Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə56/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Assortiment- bu iste’mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir. Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sanoat va savdo assortimentlari farqlanadi.
Sanoat assortimenti- bu alohida korxona, korxonalar uyushmasi yoki sanoat tarmog‘i tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir.
Savdo assortimenti- bu ulgurji va chakana savdo sohasida, muomala sohasida mavjud bo‘lgan tovarlar nomenklaturasidir. U sanoat assortimentiga bog‘liq, ammo undan kengroq bo‘ladi, chunki savdo assortimentiga import tovarlar ham kiradi.
Savdo assortimenti o‘z navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo korxonasi assortimentiga bo‘linadi.
Tovar guruhlari assortimenti- aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir; ko‘pgina hollarda u turli sanoat tarmoqlari tovarlaridan tashkil topishi mumkin (attorlik, metall buyumlar, to‘qimachilik, ko‘nchilik, plastmassalar kabilar).
Savdoda oddiy va murakkab assortimentli tovarlar farqlanadi. Oddiy assortimentli tovarlar ko‘p bo‘lmagan belgilar asosida tasniflanadi (o‘quvchi daftari, bo‘yoqlar kabilar). Murakkab assortimentli tovarlar vazifalari, ishlab chiqarilgan materiallari, ishlab chiqarish usullari, shakl-shamoyili bo‘yicha va shu kabi belgilar bo‘yicha bo‘lib chiqiladi (kiyim-kechak, poyafzal, idish kabilar). Bunday assortimentda tovarlar turi ancha ko‘p bo‘ladi.
Savdo korxonasi assortimenti- bu do‘kondagi, bazalardagi, omborlardagi tovarlar xilma xilligi bo‘lib, u korxonaning ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Ixtisoslashgan do‘konlar bir guruhdagi (kiyim-kechaklar), kichik guruhdagi (mavsumiy kiyimlar), yoki bir turdagi (erkaklar ko‘ylagi) tovarlar bilan savdo qiladilar, biroq ushbu tovarlar to‘la nomenklatura bo‘yicha taqdim etiladi. Katta universal do‘konlar, supermarketlar turli guruhdagi tovarlar bilan (kiyim-kechak, poyafzal va hakazo) savdo qiladilar.
Tovar assortimenti, uning xilma xilligi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ijtimoiy-psixologik, demografik omillarga, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin