Kurs ishini yozishda asoslangan materiallar. Ushbu ishni yozishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, singari asarlaridan, shuningdek, Yusupov M., Mahmudova M., Rahmonbekova S., Qosimova K., Matchonov S., G’ulomov M., Solihov O. singari olim va metodistlarning asarlaridan, ilmiy tadqiqot, monografiya va maqollaridan foydalanib ish ko’rdik.
Kursishning yozilishida qo’llanilgan metod. Albatta, ona tili darslari va
mashg’ulotlar o’qituvchi tomonidan uning rahbarligida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum tizimga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
7
Biz mazkur bitiruv ishimizni olgan bilim va tajribamizga tayangan holda,
shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan Samarqand tumanidagi 46-umumta’lim maktabidagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishga harakat qildik.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. Darhaqiqat, ona tili darslari orqali o’quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’z navbatida yangilik sanaladi. Chunki, ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnpologiyalardan foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangilik bo’lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo’lishiga erishish ko’p jihatdan sinf o’qituvchisining mahoratiga bog’liq.
Ona tilidan bilim samaradorligini oshirish o’quvchilar ongini rivojlantiradi,
fikrlash qobiliyatini o’stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O’z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo’l ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: |