Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Maqbara ko’rinishi.
Ko‘p qabirg‘ali, bahaybat gumbazli silindr shaklidagi 
aylanalarini ko‘tarib turgan sakkizyoqli prizma bino me’moriy kompozitsiyaning 
asosini tashkil etadi. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar 
qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitib, ustalik bilan 
ishlangan. Me’mor bir-biriga o‘xshagan shakllardan foydalanib, binolarning katta 
sathlarini mohirlik bilan bezagan. Maqbaraning tashqi tomonini bunyod qilganda 
gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, 
balandligi 12,5 metr bo‘lsada, og‘irligi sezilmaydi. Buning sababi shundaki, 64 
qabirg‘adan iborat gumbazning vazni ajoyib ishlangan sharafa orqali mustahkam 
asos-aylanaga tushadi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga 
ega. Gumbazda havo rang ko‘proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri 
chiziqli qobirg‘alarida tovlanib turadi, quyoshda charaqlab, go‘yo osmonga qadalib 
turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham 


155 
shunday qoshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. 
Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli 
bo‘lishi uchun ichki gumbaz ustiga o‘rnatilgan. Gumbazda jez, lojuvard, tillo 
suvlari ishlatilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, buyuk Amir Temur doimo o‘zi kelib 
bevosita suyukli nevarasi Muhammad Sulton sharafiga qurilayotgan maqbaraning 
qurilish ishlarini nazorat qiladi va gumbazning qurilishi bo‘yicha o‘z takliflarini 
beradi.
Amir Temur maqbara majmuasi Amir Temurning suyukli nevarasi, taxt vorisi 
sifatida e’lon qilingan Muhammad Sulton tomonidan XIV asrning oxirida o‘z 
nomidan madrasa va xonaqoh qurdiradi. Tanlangan joy O‘rta asrda Samarqandning 
janubiy-sharqiy qismida qurilib, o‘zaro katta bir majmuani tashkil etgan. Maqbara 
qurilishi esa 1404-yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot 
etishi munosabati bilan boshlanib, Amir Temurning vafotidan so‘ng, Temuriylar 
xilxonasiga aylantiriladi hamda Mirzo Ulug‘bek davrida tugallanadi. 
Dastlab maqbaraga mana bu janubiy eshikdan kirilgan. Ammo Amir 
Temurning piri Mir Sayyid Barakaning bosh qismidan kirishni Mirzo Ulug‘bek 
hurmatsizlik deb hisoblaganligi bois, uning farmoniga binoan sharqiy eshik 1425-
yilda ochilgan. Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni 
va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning 
qabri...» deb yozilgan koshinli lavha bo‘lgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi 
Davlat Ermitajida saqlanadi). Shuningdek, 1868-yilda maqbara devoridagi 
darvozasi o‘g‘irlangan. Vereshagin Temur saroyi darvozalarini aks ettirgan. Bu 
darvozalarning biri Londonda, biri Ermitajda saqlanmoqda. Marhamat endi esa 
Mirzo Ulug‘bek tomonidan ochilgan sharqiy eshik orqali ichkariga kirsak! 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin