Abu Rayhon Beruniy jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy boshqarishga oid qimmatli fikr-mulohazalar yozib qoldirgan. Bu fikrlar uning “Otmish xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston, Geodeziya” va “Saydona” asarlarida malum darajada oz ifodasini topgan. Beruniy Katta Xorazm davlatchiligi tarixiga toxtalib, bu davlat miloddan avvalgi XV-XII asrlarda mavjud bolganligi hakida malumot beradi. Beruniyning “Saydona” asarida Orta Osiyoning dorivor osimliklariga tola tavsiya beriladi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlar turli asrlarda lotin, arab, fransuz, italyan, nemis, ingliz, rus, yahudiy, fors, turk va boshqa kop tillarda chop etilgan.
Orta Osiyoning buyuk mutafakkiri Ibn Sino ham “Donishnoma, Tib qonunlari”, “Sher togrisida kitob, Muzika haqida risola” asarlaridan tashqari, ijtimoiy hayotga oid asarlar ham yaratgan. Uning “Risolat-ut-tayr” (qushlar risolasi) nomli falsafiy asarida odil podsho obrazi yaratilgan. Ibn Sino asarlari XII asrdan boshlab kop tillarga agdarilgan. Faqat Tib qonunlari”ning ozi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilingan.
Orta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat fan va madaniyat sohasida, balki siyosat, davlat va jamiyat boshqaruvi haqida ham yirik asarlar yaratishgan. Shulardan biri, Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimini egallagan Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomumulkning (1063-1092) sharq tarixi va madaniyatida ochmas iz qoldirgan Siyosatnoma” asari bolib, bu asarda markazlashgan davlat tuzish, kuchli davlat mahkamasi, armiya va boshqa nazorat vositalarini yaratish haqida fikr yuritiladi. “Siyosatnoma” asarini olimlar davlat boshqaruvining siyosiy dasturi sifatida baholaganlar. Asarning asosiy goyalari shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni boshqarishda qatiy qonun va tartib ornatish, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bolishiga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini taminlash uchun harakat qilishga davat etishdan iborat. Shundagina davlatda tinchlik va adolat barqaror bolishi, raiyat oz maqsadiga erishishi, jamiyat sulh va adolatda yashashiga sharoit yaratilishi takidlanadi.
Dostları ilə paylaş: |