilan tamom bo‘lgan deb hisoblanadi. Ayrim hollarda ijtimoiy xavfli oqibat mavjud bo‘lishi ham mumkin. Obyektiv tomon to‘liq bajariladi. Albatta, jinoyat huquqining ayrim nazariyotchi olimlari mazkur turdagi jinoyat tarkiblarining boshqa jihatlarini ham yoritishadi, biroq so‘z yuritilgan jihatlar ham klassik ahamiyatga ega.
Formal tarkibli jinoyatlarga tuhmat (JKning 139-moddasi), haqorat qilish (JKning 140-moddasi) va boshqalar misol bo‘la oladi.
Shuningdek, ko‘pincha formal tarkibli jinoyatga o‘xshash bo‘lgan kesik tarkibli jinoyatlar xususida ham so‘z yuritiladi. JKda garchi tushuntirish berilmagan bo‘lsa-da, kesik tarikibli jinoyatlar bu jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish paytidayoq tamom bo‘lgan jinoyatlar ekanligini ta’kidlash lozim. Masalan, bosqinchilik jinoyati o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilingan paytdan boshlab tamom bo‘lgan jinoyat hisoblanadi.
Kesik tarkibli jinoyatda qilmish oqibatning sababi sifatida real xAfv keltirib chiqaradi. Kesik tarkibli jinoyat jinoyatning ilk bosqichi unga tayyorgarlik ko‘rish bosqichidayoq tamom bo‘lgan deb topiladi.
Shunga ko‘ra kesik tarkibli jinoyat tarkibida jinoyat sodir etishga suiqasd
mavjud bo‘lmaydi, qilmishni amalga oshirishni boshlashning o‘zi tamom bo‘lgan jinoyat sifatida baholanadi.
JK Maxsus qismining tegishli moddalari dispozitsiyalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda muayyan tajovuzni amalga oshirishning real imkoniyati mavjud bo‘lishi ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishining asosi hisoblanadi va bu qilmishni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga misol sifatida JKning 155-moddasi birinchi qismiga ko‘ra xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligi ga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy- siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xAfv tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek atrof-tabiiy muhitni ifloslantirish (JKning 196-moddasi birinchi qismi)ni keltirish mumkin; shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishda yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishining o‘zi yetarli sanaladi. Mazkur ro‘yxat ham mufassal emas.
Tuzilishiga ko‘ra, ya’ni qonunda tasvirlanishiga ko‘ra jinoyat tarkibi oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi.
Oddiy tarkibli jinoyat tarkiblarida tarkibning barcha belgilari bir martadan ishtirok etadi. Jinoyatning oddiy tarkibi – bitta qilmishni tasvirlovchi qismlardan iborat bo‘ladi, ya’ni bitta obyekt, aybning bitta shakli, bitta qilmish, bitta oqibat. Masalan, JKning 97-moddasi birinchi qismida bitta obyekt – boshqa shaxsning hayotini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabat, aybning bitta shakli – qasd, bitta qilmish – boshqa shaxsni g‘ayriqonuniy ravishda hayotdan mahrum qilish, bitta oqibat – inson o‘limi mavjud.
Murakkab jinoyat tarkibi – u yoki bu elementi yoxud jinoyat tarkibi belgisi murakkab normativ-huquqiy tuzilishga ega jinoyat tarkibi bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ikkita oqibat (JKning 104-moddasi to‘rtinchi qismi – odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish inson sog‘ligi va hayotiga tajovuz qiladi);
– ikkita harakat (JKning 164-moddasi – bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol- mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etish);
– aybning ikkita shakli (JKning 104-moddasi to‘rtinchi qismi – odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda jabrlanuvchining o‘limiga nisbatan aybning ehtiyotsizlik shakli mavjudligi).
Murakkab tarkibli jinoyat tarkibining turli shakllari muqobil tarkibni vujudga keltiradi. Mazkur tarkibli jinoyatlarda jinoyat tugallangan deb hisoblanishi uchun qonun normasida ko‘rsatilgan bir necha belgilardan bittasi mavjud bo‘lishini anglatadi. Masalan, JKning 152-moddasi (urushning qonun va udumlarini buzish)da muqobil jinoyat tarkibi ko‘zga tashlanadi, jumladan, unda tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qo‘llash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek bunday harakatlarni qilishga buyruq berish kabi belgilar nazarda tutilgan.

