Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 359,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix01.01.2022
ölçüsü359,84 Kb.
#50313
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm infratuzilmasiga yonaltirilgan sanoat tovarlari bozorida raqobatni rivojlantirish strategiyasi

Xulosa va takliflar 

Xulosa  qilib  aytganda,  «O‘zbekengilsanoat»  DAK  qoshida  to‘qimachilik 

mahsulotlari reklamasi va marketing agentligi tashkil etilgan bo‘lib, u jahon yengil 

sanoat  mahsulotlari  bozorlarining  kon’yunkturasini  o‘rganadi,  talab  borasida 

yuzaga  kelgan  vaziyatni  tahlil  qiladi,  mahsulotni  eksport  qilish  yo‘nalishlari, 

korxonalar tomonidan narx-navo siyosatining amalga oshirilishi yuzasidan takliflar 

ishlab chiqish lozim.  

Raqobatning  iqtisodiy  mazmunini  tushunib  olish  unga  turli  tomondan 

yondoshishini  talab  qiladi.  Mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  (korxonalar) 

o‘rtasidagi  raqobat  tovarlarni  qulay  sharoitda  ishlab  chiqarish  va  yaxshi  foyda 

keltiradigan  narxda  sotish,  umuman  iqtisodiyotda  o‘z  mavqeini  mustahkamlash 

uchun kurashdan  iborat. Bunda  ular kerakli  ishlab chiqarish vositalari,  xom ashyo 

va  materiallar  sotib  olish,  ishchi  kuchini  yollash  uchun  ham  kurashadi.  Ishlab 

chiqaruvchilar  o‘rtasidagi  raqobat  pirovardida  iste’molchilarni  o‘ziga  jalb  etish 

uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy 

resurslarini  (kapital,  yer-suv,  ishchi  kuchi)  yuqori  narxlarda  sotish  uchun 

raqobatlashadilar.  Ishlab  chiqaruvchilar  va  resurslarni  yetkazib  beruvchilar 

o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan 

sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. 

Raqobatning  tartibga  solish  vazifasi  ishlab  chiqarishni  talab  (iste’mol)ga 

muvofiqlashtirish  maqsadida  taklifga  ta’sir  o‘tkazishdan  iborat.  Aynan  shu  vazifa 

yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining 

yakka  tartibdagi  va  ijtimoiy  ehtiyojlar  orqali  belgilanishiga  erishiladi,  ya’ni 

iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. 

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular 

eng  ko‘p  samara  beradigan  korxona,  hudud  va  mintaqalarga  oqilona  joylashtirish 

imkonini beradi. 

Raqobatning  innovatsion  vazifasi  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlariga 

asoslanuvchi  hamda  bozor  iqtisodiyoti  sub’ektlarining  rivojlanishini  taqozo etuvchi 



39 

 

turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 



Raqobatning  moslashtirish  vazifasi  korxona  (firma)larning  ichki  va  tashqi 

muhit  sharoitlariga  ratsional  tarzda  moslashishiga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  ularning 

shunchaki  o‘zini-o‘zi  saqlab,  iqtisodiy  jihatdan  yashab  qolishidan  xo‘jalik  faoliyati 

sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi. 

Raqobatning  taqsimlash  vazifasi  ishlab  chiqarilgan  ne’matlar  yalpi  hajmi 

(yalpi  ichki  mahsulot)ning  iste’molchilar  o‘rtasida  taqsimlanishiga  bevosita  va 

bilvosita ta’sir o‘tkazadi. 

Nihoyat, 

raqobatning 

nazorat 


qilish 

vazifasi 

bozordagi 

ba’zi 


ishtirokchilarning  boshqa  bir  ishtirokchilar  ustidan  monopolistik  hukmronlik 

o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. 

Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish 

uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.  

Iqtisodiy  adabiyotlarda  bir  tarmoq  ichidagi  raqobatning  to‘rtta  shakli 

alohida  ajratilib  ko‘rsatiladi.  Bular  erkin  raqobat,  monopolistik  raqobat, 

monopoliya va oligopoliyadir. 

 

“O‘zbekengilsanoat”  DAK  tizimidagi  korxonalarni  modernizatsiya  qilish 



istiqbollari,  faoliyatining  asosiy  iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  tahlil  qilindi.  Tadqiqot 

natijalaridan  kelib  chiqib,  O‘zbekiston  yengil  sanoati  majmuida  raqobatni 

rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlarni  mustahkamlash

 

bilan  bog‘liq  taklif  va 

tavsiyalar ishlab chiqildi. 



40 

 

 




Yüklə 359,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin