Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»


 Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari



Yüklə 359,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix01.01.2022
ölçüsü359,84 Kb.
#50313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm infratuzilmasiga yonaltirilgan sanoat tovarlari bozorida raqobatni rivojlantirish strategiyasi

4. Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari 

 



27 

 

Prezidentimiz  o‘z  ma’ruzalarida,  “Mamlakatimizning  raqobatdoshligini 



oshirishni  ta’minlash  uchun  iqtisodiyotni  tarkibiy  o‘zgartirish  jarayonlarini 

chuqurlashtirish  siyosatini  davom  ettirish  2010  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturni amalga oshirishning  muxim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”

10

 – deb 



ta’kidlagan edilar 

Baho  –  bu  bozor  unsurlari  ichida  eng  murakkabidir.  U  o‘zgaruvchan, 

harakatchan,  bozordagi  kon’yukturali  tebranishlarga  moslashuvchan,  doimo 

o‘zgarib turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt 

davomida  bizning  iqtisodiyotimizda  barqaror  baholar  ahvolini  tovar  va  xizmatlar 

bilan  ta’minlashdagi  ijtimoiy  haqiqatnining  asosiy  tamoyili  degan  fikr  hukmron 

edi.  O‘zgarmas  baholar  barqaror  ishlab  chiqarish  rivojiga  va  talabini  qondirishga 

to‘siqlik qiladi.  

Bugungi  kunda  baholar  tizimi  ancha  chalkash,  uni  tushunib  yetish  bir 

muncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar 

sharoitiga moslashmog‘i lozim.  

Bozor  baholarining  asosiy  xususiyati  ularning  doimo  o‘zgarib  turish 

qobiliyatidir.  Bu  tabiiydir,  chunki  baholar  talab  va  taklifni  o‘zaro  bog‘lovchi 

vositadir.  Bizga  ma’lumki,  ularning  har  ikkalasi  ham  harakatchandir.  Shuning 

uchun  harakatchan  baholar  siyosatidan  foydalaniladi.  Bu  siyosat  tovarning 

bozordagi  harakatini, tovar  hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish  va 

boshqarish  bozorga  yangi  iste’mol  tovarlari  va  ishlab  chiqarish  vositalarini 

kiritishni eskirgan modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.  

Baholar  hech  qachon  sababsiz  o‘zgarmaydi,  masalan,  biror  kamchiligi 

bo‘lgan  va  ma’naviy  eskirgan  tovarlar  pasaytirilgan  baholarda  xattoki  tushurilgan 

baholar  deb  ataluvchi  baholarda  sotiladi.  Yuqori  baholar  esa  yuqori  sifatli,  ya’ni 

iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan  iqtisodiyotga 

ega  bo‘lgan  mamlakatlarda  bahoni  tashkil  qilish  muammolarini  faqatgina  asosiy 

strategik  yondoshishlarigina  ishlab  chiqilishigina  bejiz  emas  chunki  baholarning 

o‘zi  faqat  bozor  sub’ektlari:  sanoat  va  savdo  firmalari,  korxonalari  tomonidan 

                                                        

10

  I.A.Karimov.  Asosiy  vazifamiz-vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir.  T.: 



O‘zbekiston, 2010 yil, 59 bet  


28 

 

o‘rnatiladi  va  davlat  tomonidan  tartibga  solinadi.  Baho  darajasi  tovarning 



raqobatdoshligi  va  bozordagi  o‘rniga  bog‘liqdir.  Buning  natijasi  sotiladagan 

tovarlar masalasida korxona ulushining oshishidir.  

Bahoni  tahlil  qilishda  eng  avvalo  nimaga  ahamiyat  berish  kerak  va 

tovarning  birlamchi  bahosi  qanday  bo‘lishi  foyda  olish  uchun  va  bozorda  bu 

mahsulotni  ulushini  oshirish  uchun  uni  qanday  o‘zgartirish  kerak?  Mutaxassislar 

bu savollarga javob berishga turlicha yondoshadilar.  

Birlamchi  bahoni  aniqlashga  vaqt  bo‘yicha  baho  darajasini  aniq  hisoblash 

ta’sir  qiladi.  Bu  hisoblash  bozor  segmentiga  tovarni  hayotiylik  davriga,  tovarga 

talab  va  taklifning  potensial  miqdoriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Tovar  siyosati  ijtimoiy 

tovar  ishlab  chiqarishning  barcha  taqsimlashlarini  almashuv  va  iste’molchining 

o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  xolda  yuritiladi.  Har  bir  bosqichda  tovar 

bahosiga ta’sir qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi. 

Tovar  va xizmatlar bahosida, sarflangan  harajatlar bahoda aks etgan  foyda 

talab  va  taklifning  nisbati  hisobiga  olinadi.  Xudi  mana  shu  omillar  talab  va  taklif 

qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil 

qilishni tartibga soladi. 

Firma  baho  siyosatida  tovar  va  xizmatlar  birlamchi  bahosini  o‘rnatishning 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  haridor  o‘z  firmasiga  doimo  ishonadi.  Masalan, 

firma  yangi  tovarga  bahoni  yuqori  o‘rnatmaydi,  o‘rnatsa  ham  u  doimo  o‘z 

haridorini qoniqtiradi.  

Moliyaviy va bank boshqarish sistemalarining susayishi, transport va milliy 

iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi. Baholar 

darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli 

rivojlangan  ba’zi  bir  mamlakatlarda  narxni  pasayishi  sifatni  yomonligidan  dalolat 

beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda 

mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.  

Hozirda  asosan  baho  raqobati  bahosiz  raqobatlarga  o‘z  o‘rnini  bo‘shatib 

bermoqda.  Baholar  faqat  iste’moldangina  emas,  balki  ishlab  chiqarishdagi 

o‘zgarishlardan  ham  darak  beradi.  Baholarning  boshqa  muxim  vazifasi  ishlab 



29 

 

chiqaruvchilar  va  iste’molchini  rag‘batlantirishdir.  Narxlarning  o‘zgarishi  ularni 



ham,  bularni  ham  chorasini  ko‘rishga  ayni  vaqtda  bunday  chora  imkoniyat 

yaratishga undaydi.  




Yüklə 359,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin