O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«BANK - MOLIYA XIZMATLARI» FAKULTETI
«Bank ishi» KAFEDRASI
230000 «Biznes va boshqaruv» sohasi
5230700 «Bank ishi» ta’lim yo‘nalishi
2 kurs BI-120,320,420 guruhi
talabasi _________________________
(talabaning ismi, sharifi)
Malakaviy amaliyot bo‘yicha
HISOBOTI
Institutdan amaliyot rahbari
__________________________
(f.i.sh.)
Bankdan amaliyot rahbari
__________________________
(f.i.sh.)
SAMARQAND – 2022
Reja:
Kirish: Malakaviy amaliyot bilan tanishish.
Asosiy qism
Banklarni tashkil etilishi, boshqarilishi, tarkibiy bo‘linmalari va ularning faoliyati bilan tanishish.
Pul muomalasini tashkil etish bo‘limi.
Kredit amaliyotlari bo‘limi (bo‘linmalari).
Valyuta operatsiyalari (xalqaro hisob – kitoblar) bo‘limi.
Kassa operatsiyalari bo‘limi.
Jamg‘arma operatsiyalari bo‘limi.
Buxgalteriya hisobi bo‘limi (bo‘linmalari).
Ichki audit bo‘limi
Umumiy bo‘limi
|
Qo’shimcha ma’lumotlar
Xulosa
Taqriz
Kirish: Malakaviy amaliyot bilan tanishish.
Men, Quvvatov Mironshoh Boqi o‘g‘li, 2-kurs bank ishi bilan malakaviy amaliyotimni AT Xalq banki Tayloq filialida o‘tkazish uchun chiqarilgan buyruq bilan tanishdim. Buyruqqa asosan AT Xalq banki Tayloq filialiga bordim. U erda men Bank rahbari B. Bekmurodov bilan uchrashdim. Bank rahbari menga kredit monitoring bo’limi boshlig’i Doston akani amaliyot rahbari etib tayinladi. Men dastur doirasida amaliyot ko‘rsatmalarini bajarishga harakat qildim.
AT Xalq banki Tayloq filiali binosi tuman markazidan o‘tuvchi shoh ko‘chaga yaqin joylashgan bo‘lib, old tomonidan Mustaqillik maydoniga qaragan. Shu bilan bir qatorda tuman moliya bo‘limi, soliq idorasi, pensiya ta’minoti, majburiy ijro bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari kabi tashkilotlar yonma-yon joylashgan. Bu esa fuqarolarning o‘z vaqtida ortiqcha ovoragarchiliklarsiz to’lov amallarini oshirish uchun qulay bo‘lib, bank nufuzini oshirishda asosiy omillardan hisoblanadi.
Bank binosi ikki qavatli zamonaviy arxitektura ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, ancha qulayliklarga ega. Elektr, suv va tabiiy gaz bilan uzliksiz ta’minlangan. Binoning ichki va tashqi tomonidan kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati muntazam nazorat olib boradi.
Binoning 1-qavatida 2 ta zal bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun moslashgan. ...........
Binoning 2-qavatida ma’muriyat,
Banklarning tashkil etilishi, boshqarilishi, tarkibiy bo’limlari va ularning faoliyati bilan tanishish
Bankning tarixan aniq paydo bo‘lgan sanasi yo‘q. Bank faoliyati
unsurlarining u yoki bu miqdorda rivojlanishi Italiyada, Gretsiyada,
Misrda va boshqa mamlakatlarda yangi davrga qadar qayd qilingan.
Birlamchi banklar tangalarni sotish, sotib olish, almashtirish, muddatli
kelguncha majburiyatlarni hisobga olish, mijozlarning mulklarini
(moliyasini) boshqarish, kreditlarni berish, ipoteka va lombard operatsiyalarni,
dalolatnomalarni tuzish hamda boshqa operatsiyalarni
amalga oshirganlar. Keyinchalik esa o ‘z mijozlarining farmoishiga
asosan kreditorlar hisob-kitoblar va boshqa operatsiyalarni amalga
oshirishni boshladilar.
Ishlab chiqarish va muomalaning o‘sishi munosabatda barcha mamlakatlarda
banklarning ahamiyati ko'tarildi. Yuqorida ko‘rib o'tilgan
funksiyalarga yangilar, masalan, foiz keltiradigan kapitalni boshqarish
funksiyalari qo‘shildi.
Shunday qilib banklar — bu kreditning rivojlanishi natijasidir.
Shuning uchun kredit bankga nisbatan asos bo‘lib hisoblanadi.
Ta ’kidlash mumkinki — bank bu kredit ishining shunday rivojolanish
bosqichiki, unda kredit, pul va hisob-kitob operatsiyalari
majmuasida bir markazda yig'iladi. Umuman olganda yakun qilib
aytish mumkinki:
Bank — bu pul mablag‘larini jamlash va ularni o ‘z nomidan
qaytarib berishlik, to ‘lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun
yaratilgan tashkilotdir.
Banklarning asosiy maqsadi pul mablag‘larini kreditorlardan qarz
oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o ‘tkazishda vositachilik
qilishdir. Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag‘larni
o ‘tkazishni boshqa moliyaviy va kredit — moliyaviy tashkilotlar:
investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari, brokerlar, demir firmalari
va hokazolar bajarilishlari mumkin. Biroq banklar, moliyaviy bozor
subyekti sifatida boshqa subyektlardan quyidagi belgilari bilan ajralib
turadi.
Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama
almashtirish xarakterli (xos)dir: ular o'zlarining majburiyatlarini
(depozit) shakllantiradilar va jalb qilingan mablagiarni qarz majburiyatlariga,
qimmatli qog'ozlarga (boshqalarning chiqargan qog‘ozlariga)
joylashtiradi;
Ikkinchidan banklar o'zlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi
qa’tiy belgilangan summa b o ‘yicha shartsiz majburiyatlarni
oladilar.
Ammo shuni nazarda tutish zarurki, bugungi kunda aniq olingan
bank tashkiloti amaliyotida barcha sanab o'tilgan bank operatsiyalari
amalga oshirilmaydi yoki deyarli mavjud emas.
Yuqorida ko'rib o'tilganlarga asosan, aytish mumkinki, banklarni
me’yor faoliyat ko‘rsatishi va yashashi uchun aniq asosiy faoliyat
≪to'plami≫ mavjuddir.
Bunday operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
— depozitlarni qabul qilish;
— pul to'lovlari va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
— kreditlarni berish.
Bank mohiyatini to ‘liqroq (to'laroq) uning funksiyalarini ochib
beradi.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng
bo'lishiga olib keladi.
Tijorat banklari quyidagilarni bajaradi:
— vaqtincha b o ‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni
kapitalga aylantirish;
— korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
— muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni
chiqarish;
— xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar va to ‘lovlarni amalga oshirish;
— moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
— iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish.
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
Dostları ilə paylaş: |