Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


-rasm. Amir Temur maqbarasining tashqi ko’rinisi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

 
10.1.-rasm. Amir Temur maqbarasining tashqi ko’rinisi. 


159 








10 



160 
10.2.-rasm. Amir Temur maqbarasini ko’rsatish tartibi. 


161 
2-ob’ekt. REGISTON MAYDONI 
 
Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir turgan joyimiz ko‘hna Samarqandning 
yuragi degan nomga sazovor bo‘lgan joy-Registon maydoni hisoblanadi. 
«Registon» so‘zi forschadan tarjima qilinganda «reg» - qum, qumli, «iston»-joy, 
makon degan ma’nolarni bildirib, «Registon» so‘zi-qumli joy deganidir. Registon 
maydoni obidalariXV-XVIIasrlarda qurilgan bo‘lib, mukammal kompozitsiyani 
tashkil etadi va uchta madrasadan iborat. Ular to‘g‘ri to‘rtburchakli, sathi 75x63 
metr. bo‘lgan maydonning uch tomonida joylashgan.
Registon maydoni o‘zining uchta katta peshtoqi va baquvvat arklarni ushlab 
turuvchi ikki oshiyonli oynasiz devorlari bilan butun dunyodan keluvchi turistlarni 
hayratga soladi.
Hurmatli ekskursantlar! Endi esa, qadimgi va bugungi Samarqandning yuragi 
hisoblangan Registon maydonidagi ob’ektlarni tomosha qilishga barchangizni 
taklif qilaman! Marhamat! 
ULUG‘BEK MADRASASI(1417-1420-yillar) 
 
Ulug‘bek madrasasi peshtoqi.
Hurmatli ekskursantlar!1417-1420-yillarda 
aynan shu joyda olim, matematik, astronom Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy sayi-
harakati bilan musulmon oliy o‘quv yurtiga asos solingan. 
«Bu ilm binosining 
asoschisi ulug‘ sulton, sultonning o‘g‘li, dunyoning va asrlarning mutaffakkiri 
Ulug‘bek Ko‘ragoniy, ...balandligi osmonga qadar ikki o‘lcham, og‘irligidan yer 
yuzining cho‘qqisi titraydi»
, degan so‘zlar madrasa peshtog‘ida yozilgan. Bu yerda 
boshqa madrasalarga o‘xshab, faqat ilohiyot fanlari o‘rgatilmagan. Ulug‘bek 
aniqfanlarga ko’proq qiziqqan. Birinchi darslarni Ulug‘bekning ustozi, ulug‘ 
astronom Qozizoda Rumiy o‘tkazgan. Birinchi mudarris (professor) etib olim 
Muhammad Havodiy tayinlangan. Ulug‘bek ushbu madrasaga ta’lim berish uchun 
eng mashhur ilm namoyondalarini to‘plagan. Talabalarining soni yuztaga yetgan 
va ular madrasa ichidagi 48 ta hujralarda yashashgan. 


162 
Ulug‘bek madrasasining saqlanib qolganqiyofasining o‘zi, o‘tmish 
me’morchilik san’ati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi. Madrasa to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida bo‘lib, sathi 56x81 metr. Registonga qaragan tomoni bosh 
tomon bo‘lib, u «qo‘sh» uslubidagi peshtoq, yon tomondan mahobatli 
minoralardan iborat.
Peshtoqqa e’tiboringizni qaratmoqchiman! Ulugbek davrida qurilgan bu 
madrasaning asosiy ornamental bezagi sifatida biz markazda «yulduzlar»ni 
ko‘rishimiz mumkin, shuningdek peshtoq «morpech» (ilon tovlanishi) naqshlari 
bilan xoshiyalangan bo‘lib, bu ham o‘z navbatida sharq falsafasining bir ma’nosini 
o‘zida mujassamlashtirgan. 
«Har bir talaba doim yodida tutishi lozim bo‘lgan 
aqida, u ham bo‘lsa har bir inson bu dunyoga keladi, komillik sari intiladi, 
komillikka erishadi, ammo xohlaydimi yo‘qmi, baribir bir kunmas bir kun, qariydi 
va nihoyat bu dunyoni tark etadi. Aynan shu orqali har birimiz doim faqatgina bu 
dunyoda qoldiradiganimiz yaxshi nom ekanligini unutmasligimiz lozim».
Endi esa hurmatli ekskursantlar madrasaning ichiga yo‘l olamiz!

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin