Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»


 Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish



Yüklə 359,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix01.01.2022
ölçüsü359,84 Kb.
#50313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm infratuzilmasiga yonaltirilgan sanoat tovarlari bozorida raqobatni rivojlantirish strategiyasi

5. Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish 

 

Marketingda  bir  necha  baho  strategiyalari  mavjud.  Yuqori  baho  yoki 



“qaymog‘ini  olish”  strategiyasi  –  avvalo  tovar  bahosini  ishlab  chiqarish  narxidan 

ancha  yuqori  o‘rnatib,  asta-sekin  uni  tushirib  boradi.  Bu  usul  bilan  yangi  tovarlar 

sotiladi  va  bozorga  kirgandan  keyin  segmentlar  guruhini  kengaytirish  maqsadida 

arzonlashtirib  boriladi.  Yuqori  baho  strategiyasi  sotuvchiga  tezda  sarf-harajatlarni 

qaytarib  olishga  yordam  beradi.  Firma  bozorda  yangi  tovarlar  taklif  qilishda 

monopol  holatda  bo‘lsa,  talab  takliflar  yuqori,  baland  narx  haridorlar  tomonidan 

yuqori  sifatli  tovar  belgisi  deb  qabul  qilingan  vaqtlarda  bu  strategiya  o‘zini 

oqlaydi. 

Keyinchalik  bozorda  o‘xshash  tovarlar  –  raqiblar  paydo  bo‘lgandan  keyin 

firma o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar 

modifikatsiyasini yarata boshlaydi.  

Tovar boshlang‘ich bahosi past o‘rnatilib, talab rag‘batlantiriladi, raqobatda 

yutib  chiqiladi,  raqiblar  tovarini  bozordan  siqib  chiqariladi.  Unda  asosiy  ulushini 

egallaydi va keyin tovar narxini oshira boshlaydi. Ammo “haridorlar” bozorida bu 

strategiyani  qo‘llash  juda  qiyin,  faqat  to‘yinmagan  “sotuvchilar”  bozorida  biror 

natijaga erishish mumkin.  

Agar  tovar  harakati  qatnashchilari  o‘z  tovari  bahosini  o‘zgartirmaslikka 

intilsa, ko‘p vaqt standart narx saqlanib turadi.  

“O‘zgaruvchan narxlar bozorda talab ko‘paysa yoki davlat miqyosida biror 

iqtisodiy  tadbir  o‘tkazilsa,  shunga  mos  ravishda  tovarlar  va  xizmatlarga  yangi 

baholar o‘rnatishni bildiradi”.

11

 



                                                        

11

 A. Sloliyev, A. Usmonov “Tadbirkor yo‘ldoshi”. Toshkent , Universitet nashriyoti 2009 yil 38-bet 




30 

 

Diskriminatsiya  baholari  ayrim  sotuvchilarga  ma’qul  kelmagan  haridorlar 



uchun,  ayniqsa  davlatlar  orasidagi  munosabatlar,  haqiqiy  siyosiy  muhit  buzilgan 

davrda  o‘rnatiladi.  Bu  narxlar  o‘ta  yuqori,  tovarni  sotib  oluvchiga  bir  necha 

marotaba og‘ir tushadigan qilib o‘rnatiladi. 

Yagona  narx  strategiyasi  yoki  hamma  iste’molchilar  uchun  bir  xil  baho 

o‘rnatish strategiyasi tovarlarni namunalari bo‘yicha kataloglar va aloqa bo‘limlari 

orqali sotishda ishlatiladi. 

Qayishqoq  baholar  haridorlarning  imkoniyatlariga  qarab  va  savdolashish 

qobiliyatlari  asosida  o‘rnatiladi.  Bu  narxlar  yakka  tartibda  shartnomalar  tuzishda 

ishlatiladi.  

Tovar  narxi  va  sifati  orasidagi  bog‘liqlik  –  bu  tamoyil  bo‘lib  unga  asosan 

iste’molchilar  yuqori bahoning  manbai  yaxshi sifat, aksincha pats narxli  mahsulot 

sifatsiz  deb  qarashini  anglatadi.  Demak,  bozorda  tovar  narxining  shakllanishiga 

juda  ko‘p  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi,  ularning  barchasini  tovar  narxini  belgilashda 

o‘ziga  xos  holatlada  hisobga  olish  tavsiya  etiladi.  Firma  baho  strategiyalarini  bir 

nechasini  muvofiqlashtirib,  bozorning  aniq  kon’yunkturasi  va  umumiy  marketing 

vazifalariga asoslangan ravishda qo‘llaydi.  

Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonidan iste’molchiga yetib 

kelishigacha  –  tashish,  saqlash  va  qo‘shimcha  ishlarni  bajarish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  jarayon  tovar  harakati  deyiladi.  Tovar  harakatini  rejalashtirishda 

korxonalar  tanlagan  tovar  sotish  uslublariga  asoslaniladi.  Ular  quyidagi  uch 

uslubdan biri bo‘lishi mumkin: 

-  tovar  ishlab  chiqaruvchi  vositachilarsiz  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘zining 

iste’molchisi bilan bog‘lanish; 

- tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish; 

-  aralash  usul,  ishlab  chiqaruvchi  firma  va  vositachi  savdo  tashkiloti 

sarmoyalari qatnashishi orqali. 

Tovar harakatini shaklini tanlashda uning harajatlari quy 

idagi  formula 

bilan aniqlanadi: 

Tx = T + O

1

 + O


2

 + Kx. 



31 

 

Bu yerda. Tx



 

– tovar harakati harajatlari summasi; 

T – transport harajatlari; 

O

1



 – ombor harajatlarining doimiy qismi; 

O

2



 – ombor harajatlarining o‘zgaruvchan qismi; 

 Kx


 

– qolgan harajatlar. 

Tovar harakatlari harajatlari uning sotish bahosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 

Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni 

bajaradi. Uning ahamiyati quyidagilar: 

chakana  savdoga  ishlab  chiqarish  firmalarining  tor  assortimentini 



kengaytirib taklif etadi; 

katta xajmda tovar sotib olib, muomala harajatlarini kamaytiradi; 



yuqori  malakali  tovarshunos  va  marketologlar  bilan  tovarlar  bozorini 

chuqur o‘rganadi; 

tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; 



ishlab  chiqaruvchilar  va  chakana  savdo  o‘rtasida  mustahkam  aloqa 

bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va b. 

Diler  –  mustaqil  kichik  vositachi  –  tadbirkor  bo‘lib,  oldi-sotdi  ishlarini 

bajaradi va moddiy javobgarlikka ega. 

Savdo  madaniyati  –  keng  tushuncha  bo‘lib,  iste’molchi  to‘g‘risida 

chinakam, chuqur, har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish uning asosi hisoblanadi.  

Savdo  madaniyati  deyilganda  haridorga  xushmuomalada  bo‘lishni,  xizmat 

ko‘rsatishni  ilg‘or  usullarini  joriy  etishni,  savdo  maydonini  bezash,  did  bilan 

jixozlashni,  do‘konlarning  aholi  uchun  qulay  ish  vaqtlari  kabilarni  tushunmoq 

kerak.  

Chakana  savdo  madaniyati  do‘konning  texnologiya  jarayoni  tashkil 

etilishidan boshlanadi.  

Tovar sotish – har qanday do‘konning asosiy vazifasidir. Shu sababli tovar 

sotish  aossiy  texnologiya  jarayoni  hisoblanadi.  Boshqa  xizmatlarning  hammasi 

yordamchi jarayonlarga kiradi. 




32 

 

Asosiy texnologiya jarayoni, ya’ni tovar sotish quyidagi tarkibiy qismlarni 



o‘z ichiga oladi: 

1) tovarni tavsiya qilish; 

2) haridorlarga maslahat berish; 

3) tovarni uning qo‘liga topshirish; 

4) hisob-kitob qilish. 

Yordamchi texnologiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari bor: 

1) tovar qabul qilish; 

2) tovarni tashib olish va saqlash uchun joylash; 

3) tovarlarni sotishga tayyorlash. 

Do‘konning  texnologiya  jarayonini  tashkil  etishda  quyidagi  talablar 

hisobga olinishi zarur: 

1)  tovarlarning iste’mol qiymati to‘la saqlanishi; 

2)  tanlab  olingan  texnologiya  variantining  fan-texnika  taraqqiyoti  hozirgi 

zamon darajasiga mos kelishi; 

3)  texnologiya  jarayonini  tashkil  etish  uchun  qilingan  sarflarning  iqtisodiy 

samaradorligi; 

4)  jonli  mehnatni  tejash,  xodimlarning  yuksak  mehnat  unumdorligini 

ta’minlash va og‘ir jismoniy mehnatni tugatish. 

Tovar  sotishning  ilg‘or  texnologiyasini  joriy  etishni  nazarda  tutib, 

do‘konlar savdo maydonlarini quyidagi talablar asosida rejalashtirish lozim: 

-  savdo  maydonini  harakat  qilishda,  tovarlarni  ko‘rish  va  tanlab  olish 

chog‘ida haridorlar uchun eng ko‘p qulaylik yaratish; 

- hisob-kitob qilishda navbat kutib qolishga yo‘l qo‘ymaslik lozim; 

-  xodimlarning  mehnat  qilishi  uchun  qulay  sharoit  yaratish  va  savdo 

maydonidagi tovarlarni yordamchi xonalardagi tovarlar bilan to‘ldirib turish; 

- savdo maydonidan yanada samarali foydalanish; 

- yuqori darajada ishlash qobiliyatiga erishish. 

Haridorlar  navbat  kutib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  hisob-kitob 

bo‘g‘ini quyidagi tartibda rejalashtiriladi: 



33 

 

1) kassalar savdo maydonidan chiqadigan joyga o‘rnatiladi; 



2)  kassalar  yonidagi  yo‘laklar  haridorlarning  bir  tomonlama  harakat 

qilishini ta’minlaydi; 

3)  kassalar  odatda  kontrolyor  –  kassirlarning  savdo  maydoniga  qarab 

o‘tirishini  hamda  savdo  maydonini  yaxshi  kuzatishni  ta’minlaydigan  darajada 

joylashtiriladi; 

4)  haridorlar  oqimi  kontrolyor  –  kassirning  chap  tomonidan  o‘tadi.  Bunda 

kassir  o‘ng  qo‘li  bilan  kasa  apparatida  chek  bosadi,  chap  qo‘li  bilan  esa  tanlab 

olingan tovarlarni tekshiradi va pul qabul qilib oladi.  

5)  hisob-kitob  bo‘g‘ini  maydoni  taxminan  savdo  maydonining  8-12  fozini 

egallaydi.  

Chakana  savdo  jarayoni  –  aholining  tovar  harid  qilishini  ta’minlaydigan 

usullar  yig‘indisidan  iborat.  Tovar  sotish  chakana  savdodagi  asosiy  texnologiya 

jarayoni  hisoblanadi.  hozirgi  vaqtda  chakana  savdoda  tovar  sotishning  quyidagi 

usullari qo‘llanilmoqda:  

- tovarni peshtaxta orqali sotish; 

- tovarni haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 

- tovarni ochiq, yoyib qo‘yib sotish; 

- tovar namunalarini ko‘rsatib sotish; 

- tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 


Yüklə 359,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin