11-Amaliy mashg’ulot: B2B bozorida tovar strategiyalari
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
11.1. B2B bozorida brend yaratish jarayoni
11.2. Tovarlar sifatini boshqarish. Xalqaro sifat to’garaklari
11.3. Sanoat tovarlarining “hayotiy” davri va uning asosiy bosqichlari
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
1-Topshiriq
Quydagi jadval ma’lumotlaridan foydalangan xolda “Polesye” Ukrainada ishlab chiqarilgan kombaynning “Maral-150” kambayn bilan taqqaslagan xolda raqobatbardoshligini aniqlang. Bunda me’yoriy parametrlar bo’yicha umumiy ko’rsatgichning Ku<1 ekanligini inobatga oling
Kombayn markasi
|
Divigatel quvvati ot kuchi.
|
Maydalaydigan pichoqlar soni
|
Nisbiy qiymati sh.p.b
|
“Polesye”
|
184
|
1000
|
1,00
|
Maral-150
|
153
|
910
|
1,25
|
Xi parametr qiymati
|
0,6
|
0,1
|
-
|
2-Topshiriq
Tovar partiyasi miqdori 200 juft, defektni aniqlash uchun 10% tanlangan bo’lsa, poyafzal partiyasining defekt koeffisiyentini aniqlang. Poyafzalni tekshirish natijalari jadvalda keltirlgan.
Ko’rsatgichlar
|
Tagcharmning mustaxkamligi
|
Yuzasining defekt chiqishi
|
Prakladkaning defekt chiqishi
|
Poshnaning defekt chiqishi
|
Defektlar soni
|
1
|
1
|
3
|
2
|
Defektning muhimlilik darajasi
|
0,4
|
0,2
|
0,1
|
0,3
|
3-Topshiriq
Firma A, B, C va D tovarlarini sotish hajmi bo’yicha mos ravishda 40, 25, 13 va 2 % miqdorida o’ziga xos moslik bilan ishlab chiqaradi. A va B mahsulotlari, asosiy maqsadi bo’yicha, bir-birini o’rnini to’ldirishi mumkin, D mahsuloti A tovarga qo’shimcha sifatida ishlatiladi, C mahsuloti - A va B mahsulotlarini yig’ish yelementi sifatida ishlatiladi, lekin u ham mustaqil sotilishi ham mumkin.
A, B, C va D mahsulotlari tovar hayotlik davrining quyidagi bosqichlarida: yetuklik, chiqish, o’sish va bozor kirish bosqichida. A va B tovarlarning hayotiy davrlarining davomiyligi o’rtacha 5 yil, C va D - 3 yil. Tovarlar umumiy foyda miqdorida quyidagi ulushlarni keltirib chiqaradi: A - 60, B - 10, C - 10, D - 0%.
1. Quyidagi versiyalardan biriga muvofiq korxona assortimentining variantini (tovarlarning nomlari bilan) taklif yeting, masalaning shartlari uchun yeng maqbulini tanlang: kompeturlar ishlab chiqarish, mebel zavod, avtomobil zavodi, telefon ishlab chiqarish, maishiy texnikalar zavodi, sut mahsulotlari zavodi.
2. Korxonaning assortiment siyosatini o’zgartirish bo’yicha qanday takliflaringiz bor?
1>
Dostları ilə paylaş: |