2.1 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonunining vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarga shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligi ni jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash kiradi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur modda jamiyatni jinoyat qonuni orqali muhofaza qilish maqsadida birmuncha ijtimoiy xavfli qilmishlar ro‘yxatini o‘z ichiga qamrab olgan. Jinoyat huquqida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyat obyekt hisoblanadi. Jinoyat obyekti Jinoyat huquqi fanining Umumiy qismida jinoyat tarkibining bir elementi sifatida, Maxsus qismida esa muayyan jinoyat tarkibining zaruriy elementi sifatida o‘rganiladi. Obyektning belgilarini tadqiq etish jinoyat qonunchiligini qo‘llash amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.


JKning 2-moddasida ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati jihatdan ketma- ketlikdagi ro‘yxati keltirilgan. Bu qonun chiqaruvchi shaxs, uning huquq va erkinliklari davlat manfaatlari yoki xususiy mulk daxlsizligi institutidan ustuvorligiga e’tibor qaratganligi haqida xulosa qilish imkonini beradi.
Biroq muayyan vaqt oralig‘ida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning barchasi ham jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinmaydi.
Aksariyat ijtimoiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan qo‘riqlanadi va tartibga solinadi. Masalan, shartnoma taraflari o‘rtasidagi munosabatlar fuqarolik huquqi, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlar mehnat huquqi doirasida tartibga solinadi.
Shunday qilib, JK jinoyat-huquqiy vositalar yordamida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilaydi.
JKning 2-moddasi birinchi qismida birmuncha ahamiyatli ijtimoiy munosabatlarning taxminiy ro‘yxati keltirilgan. Mazkur ro‘yxatning tugal shaklini aniqlash uchun JK Maxsus qismi barcha moddalarini tahlil qilib chiqish lozim. Bunday tahlil jinoyat-huquqiy himoyaning obyektni tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Biroq jinoyat obyekti mazkur
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xAfvini keltirib chiqaradigan muayyan qilmish sodir etilgan paytda aniqlanadi7.
Biroq jinoyat-huquqiy ta’limotda jinoyat obyektni aniqlashda shaxs, jamiyat
va davlat manfaatlari yuzasidan turli ilmiy qarashlar bildirilgan. Xususan, N.S.Tagantsevning ta’kidlashicha, “normaning hayotiyligi, uning vujudga kelishi, uning mazmuni va mavjudligi sababi bu kishilik jamiyati hayoti va manfaatlari, alohida shaxs, jamiyat, davlat va butun insoniyatning axloqiy, aqliy va jismoniy muvaffaqiyatining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Jamiyat hayoti jamoaviy va individual holda olinganda uning manfaatlari huquqiy himoyani talab etadi, shu bilan birgalikda buning uchun alohida mazmun va struktura joriy etilishini taqozo qiladi. Bu esa huquq normalarining huquqiy mazmunini boyitadi hamda huquqiy tartibga solishning hayotiyligiga xizmat qiladi. Shunday qilib, huquq normasini buzishga qilingan tahdid huquqiy farovonlik, uning yashovchanligiga qilingan tahdid sifatida ko‘riladi. Jinoyat huquqidagi bu tarzda qo‘riqlanadigan obyektlar – shaxs va uning hayoti, jismoniy daxlsizligi, sha’n va qadr-qimmati, erkin harakatlanishi, erkin faoliyat olib borishi kabi o‘zgarmas, daxl qilib bo‘lmaydigan ijtimoiy munosabatlardir. Shuningdek, mazkur manfaatlarning har qanday guruhi huquqiy himoya qilinmasdan, balki ulardan yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganlarigina bunga molik bo‘ladi”8.
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning doirasi o’zgaruvchan xarakterga ega. U jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida yuz beradigan turli holatlarga muvofiq o‘zgarib turadi. Jinoyat obyektni aniqlash jinoyat-huquqiy vositalar bilan himoya qilishga zaruriyat tug‘ilgan yangi ijtimoiy munosabatlarga mos ravishda aniqlanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimi taraqqiy etishi natijasida bu sohadagi munosabatlarni ham jinoyat-huquqiy vositalar orqali muhofaza etish obyektiv zaruratga aylandi. JKning 174-moddasida axborotlashtirish to‘g‘risidagi qoidalarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan edi. Kelgusida axborot texnologiyalari sohasidagi munosabatlarni jinoyat-huquqiy jihatdan muhofaza qilishning muhim ahamiyat kasb etganligi sababli JKga “XX1 – Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” bobi kiritildi. Shuning bilan axborot texnologiyalarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar jinoyat-huquqiy vositalar orqali qo‘riqlanadigan obyekt sifatida belgilandi.
Jinoyat obyektni huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqi predmeti bilan chalkashtirmaslik lozim. Bu ham ijtimoiy munosabat hisoblanadi. Biroq bu ijtimoiy munosabat muayyan jinoyat sodir etgan shaxs bilan davlat o‘rtasida
vujudga keladi. Bu bevosita jinoyat huquqi bilan tartibga solinadigan jinoyat- huquqiy munosabat predmeti sanaladi.
Jinoyat obyektini huquq normasi bilan ham yanglishtirmaslik kerak. Agar biz muayyan shaxsni qonunni buzganlikda ayblaganimizda, mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) u yoki bu qonunga zid hisoblanadi. Shu bilan birga, jinoyat-huquqiy normaga zarar yetkazilmaydi. Jinoyat obyektiga esa har doim zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish xAfvi tug‘iladi. JKning 14-moddasida jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi mezon keltirilgan bo‘lib, qonun chiqaruvchi boshqa huquqbuzarliklarni jinoyat sifatida e’tirof etmaydi. JKning 36-moddasiga ko‘ra garchi JKda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi. Shu bilan birga, jinoyat qonuni har doim ham ijtimoiy munosabatni jinoyat obyekt sifatida ko‘rsatmaydi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Jinoyat huquqi fani va boshqa bilim sohalari nuqtayi nazaridan jinoyat obyekt sifatida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat e’tiborga olinadi9. Masalan, “shaxsiy mulk” tushunchasi ijtimoiy munosabat sifatida fuqarolik huquqi manbalariga tayangan holda aniqlansa, jinoyat qonuni nuqtayi nazaridan esa
nafaqat davlat mulkini, balki mulkning barcha shaklini qamrab oladi.
Jinoyat obyekti tushunchasi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat sifatida quyidagicha izohlanadi.
Birinchidan, ijtimoiy munosabat muayyan jinoyat turi uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatadigan norma qabul qilinishi bilan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga aylanadi. Mazkur normada nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan holda ushbu ijtimoiy munosabat jinoyat obyekt sifatida maydonga chiqadi. Jinoyatni har doim ham qilmishning obyektga qarab farqlash imkoni mavjud bo‘lmaydi; jinoyat sifatida e’tirof etilgan qilmishning xususiyati va xavflilik darajasi faqat uning obyekt bilangina emas, balki jinoyat natijasida yuz bergan oqibatning xususiyati, xavflilik darajasi, jinoyatni sodir etish usul va vositalari, jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishga nisbatan munosabati va boshqa jihatlariga ko‘ra ham aniqlanadi.
Ikkinchidan, qonun chiqaruvchi turli sabablarga ko‘ra, JK moddalarida jinoyat obyektni ayrim hollarda ijtimoiy munosabatning alohida elementlariga ishora sifatida ko‘rsatadi. Boshqa hollarda esa tegishli ijtimoiy munosabatni o‘zida aks ettiruvchi muayyan huquqiy shaklni belgilaydi. JKning 147-moddasida nazarda tutilgan saylash va saylanish mazkur huquqni amalga oshirishdagi ijtimoiy munosabat sifatida qaraladi. Qonunning ayrim moddalarida davlat yoki fuqarolar manfaati ijtimoiy munosabat deb belgilangan. Keltirilganlarning har biri o‘z- o‘zidan ijtimoiy munosabatni tashkil etib qolmay, boshqa ijtimoiy munosabatlar bilan birga faqatgina jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan u yoki bu jinoyatning obyekt sifatida ko‘riladi. Ularning aksariyati ma’muriy javobgarlik yoki huquqning boshqa tarmoqlari orqali tartibga solinadi. Bunday munosabatlarga davlat va
jamoat mulki, boshqaruv yoki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabat kiradi. Shaxsning sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qator mulk shakllarini muhofaza qilishning maxsus huquqiy vositalari ham ijtimoiy munosabatlarni anglatadi.


Yüklə 64,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin