Savodxonlik bayrami



Yüklə 26,39 Kb.
səhifə1/6
tarix05.01.2023
ölçüsü26,39 Kb.
#78534
  1   2   3   4   5   6
1a alifbe


1-“A” sinf “SAVODXONLIK BAYRAMI” ssenariysi
Qor malikasi :


Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.
Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
Assalom, balajon iqboli porloq.
Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
Sizlarga aytayin bir shirin tilak.
Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak


Assalomu alaykum aziz, mo‘tabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar o‘quvchilar!

Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bo‘lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz .Bugun biz ushbu bilim dargohiga, jonajon maktabimizga barchangizni quchoq ochib chorladik.
buning boisi bor, albatta. Sababi kechagina maktabga o’zining ilk qadamini qo’ygan 1 – sinf o’quvchilari o’zlarining eng ajoyib bayramlarini nishonlash arafasida turibdilar. 4 oygina muqaddam bu o’quvchilar yurakda hayajon bilan jonajon maktabimiz ostonasini bosib o’tishgan edi. Mana shu o’tgan qisqa muddatda ular anchagina mehnat qilishdi va bugungi kunda alifbodagi barcha harflarni tanib,o’qish, yozish, hisoblash ko’nikmalarini egalladi. Shu sababdan bugungi tantanani “Savodxonlik bayrami” deb atadik. Bayramimizga xush kelibsiz, aziz mehmonlar. Aziz bolajonlarimizning shodligiga sherik bo’ling.
-Endi davramizga aziz bolajonlarimiz 1- A sinf o’quvchilarini taklif etamiz. Marhamat.
- ( bolalar musiqa sadolari ostida davraga kirib keladilar)
- Bolalar qo’shig’iga raqs

1- o’quvchi Odilov Aslanbek
Bugun katta tantana
Savodxonlik bayrami
Doim bo’lsin an’ana
Bilimdonlik bayrami.
2-o’quvchi Rahimjonova H Bolalarning ko’zida
O’ynar quvonch, hayajon
Savodxonlik muborak,
Ko’zlar nuri, bolajon.



Yüklə 26,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin