Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 359,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix01.01.2022
ölçüsü359,84 Kb.
#50313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm infratuzilmasiga yonaltirilgan sanoat tovarlari bozorida raqobatni rivojlantirish strategiyasi

2.2-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga 

tushirish 

MS 

AS 


MR=AR=P 



q






19 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.2-  chizmaning  avvalgisidan  asosiy  farqi  ishlab  chiqarish  doimiy 

harajatlarning  ortib  borishidir.  Bu  narsa  umumiy  o‘rtacha  harajatlar  (AS)ni 

oshiradi,  ammo  o‘rtacha  o‘zgaruvchan  harajatlarni  o‘zgartirmaydi.  Natijada  1.2-

chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. 

Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.  

Monopolistik  raqobat  o‘z  nomiga  mos  xolda  ustun  keladigan  raqobatning 

bir  qadar  monopol  hukmronlik  bilan  aralashmasidan  iborat.  Raqobatchilardan 

anchagina  sonli  bo‘lishi  ulardan  har  birining  bozor  narxlarini  nazorat  qilish 

imkoniyatini  to‘liq  bo‘lmasada,  ammo  sezilarli  darajada  cheklaydi.  Monopolistik 

raqobatga  xos  bo‘lgan  muxim  belgi  sotuvchilarni  tovarlarni  tabaqalashtirishga 

intilishidir. 

Tabaqalashtirish,  ya’ni  tovarlarga  aloxida  uni  o‘ziga  o‘xshash  tovarlardan 

ajratib  turadigan  sifat  berish  sotuvchiga  raqiblarining  xudi  shunday  tovarlarga 

qaraganda  uning  tovarini  afzal  ko‘ruvchi  haridorlar  haridorlar  doirasini  yaratish 

imkoniyatini beradi. 

Oligopoliya  -  tarmoqda  bir  necha  firmaning  o‘zaro  bog‘lanib  qolishi, 

ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi 

ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash 

ish  deyarli  bir  xil  yoki  bo‘lmasa  tabaqalangan  mahsulotlar  ishlab  chiqarishdlari 

MS 

AS 


P=MR 





q



AVS 




20 

 

mumkin. Oligopolik bozorda  narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p  uchraydi.  Bu 



peshqadam  tarmoqdagi  eng  yirik  ish  eng  samarali  ishlayotgan  firma  bo‘ladi. 

Tarmoqdagi  peshqadam  o‘z  mahsuloti  narxini  o‘zgartirish  bilan  boshqa  hamma 

firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi 

firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni 

bo‘lib  olishni  birgalikda  boshqarish  maqsadlarida  til  biriktirish  ehtimoli 

imkoniyatlarini  keltirib  chiqaradi.  Oligopoliya  tarmoq  sharoitlarida  firmalar 

hamkorlikni  yuridik  jixatdan  rasmiylashtirilmasdan  va  bu  haqida  oshkora  xabar 

bermasdan  manfaatdor  bo‘lishlari  mumkin.  Xo‘jalik  sub’ektlarining  raqobatni 

jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan 

faoliyatiga  ko‘ra  kurashish  bozor  iqtisodiyoti  davlatlaridan  monopoliyadanchiqish 

qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir. 

Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi. 

Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab 

chiqaruvchi  mukammal  monopolist  hisoblanadi.  Bu  modelda  bozorda  tanho 

sotuvchi  yoki  ularning  soni  naqadar  kamki  ularning  har  biri  raqiblari  bilan 

kelishilgan  xolda  mustaqil  tovarlar  va  xizmatlar  taklifi  umumiy  xajmiga  va 

ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda 

shu  jumladan  raqobat  mamlakatlarda  darajasi  yuqori  bo‘lgan  bozor  iqtisodiyoti 

mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.  

Zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  etish  ko‘p  xollarda  kam  chiqimli 

unumdor  ishlab  chiqarishga  erishish  uchun  uning  miqyosini  kengaytirishi  ham 

mutloq  ma’noda  kam  harajat  talab  etadi.  Shunday  tarmoqlar  ham  borki  ularda 

mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa 

ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.  

Real  bozor,  mukammal  raqobat  –  mukammal  monopoliya  o‘qi  bo‘yicha 

turli  modelning qaysi biriga  muvoqfiqroq  kelishiga qarab shu bozorda tovarlar  va 

xizmatlar  sotuvchisi  bo‘lgan  tadbirkorlar  raqobat  kurashining  turli  yo‘llaridan 

foydalanadilar.  




21 

 

 “Bozor  iqtisodiyoti  mamlakatlarida  qonunlar  reklama  sohasidagi  raqobat 



kurashiga  monelik  qilmaydi.  Tadbirkorlarga  xususan  faqat  ularning  tovar  yoki 

xizmatni  sotib  olish  g‘oyani  afzal  ekanligiga  haridorni  ishontirishga  urinishlarda 

juda katta erkinliklar beradi”.

8

  



Raqobat  vositalarining  shakl  va  taomyili,  uning  namoyon  bo‘lishi  sohalari 

g‘oyat  ko‘p  va  keng  .  Uning  tarmoq  ichidagi  kapitalning  bir  tarmoqdan  ikinchi 

tarmoqga  oqib  o‘tishiga  olib  keladigan  tarmoqlararo,  jahon  bozorlarida  turli 

mamlakatlar  xo‘jalik  kompleks  raqobati  kabi  turlari  mavjud.  Raqobatni  amalda 

tasavvur  etish  uchun  shu  ko‘rinishlarga  mansub  bo‘lgan  hozirgi  usullardan 

ayrimlarini  ko‘rib  o‘tamiz  va  jahondagi  hamma  mamlakatlarda  qonuniy 

hisoblanadigan  va  amalda  keng  qo‘laniladigan  raqobat  xulqining  turli  ishlarini 

tavsiflaymiz.  Narx  bilan  raqobatlashuv  an’anaviy  shakl.  Uning  an’anaviy  va  eng 

ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi: 

-  “Narxlar  jangi”  –  yirik  ishlab  chiqaruvchilar  raqiblarini  tarmoqdan  surib 

chiqarish  uchun  narxlarni  vaqti-vaqti  bilan  yoki  uzoq  muddat  pasaytirib  turadi. 

“Narxlar  jangi”ni  boshlagan  baquvvat  firma  tovarning  sotish  xajmi  ko‘payganligi 

hisobiga  ko‘proq  daromad  ko‘rishni  ko‘zlaydi.  Yirik  kompaniyalarning  o‘zlari 

uchun  yangi  bo‘lgan  mamlakatlarda  ochilgan  korxonalari  filiallari  boshqa  xorijiy 

va  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar  bozordan  siqib  chiqarish  uchun  aksariyat 

“narxlar  jangi”ni  qo‘llaydi.  Iste’molchilar  dastlab  tarmoqdagi  “narxlar  jangi”dan 

foyda  ko‘radi,  ammo  keyinchalik  bunday  monopoliyalashtirishning  jabrini 

tortishlari  mumkin.  Davlat  mahalliy  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  tarmoqni 

o‘zlashtirishdan  manfatdor  bo‘lib  qudratli  xorijy  firmalar  bilan  kurashda  mahalliy 

bozorda  o‘rnashib  qolishga  yordam  berish  uchun  ularni  aloxida  imtiyozlar  va 

afzalliklar  tizimi  bilan  qo‘llab-quuvatlashga  harakat  qiladi,  u  yoki  bu  tarmoqda 

xorijiy  xo‘jalik  yurituvchi  shakxsga  tadbirokrlik  faoliyati  uchun  mahalliy  sherik 

ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish  majburiy shart qilib qo‘yadi  yoki boshqa 

cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi; 

                                                        

8

 V.A. Chjen Bozor qonuniyati asoslari. Toshkent 2002 y. 181-bet 




22 

 

-  demping  –  amal  qilish  va  maqsadlarga  ko‘ra  “narxlar  jangi”ga  yaqin 



bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab 

chiqaruvchilar  boshqa  mamlakatlar  xududida  korxona  qurmaydilar,  ammo  uning 

bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning 

ma’nosi  tovar  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatning  ichki  bozorida  sotilayotgan 

ortiqcha  mahsulotni  yo‘qotish  va  yangi  bozorlarga  kirib  olishdan  iborat. 

Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga 

dempingni  eksportchi  kompaniyalarga  byudjetdan  maxsus  eksport  mukofotlari  va 

subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan 

zararni  qisman  qoplaydi.  Bunday  ishlardan  davlatning  manfaatdorligi  boshqa 

malakat  bozorida  o‘z  ishtirokini  kuchaytirish,  iqtisodiy  manosabatlarni  yanada 

rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.  

Rivojlangan  mamlakatlardan  rivoji  pastroq  mamlakatlarga  demping  tovar 

chiqarish  amaliyotda  doimiy  xodisa.  Demping  narxlar  iste’molchilarni  so‘zsiz 

qoniqtiradi,  ammo  “narxlar  jangi”di  bo‘lgani  kabi  bozorda  bunday  tovarlarning 

hozir 

bo‘lishi 



mahalliy 

tovar 


ishlab 

chiqaruvchilarning 

rivojlanishini 

qiyinlashtiradigan omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat 

- bu jarayonni savdo cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish 

uchun  bojlarni  ko‘tarish  bilan  nazorat  qilish,  shuningdek  demping  narxlarda 

sotilayotgan 

tovarlarga 

o‘xshash 

tovarlar 

ishlab 

chiqaruvchi 

mahalliy 

tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga ega. 

Halqaro  amaliyotda  mahsulot  narxidan  chalg‘itmaslik,  tovarning  qiymati 

va  sifati  sohasida  raqobatni  qiyinlashtirmaslik  uchun  chegirma  va  saylovlarning 

eng  yuqori  miqdorlarini  belgilab  qo‘yish  kam  uchraydi.  Shuningdek  narx  bilan 

raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin: 

-  muayyan  toifadagi  iste’molchilar  uchun  imtiyozli  narxlar  (masalan, 

aviakompaniyalardan  yo‘lovchilar  guruxiga bir  yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar 

yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi; 



23 

 

- vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga ertala 



borish  kechkidan  ko‘ra,  ish  kunida  borish  dam  olish  kunidan  ko‘ra  arzonroq 

turadi); 

-  ko‘rasatiladigan  xizmatlar  xajmi  ko‘paygan  yoki  tovarlar  sifati 

yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish; 

- haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar. 

Narx  bilan  raqobatlashuvga  kirmaydigan  raqobat  usullarini  “narxsiz 

raqobat”  deb  ataladi.  Bu  atama  garchi  noaniq  bo‘lsada  amaliyot  va  ilmiy 

adabiyotda  keng  qo‘llaniladi,  raqobat  kurashidagi  turli  usullarga  yagona  nom 

berishga imkoniyat yaratadi.  


Yüklə 359,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin