Og’zaki tahlil namunasi:Mevali daraxtlar gulladi. Mevali –sifat,
mevali; daraxtlaroti bilan bog’langan:
mevali daraxtlar; daraxtlar– ot,
–daraxtlar,ko’plikda;gulladi – fe’l, nima qildi? – gulladi, bo’lishli.
qanday–
nimalar?
IVsinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz
to’ldiriladi va quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Ot: 1. So’z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. 4. Egalik qo’shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi.
Sifat: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilanbog’langanligi.
Son: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langanligi.
Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So’z turkumi.2. So’rog’i. 3. SHaxs-soni.
22
4 . Kelishigi.
Fe’l: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishliyokibo’lishsiz ekanligi.
4. SHaxs-soni. 5. Zamoni.
O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.