Samarqand davlat universitetining



Yüklə 170,29 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü170,29 Kb.
#166239
2 Kimyoviy reaksiyalarni tasniflash.


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI
Mavzu: Kimyoviy reaksiyalarni tasniflash.
Tuzuvchi: Iskandarov Abror
KATTAQO’RG’ON – 2023
Kimyoviy reaksiyalar
Bir xil moddalarning tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan boshqa modda-larga aylanishi ximiyaviy hodisalar deyiladi.
Ximiyaviy hodisalar ximiyaviy o’zgarishlar yoki ximiyaviy reaksiyalar deb ataladi.
Kimyoviy reaksiyalarni bir necha asosiy turlarga ajratish mumkin.
1. Birikish reaksiyasi – agar ikki yoki bir necha moddalardan reaksiya natijasida bitta yangi modda hosil bo’lsa, bu reaksiyani birikish reaksiyasi deyiladi.
Masalan, mis havoda qizdirilganda qora dog’ bilan qoplanadi. Bunda mis (II) – oksid hosil bo’ladi:
2Cu +O2 = 2CuO
Ammiak gaziga vodorod xlorid gazi ta’sir ettirilsa, oq kristall modda – novshadil hosil bo’ladi:
NH3 + HCl = NH4Cl

Kimyoviy reaksiyalar


2. Ajralish reaksiyasi – bitta modda molekulasidan bir necha yangi modda molekulalari hosil bo’ladigan reaksiyalar ajralib reaksiyalari deyiladi.
Masalan: CaCO3 = CaO + CO2
2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2
2HgO = 2Hg + O2
3. O’rin olish reaksiyasi – oddiy modda atomlarining murakkab modda molekulalari-dagi atomlar o’rnini olish reaksiyalari o’rin olish reaksiyalari deyiladi.
Masalan: aktiv elementlar o’zidan passivroq elementlarni birikmalardan siqib chiqaradi. Bu reaksiya siqib chiqarish reaksiyasi ham deyiladi.
Masalan: Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2
Fe + CuCl2 = Cu + FeCl2

Kimyoviy reaksiyalar


4. Almashinish reaksiyasi – ikki xil modda molekulalari o’zining tarkibiy qismla-rini bir – biriga almashtirib ikki yangi modda molekulalarini hosil qiladigan reak-siyalar almashinish reaksiyalari deyiladi.
Masalan: BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaCl
AgNO3 + HCl = AgCl + HNO3
Kimyoviy reaksiyalar
Almashinish
reaksiyasi
O’rin olish reaksiyasi
Ajralish reaksiyasi
Birikish reaksiyasi

Kimyoviy reaksiyalar


Reaksiya energiya ajralib chiqishi yoki energiya yutilishiga qarab, ekzotermik va endoter-mik reaksiyalarga bo’linadi.
Ekzotermik reaksiyalar – issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalardir.
Masalan, vodorod va xlordan vodorod xlorid hosil bo’lish reaksiyasi:
H2 + Cl2 = 2HCl
Endotermik reaksiyalar – tevarak – atrofdagi muhitdan issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalardir.
Masalan, azot va kisloroddan yuqori temperaturada azot (II) – oksid hosil bo’lishi reak-siyasi:
N2 + O2 = 2NO

Kimyoviy reaksiyalar


Ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori prosessning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik effekti, ko’pincha, reaksiyalarning kimyoviy tenglamasiga qo’shib yoziladi.
Kimyoning turli xil prosesslarining issiqlik effektini o’rganuvchi bo’limi termokimyo deyiladi.
Reaksiyalarning issiqlik effekti, keltirilgan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi.
Kimyoviy reaksiyalar
Ekzotermik reaksiyalar
Endotermik reaksiyalar
H2 + Cl2 = 2HCl
N2 + O2 = 2NO

1840 yilda qo’yidagicha ta’riflanadi: reaksiyaning issiqlik effekti prosessning birdaniga yoki bir necha bosqich bilan borishiga bog’liq emas, balki sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liqdir. Jami: 97 kkal Ikkinchi usuli: C + O2 = CO2 + 97 kkal


Gess qonuni.
Gess qonuni.
Gess qonunidan qo’yidagi xulosa kelib chiqadi: reaksiyaning issiqlik effekti mahsu-lotlarning hosil bo’lish issiqlik yig’indisi bilan dastlabki moddalarning hosil bo’lish issiqlik yig’indisi orasidagi ayirmaga teng:
Qaytarlik belgisiga ko’ra reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’linadi.
Oxirigacha boradigan, ya’ni boshlang’ich moddalar molekulalarining hammasi reaksiya mahsulotiga aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Bunday reaksiyaga bertole tuzining qizdirilganda parchalanishi misol bo’la oladi:
2KClO3 = 2KCl + 3O2
Reaksiya bertole tuzining barcha molekulalari kaliy xlorid va kislorod molekulalariga aylangandan keyin to’xtaydi. Qaytmas reaksiyalar unchalik ko’p emas. Reaksiyalarning ko’pchiligi qaytar bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida qarama – qarshi ikki yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalar tenglamalarida tenglik alomati o’rniga qarama – qarshi tomonga yo’nalgan ikkita strelka yoziladi. Bunday reaksiyaga vodorod bilan azotdan ammiak hosil bo’lish reaksiyasi misol bo’la oladi.
3H2 + N2 2NH3
yoki 3H2 + N2←→2NH3 + 92,4 kJ


Yüklə 170,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin